Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Temur tuzuklar
DO‘STU DUSHMANGA MUOMALA
QILISH TUZUKI Turon mamlakatini fath etgan kunim va poytaxt Samarqandda saltanat taxtiga o‘tirganimdan so‘ng, do‘stu dushman bilan (muomalada) bir tekis yo‘l tutdim. Menga yomonlik qilgan, makr-hiyla ishlatib, jang maydonida menga qarshi qilich yalang‘ochlagan Badaxshon amirlari, turku tojik qo‘shinlarining ba’zi amirlari qilgan qing‘ir ishlaridan qo‘rquvda edilar. Chorasiz qolib, iltijo bilan mening panohimga kelganlarida ularga shunday yaxshiliklar qildimki, mening inoyatim va xayr-ehsonimni ko‘rib, o‘zlari sharmanda bo‘ldilar. Kimni ranjitgan bo‘lsam, ehsonu in’omlar bilan ko‘nglidagi xafagarchilikni chiqardim va martabalariga qarab imtiyozlar berdim. Lekin Sulduz va Jeta amirlaridan nafratlandim, chunki ular Qobulshoh 261 chingiziyni amirlik, keyinroq xonlik (taxti)ga o‘tkazib, unga do‘stona ixlos bilan xizmat qilish xususida ahdu paymon qilgandilar. Biroq keiinroq, mening saltanat taxtiga ultirganimni eshitishgach, menga xushomad qilmoqchi bo‘lib, ontlarini buzdilar va uni o‘ldirdilar. Menga hasad qilib, o‘ldirishga qasd qilgan kishilarga shunchalik sovg‘a-in’omlar berib, muruvvatu ehson ko‘rsatdimki, bu yaxshiliklarni ko‘rib, xijolat teriga g‘arq bo‘ldilar. Hamisha mening roziligimni olib ish tutgan do‘stlarim oldimga panoh izlab kelganlarida, ularni o‘zimning baxtu davlatimga sherik bilib, hech qachon mol-mulk va tirikchilik ashyolarini ulardan ayamadim. Yana o‘z tajribamdan bildimki, sodiq va haqiqiy do‘st ulkim, o‘z do‘stidan ranjimaydi, do‘stining dushmanini o‘z yovi deb biladi. Agar kerak bo‘lsa, do‘sti uchun jonini ham ayamaydi. Shundayki, amirlarimdan qay birlari menga jon-dili bilan hamrohlik qilgan bo‘lsalar, men ham ulardan hech narsani ayamadim. Yana o‘z tajribamda ko‘rdimki, akdli dushman, johilu nodon do‘stdan yaxshiroq ekan. Chunonchi, amir Qazag‘anning nabirasi amir Husayn nodon do‘stlardan edi. Uning do‘stlik yuzasidan qilgan ishlarini hech bir dushman qilmaydi. Amir Xudoydod menga shunday dedi: «Dushmaningni la’lu javohirdek saqlagil, qachonki biron toshloq yerga kelib qolsang, uni olib toshga shunday urginki, talqoni chiqib, undan nishon ham qolmasin». U yana shunday dedi: «Agar dushmaning bosh urib panohingga kelsa, rahm qilib, yaxshilik va muruvvat ko‘rsatgil». Chunonchi, men To‘xtamishxonga qilganim kabi. U panohimga sig‘inib kelganda, unga yaxshilik va muruvvat ko‘rsatdim. Agar dushman sendan muruvvat va xayr-ehson ko‘rsayu, yana qaytadan dushmanlik yo‘lini tutsa, uni parvardigorning (hukmiga) topshir. Chin do‘st uldirki, do‘stidan hech qachon ranjimaydi, agar ranjisa ham, uzrini qabul qiladi.
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling