Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi


MULKU MAMLAKAT, SIPOHU RAIYAT


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/90
Sana14.11.2021
Hajmi0.82 Mb.
#174274
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   90
Bog'liq
Temur tuzuklar

 

MULKU MAMLAKAT, SIPOHU RAIYAT 

AHVOLIDAN XABARDOR VA OGOH 

BO‘LIB TURISH TUZUKI 

 

Amr  qildimki,  har yerda,  viloyatu  shahar  va  lashkar  o‘rdusida  kundalik  voqealarni  yozuvchilarni



272

  tayin 


qilsinlarki, hokimlar, raiyat, sipoh, o‘z lashkari va yot lashkarning xatti-harakati haqida meni xabardor qilsin. Atrofdan 

kirgan-chiqqan  mol-mulk,  chetdan  kirgan,  chetga  chiqqan  yot  kishilar,  har  turli  mamlakatlardan  kelgan  karvonlar, 

qo‘shni  podshoxdar,  ularning  gap-so‘zlari, ishlari  haqidagi  xabarlar  va  uzoq  o‘lkalardan  bo‘lib,  mening  dargohimga 

yuzlangan  ulamo,  fuzalo  haqidagi  so‘zlarni  to‘g‘rilik  bilan  menga  yozib  tursinlar.  Agar  bunga  xilof  ish  tutgudek 

bo‘lsalar, (bo‘lib  o‘tgan)  voqealarni  yozmasalar,  yozuvchining  xabar  yozgan  barmokdari  kesilsin.  Agar  xabar 

yozuvchi  biror  sipohiyning  xizmatini  yashirsa  yoxud  xabarni  boshqa  libosga  kiyintirib  (yolg‘on)  yozgan  bo‘lsa,  u 

holda uning qo‘lini kessinlar. Agar yolg‘on xabarni tuhmat yoki g‘araz bilan yozgan bo‘lsa, uni qatl etsinlar va yana 

amr etdimki, ushbu xabarlarni kunma-kun, haftama-hafta, oyma-oy mening arzimga yetkazib tursinlar. 

Amr qildimki, mingta tezyurar tuya mingan, mingta ot mingan yelib-yuguruvchi kishini chopqunchi, ming nafar 

tezyurar  piyodani  chopar  etib  tayinlasinlarki,  turli  mamlakatlar,  sarhadlarning  xabarlarini,  qo‘shni  hukmdorlarning 

maqsadlari va niyatlarini bilib, huzurimga kelib, xabar qilsinlar, toki biron voqea, korhol yuz bermasidan burun uning 

chorasi va iloji qidirilsin. 

Chunonchi,  To‘xtamishxonning  O‘rusxondan yengilgani  haqida  menga  xabar yetkazganlarida

273


,  uning  panoh 

izlab  huzurimga  kelishini  bildim. (Shuning  uchun)  O‘rusxonga  qarshi  jang  qilishga  tayyorlana  boshladim  va 

To‘xtamishxonga yordam berdim. 

(Shunga o‘xshash)  yana bir misol.  Hindistonni zabt etish uchun yo‘lga chiqqanimda

274

,  bu o‘lkaning har bir 



viloyatida alohida hokim yoki voliy saltanat taxtida o‘tirgani haqida menga xabar keltirdilar. Chunonchi, Mo‘lton 

o‘lkasida  Malluxonning  inisi  Sarang,  Dehlida  Sulton  Mahmudxon  saltanat  bayrog‘ini  yoygandi.  Lohur

275

 

270



 Matnda «sari shumor». 

271


 Matnda «xona shumor». 

272


 Matnda «xabarnavis». 

273


 Gap 1376 yili To‘xtamishxon O‘rusxondan qochib, Samarqandga kelishi bilan bog‘liq voqealar ustida bormokda. (—

А.А.) 


274

 Bu voqea 1398 yil apreli 1399 yil apreli oralig‘ida yuz bergan. (–

А.А.) 

275


 Lohur–Panjobning markaziy shahri. (–

А.А.) 


                                                 


nohiyasida Malluxon lashkar to‘plagandi, qanauj

276


 viloyatida esa Muborakxon saltanatga da’vogarlik qilib bosh 

ko‘targan edi.  Qisqasi,  Hindistonning har bir viloyatida biron-bir kimsa saltanat toju taxtiga da’vogarlik qilardi. 

Bu  xabar  qulog‘imga yetgach,  bu  mamlakatni  zabt  etishim  oson  tuyuldi.  Chunonchi,  Hindistonni  zabt  etgan 

vaqtimda Rum qaysari mening ba’zi mamlakatlarimga chopqun qilgani,  gurjilar bo‘lsa o‘z yurtlari chegarasidan 

tashqari  chiqib,  mening  lashkarlarim  qamal  qilib  turgan  ba’zi  qal’alar  ichidagi  odamlarga  yordam  berayotgani 

haqida  xabar  keltirdilar.  O‘z-o‘zim  bilan  kengashib,  agar  Hindistonda  ko‘proq  turib  qolsam,  Eron  mamlakatida 

ham  tartibsizlik  boshlanishi  mumkin,  dedim.  Shuning  uchun  Hindiston  poytaxtidagi  ishlarimni  tezda  tartibga 

keltirib, yurish boshladim. Yo‘lda bir necha kun Movarounnahrda to‘xtadim. U yerdan Rum va Gurjiston tomon 

yo‘l oldim. O‘sha mamlakatlarning barisini zabt etdim. 


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling