Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Temur tuzuklar
URUSH VA TINCHLIKDA
249 , «YOTISHU HUZUR»DA 250 VA MAJLIS YIG‘INLARDA HOZIR BO‘LISH TUZUKI
Amr qildimki, sipohiylar, amirlar, mingboshilar, yuzboshilar va o‘nboshilar devonxonaga, bazm-majlislariga kulohsiz, etiksiz, kavushsiz, bo‘rk yoqalik chakmonsiz, xanjarsiz 251
, qilichsiz hozir bo‘lmasinlar. O‘n ikki ming qilich osgan askar urushu tinchlik vaqtida butun yaroq-aslahalari bilan ko‘shkda, devonxonaning o‘ngu so‘l tarafidan, orqasidan va oldidan qurshab tursinlar. Shu tartibda har kecha ulardan ming kishi soqchilik qilish uchun hozir bo‘lishsin. har yuz qilichlik ustiga bir yuzboshi qo‘yilsin va unga shartlashilgan maxfiy so‘zni 252 aytsinlar. Yana amr qildimki, urush paytida o‘n ikki amirdan har biri, mingboshilar, yuzboshilar, o‘nboshilar o‘n ikki ming qurollangan otliq sipohiy bilan bir kecha-kunduz davomida har qaysilari xonni qo‘rikdash uchun hozir bo‘lsinlar. Bu o‘n ikki ming otliq lashkarni to‘rt favjga bo‘lib, bir favjini barong‘orga, boshqasini javong‘orga, bittasini O‘rduning 245
Javshan–oddiy temir sovut. 246
Matnda «zirih» – sovutning simdan to‘qilgan, o‘q va tig‘ o‘tmaydigan bir turi. 247
Koskan–bosh kiyimi ostidan o‘raladigan sim ro‘mol. U jangchini o‘q, qilich va gurzi zarbidan saqlagan. 248
Bagtar–temir simdan to‘qilib, usti baxmal yoki boshqa mato bilan o‘ralgan harbiy kamzul. 249
Matnda «Bazmu razm». 250
Matnda «Potash» – ya’ni lashkar dam olayotgan payt. (– А.А.)
251 Matnda «Bo‘kda». 252 Matnda «Yo‘qiy» –ya’ni o‘ran (parol) deyilmoqchi. oldiga, boshqasini esa O‘rduning orqa tarafiga tayinlasinlar. Ushbu favjlar navbatma-navbat O‘rdudan yarim farsang uzoqlashib soqchilik qilsinlar. Ushbu to‘rt sipohiy favj o‘zlari uchun hirovul belgilasinlar, hirovuldan esa qorovullar tayinlansin. Ular bo‘lsa ehtiyotkorlik va hushyorlikni qo‘ldan bermay, O‘rduga xabar yetkazib tursinlar. Yana hukm qildim, atrofimda joylashgan lashkar va O‘rduga, har biriga bittadan kutvol tayinlasinlar va O‘rduni qo‘rikdash, soqchilik qilish ishlari shular ustiga yuklansin. Bozor ahlidan 253
soliq olish ham shular zimmasida bo‘lsin. Agar O‘rdu ahlidan biron kimsaning narsasi o‘g‘irlansa, ular javobgarlikka tortilsinlar. (Lashkar orasidan) to‘rt favj chopqunchilar tayinlashni buyurdim. Bular to‘rt farsang masofada lashkar yonida yurib, ularni qo‘rikdab borsin. Bordiyu lashkardan biron kishi o‘ldirilganini yoki yaralanganini ko‘rsalar, uning ishini o‘z zimmalariga olishlari lozim. Agar biron kimsaning narsasi o‘g‘irlansa, ular javobgardirlar. Yana buyurdimki, lashkarning uchdan bir qismi chegaralarni qo‘rikdash ishiga belgilansin; ikki qismi esa doim saltanat xizmatiga hozir tursin.
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling