Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Temur tuzuklar
SALTANATNI IDORA QILISH TUZUKI
Qaysi mamlakatni zabt etgan bo‘lsam, o‘sha yerning obro‘-e’tiborli kishilarini aziz tutdim; sayyidlari, ulamolari, fuzalo va mashoyixlariga ta’zim bajo keltirdim, ortiq hurmatladim. Ularga suyurg‘ol, vazifalar berib, maoshlarini belgiladim, o‘sha viloyatning ulug‘larini og‘a-inilarimdek, yoshlari va bolalari bo‘lsa o‘z farzandlarimdek ko‘rdim. Mazkur mamlakatlarning sipohi uchun dargohimga yo‘l berdim. Raiyatini o‘zimga qaratib oldim. Xammani qo‘rquv va umid orasida saqladim. Xar mamlakatning yaxshi kishilariga men ham yaxshilik qildim, nafsi yomonlar, buzukdar va axloqsiz odamlarni mamlakatimdan quvib chiqardim. Pastkash va razil odamlarga o‘zlariga loyiq ishlar topshirdim
hamda haddilaridan oshishlariga yo‘l qo‘ymadim. Xar elning ulug‘larini va sharaf-e’tiborli kishilarini hurmatlab, martabalarini oshirdim. Xar mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu sitam yo‘lini to‘sdim. (O‘z erki bilan) menga bo‘ysungan viloyat hokimlariga o‘sha yurt hukumatini berdim va ularni in’omu ehson bilan qadrlab, o‘zimga tobe’ qilib oldim. Bo‘ysunmaganlarini esa qilmishiga yarasha jazoladim.Odil, oqil va uddaburon kishilarni ularga hokim etib tayinladim. Amr etdimki, o‘g‘ri va qaroqchilarni «Yaso» asosida jazolasinlar, fasodchi, buzuqi, nafsi yomon kishilarni mamlakatdan haydasinlar. Ezma-bekorchi odamlarni viloyat va shaharlarda qoldirmasinlar. Har bir shahar va qishloqqa kutvol tayinlasinlarki, sipohu raiyatga soqchilik qilsin, kimning biron narsasi o‘g‘irlansa, buning mas’uliyati uning zimmasida bo‘lsin. Va yana buyurdimki, yo‘l ustiga kuzatuvchilar, zobitlar tayinlasinlarki, yo‘llarni qo‘rikdab, yo‘lovchilar, savdogarlar, musofirlarni kuzatib, mol-mulki va boshqa narsalarini manzildan-manzilga yetkazib qo‘ysinlar. Yo‘l ustida birortasining narsasi yo‘qolsa, o‘zi o‘ldirilsa yoki boshqa korhol yuz bersa, bular uchun javobgarlik ularning zimmasida bo‘lsin. Yana buyurdimki, g‘arazgo‘y, nafsi buzuq kimsalarning tuhmati bilan katta va kichik shaharlar aholisidan hech kimni jazolamasinlar. Faqat gunohi to‘rt kishining guvohlik berishi bilan isbotlansa, gunohiga yarasha jazolasinlar. Amr etdimki, hech bir shahar va qishlokda odamlardan jon solig‘i 270 , uy solig‘i 271 olmasinlar. Sipohiylardan biron kishi raiyatning xonadoniga zo‘rlik bilan kelib tushmasin, raiyatning ot-ulovini tortib olmasin. Har bir mamlakatning raiyati bilan bo‘lgan muomalada, ularga nisbatan xolislik bilan ish tutsinlar. Yana buyurdimki, har mamlakatning gadolariga vazifa yuklab ish bersinlar, toki shu yo‘l bilan gadolik yo‘qotilsin.
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling