Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Temur tuzuklar
ULUSLAR, QO‘SHINLAR 255 VA TUMANLARNING 256 AMIRLARINI TAYINLASH TUZUKI
Buyurdimki, yurish vaqtida har bir ulus va tuman amiri har chodirdan 257 bir otliq, har ikki olachukdan bir otliq, har bir uydan bir otliq askar ajratib, o‘zlari bilan birga olib ketsinlar. Ular qaysi mamlakatga kelib tushsalar, oladigan ulufalari o‘sha yerning sug‘oriladigan maydoni va o‘tlog‘i hisobidan belgilansin. Uluslarning amirlariga yarg‘u 258 va
bayroqlar bersinlar. Amirlar uluslar va tumanlarning hol-qudratiga yarasha otliq askar hozirlab, yurishga olib kelsinlar. Qaramog‘imdagi qirq aymokdan o‘n ikkitasiga–barlos, tarxon, arg‘in, jaloyir, tulkichi, do‘lday, mo‘g‘ul, sulduz, to‘qay, qipchoq, arlot, totorga tamg‘a berilsinkim, bular mening xos navkarlarim bo‘lib hisoblansinlar. Barlos urug‘idan (quyidagi) to‘rt kishini amir ul-umaro qildim: Amir Xudoydod, unga Badaxshon mamlakatini in’om etdim; amir Jaku, amir Iygu Temur va amir Sulaymonshohga ham bittadan chegara mamlakatini tortiq qildim. Barlos urug‘idan yana yuz kishini mingboshi qildim. Amir Jaloliddin barlosni o‘ninchi amir, amir Abu Sa’idni to‘qqizinchi amir darajasiga ko‘tardim. Tarxon ulusidan amir Boyazidni yettinchi amir darajasiga tayinladim. Ulardan yigirma kishini yuzboshi qildim. Arg‘in ulusidan Tosh Xo‘jani sakkizinchi amir qildim. Bulardan yigirma kishini mingboshi, yuzboshi va o‘nboshi qilib tayinladim. Jaloyir ulusidan Tug‘ Temur va Sher Bahromni sakkizinchi va to‘qqizinchi amir etib tayinladim. Bulardan yigirma kishini yuzboshi va o‘nboshilikka belgiladim. Tulkichi ulusidan Uljaytu Apardiyga amirlik martabasini berdim. Do‘lday ulusidan Tobon bahodir va Son bahodirga amirlik martabasini berdim. Mo‘g‘ul ulusidan Temur Xoja O‘g‘lonni amirlik martabasiga yetkazdim. Sulduz ulusidan Elchi bahodirga amirlik martabasini berdim. To‘qay ulusidan Ali Darvishni amir qildim. Qipchoq ulusidan Sari Bug‘aga amirlikni berdim. Arlot ulusidan amir Muayyidnikim, singlim uning nikohida edi, amir ul-umaro etib tayinladim. Salaychi bahodirni ham amirlikka ko‘tardim. Totor ulusidan Qo‘naqxonga amirlik (martabasini) berdim. Tamg‘aga yetmagan yigirma sakkiz aymoq boshlikdariga ulus amirligini berdim. Ular yurish va jangu jadal paytida tuzukka binoan o‘z ulusidan otliq askar to‘plab, hozir bo‘lsinlar. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling