Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/90
Sana14.11.2021
Hajmi0.82 Mb.
#174274
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   90
Bog'liq
Temur tuzuklar

To‘rtinchisi–bugungi  ishni  ertaga  qoldirmadim.  YUmshokdik  lozim  bo‘lsa,  muloyimlik  qildim;  qattiqqo‘llik 

ishlatish  vaqti yetsa,  qat’iy  choralar  ko‘rdim.  Shoshmaslik  kerak yerda  shoshilmadim,  shoshilinch  ishlarni 

kechiktirmadim. Qaysi ishni chorayu tadbir bilan bitirishning iloji bo‘lsa, unda qilich ishlatmadim. 

Kunduzlari tajribali va dono kishilar bilan turli mamlakatlarni zabt etish shatranji ustida bosh qotirdim. Kechalari 

bo‘lsa to‘shagimda yonboshlab olib, mamlakat ishlarini qanday yurgizish kerakligi haqida o‘yladim va ularni bajarish 

vositalarini o‘zimcha tasavvur qilib ko‘rdim. O‘zga mamlakatlarni zabt etish yo‘llarini o‘z ko‘nglimda chamalab, qay 

tarzda  hujum  qilib,  qanday  chekinish  mumkinligini  belgilar  edim.  Sipohiylarim  bilan  qanday  muomala  qilishim 

to‘g‘risida fikr yurgizib, qaysi birini qanday tarbiyat qilishim kerak, qaysi ishni qay biriga topshirsam, xato qilmagan 

bo‘laman deb, har ishning oldi-ketini o‘ylar edim. 

Sipoh  boshlikdaridan  qaysi  biri  menga  do‘stlik  qilsa,  uni  haddan  ortiq  xayru  ehsonlar  bilan  siyladim.  Yaxshilik 

qilsam,  yomonlik  bilan  javob  bergan  kimsalarni  nopok  deb  bildim.  Ikki  olam  sarvari  va  (Olloh)  ning  rasuli 

debdilarkim: «Zinodan tug‘ilgan kishi o‘ziga yaxshilik qilgan odamga yomonlik qilmaguncha dunyoni tark etmaydi». 

Pirim menga yozdikim: «Xudoning va payg‘ambarining hukmiga amal qilgin, rasulullohning zurriyotiga yordam 

ber,  Tangrining  ne’matlarini yeb,  yana  unga  va  uning  payg‘ambarlariga  dushmanlik  qilgan  podshohlarni  Ollohning 

mulkidan  chiqar.  Parvardigorning  mulkida  adolatli  ish  tutgilkim,  shunday  demishlar: «Mamlakat  kufr  bilan  turishi 

mumkin, lekin zulm bor yerda turolmaydi...» 

Qabih  xatti-harakat,  yomon  ishlardan  Olloh  mulkini  tozalagin.  YOmon  taom  badanga  qanday  ziyon  qilsa, 

yomon xatti-harakat ham olamga shunday ta’sir ko‘rsatadi. Zulmning nom-nishonini yo‘qot. Zolimning dunyoda 

uzoq  hayot  kechirishini  yaxshilikdan  deb  bila  ko‘rma.  Zolim  va  fosikdarning  uzoq  yashashiga  sabab  shuki, 

o‘zlaridagi bor yomonliklarini yuzaga chiqarib, tugatmagunlaricha Tangri ularga muhlat beradi, keyin Ollohning 

qahru  g‘azabiga  uchraydilar.  Gohida  Ollohning  qudrati  bilan  zolimlar,  fisqu  fujur  qiluvchilar  birdan  bandu 

zindonga,  talon-torojga,  ochlikka,  qahatga,  vaboga,  to‘satdan  o‘lishga  giriftor  bo‘ladilar.  Gohida  begunoh 

bo‘lgan  yaxshi,  to‘g‘ri  va  taqvodor  kishilar  ham  yomonlarning  qilmishlaridan  ofatu  baloga  uchraydilar. 

Shundaykim, to‘qayga o‘t tushsa, ho‘lu quruqqa qaramay barchasini kuydiradi. Kofirlar, zolimlar, fosiqu fujurlar 

qancha  ko‘p  zulm-xiyonat,  fisq-fasod  qilsalar,  noz-ne’matlari  shuncha  ko‘payar  ekan,  deb  o‘ylamagin.  Qisqasi, 

ularning  ne’matlari  ko‘payishining  sababini  bilib  olish  kerak.  Buning  sababi  ushbudir: «Ehtimol,  haqiqiy 

ne’matlar beruvchi (Olloh)ning inoyatini ko‘rib,  ular (balki)  zulmdan,  fisq-fasoddan qaytib,  imon-insofga kelib, 

uning  ne’matlariga  shukr  etarlar»,  deb  shundai  qilingandir.  Biroq  Ollohga  shukr  aytishni  unutarkanlar, 

Tangrining  dargohiga  qaytmas  ekanlar,  Xudo  va  uning  rasuli  ne’matlari  haqini  bilmas  ekanlar,  oxir-oqibat 

Parvardigorning qahru g‘azabiga giriftor bo‘ladilar». 

Pirimning bu maktubi menga yetib kelgach, Xudo mulkini zolimlar, bid’atchi munofikdar, fosiqu fujurlar qo‘lidan 

tortib olish, ularni yo‘qotish uchun belga himmat kamarini bog‘ladim. 




Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling