Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi
AMIRLAR, VAZIRLAR, LASHKAR HAMDA
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Temur tuzuklar
AMIRLAR, VAZIRLAR, LASHKAR HAMDA
RAIYATNI TAQDIRLAB, MARTABALAR VA IN’OM SOVG‘ALAR BERISH TUZUKI
Amr qildimki, qaysi bir amir biron mamlakatni fath etsa, yo g‘anim lashkarini yengsa, unga uch narsa bilan imtiyoz bersinlar: faxrli xitob, tug‘ va nog‘ora topshirib, uni «bahodir» deb atasinlar; uni davlat va saltanat sherigi (deb) bilib, kengash majlisiga kirgizsinlar; unga chegara viloyati topshirilsin va o‘sha yerlik amirlar unga bo‘ysunsinlar. Agar amirlardan qaysi birovi to‘rani (xon o‘g‘lini) yengsa yoki biron amirzodaga shikast yetkazsa, yo biror o‘lka xonini mag‘lub etsa, uni yuqoridagi tartibda mukofotlasinlar. Chunonchi, Dashti qipchoqqa, O‘rusxonga qarshi urush uchun yuborgan amirim Iygu Temur uni yengib qaytgach, amirni mukofotlab, unga tuman (lashkar), tug‘, bayroq va nog‘ora berdim. Uni davlatimga sherik bilib, o‘zimga maslahatchi va vazir qildim. Kengashlarimga kiritdim va chegaradagi viloyatlardan birini unga takdim etib, u yerlik amirlarni unga bo‘ysundirdim. Shunda hasadchilar uning haqida (turli uydirma) gaplar tarqatib: «O‘rusxonning ulusini talon-toroj qilib, mol- mulkini o‘ziniki qilib oldi», –dedilar. Bu gaplari bilan undan ko‘nglimizni bir oz sovutdilar. Biroq men Bahrom Chubin 236
qissasini eshitib tajribam ortgandi. Voqea bunday bo‘lgan ekan. Xoqon 237
uch yuz ming jangari turk askari bilan Hurmuz ibn Nushirvon 238 ustiga lashkar tortdi. Hurmuz esa Nushirvonning vaziri, maslahatchisi va sipohsolori bo‘lmish Bahrom Chubinni 320 ming askar bilan xoqonga qarshi urushga yo‘lladi. U xoqon lashkari bilan to‘qnashib, uch kechayu uch kunduz jangu jadalda tin bilmadi. Oxiri xoqonni yengib, bor haqiqatni Hurmuzga arz qildi, qo‘lga kiritgan butun o‘lja, mol-mulkni Hurmuzning huzuriga jo‘natdi. Shu asnoda hasadchilar va g‘iybatchilar Hurmuz majlisida unga qarshi tuhmat qilib: «Bahrom mol-mulkning katta qismini o‘ziga olib qoldi, xoqonning asl 234 Amir Temurning Rum sultoni Boyazid I Yildirim bilan 1402 yilning 20 iyulida Anqara ostonasida bo‘lgan jang nazarda tutiladi. 235 Bu jang 1400 yili bo‘lgan. 236 Bahrom Chubin (vaf. 592 y.) – Sosoniylar zamonida o‘tgan mashhur sarkarda, vazir va Eron podshosi. 590–591 yillari hukmronlik qilgan. 237
Milodning 590 yili Eronga bostirib kirgan g‘arbiy turk-larning xoqoni Shaba nazarda tutilgan. 238
Hurmuz ibn Nushirvon–Sosoniylar sulolasidan shahanshoh Hurmuz IV (579–590), Xusrav Anushirvonning o‘g‘li. (– А.А.)
qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan qilichi va toji, javohirlar qadalgan etigini o‘zlashtirib oldi», –dedilar. Hurmuz ham xomtama bo‘lib, Bahromning (avvalgi) xizmatlarini unutdi. G‘arazgo‘y va g‘iybatchi kishilarning gaplariga ishonib, Bahrom Chubinni gunohkor va xoin deb bildi. Unga ayollar yopinchig‘i, bo‘g‘ov va zanjir kishan yubordi. Bahrom bo‘yniga bo‘g‘ov, oyog‘iga zanjir kishan solib, ayollar libosini kiydi. So‘ng huzuriga amirlar, sipoh boshlikdarini chaqirtirib, saroyda yig‘ilganlar oldiga shu alpozda chikdi. Sarkardalar va oddiy sipohiylar bu holni ko‘rib, Hurmuzga ta’nayu dashnomlar yog‘dirishdi. Undan ixloslari qaytdi. Sipoh Bahrom Chubin bilan ittifoq bo‘lib, Hurmuz dargohiga bostirib keldi: uni saltanatdan tushirib, Ajam mamlakati saltanatining taxtiga Xusrav Parvizni 239
o‘tqazdilar. Men bu voqeadan saboq olganim sababli, sipohimning ta’nayu dashnomlariga qolib ketmaslik uchun amir Iygu Temurni huzurimga chorladim; saroy xodimlari va xalqni to‘plab majlis qurdim. O‘rusxon ulusidan o‘lja qilib olingan butun mol-mulkni bir yerga to‘plab, amir Iygu Temurga va u bilan birga qilich chopgan bahodirlaru sipohiylarga in’om qildim. Yana amr qildimki, jangda o‘zini ko‘rsatib, qarshisidagi g‘anim lashkarini sindirgan har bir amirning martabasini oshirsinlar. Chunonchi, Tobon bahodir To‘xtamishxon bilan bo‘lgan urushda (ot solib), g‘anim bayroqdoriga yetib oldi va dushman bayrog‘ini yerga tushirdi, o‘zi bir necha joyidan yaralandi. Hasadchilar va shu qahramonlikka da’vogarlar uning bu xizmatini mendan yashirmoqchi bo‘ldilar. Lekin men uni (in’omdan) xoli qoldirish insofdan emas, deb bilib, Tobon bahodirga amirlik martabasini berdim. So‘ngra unga izzat-ikrom ko‘rsatib, bayroq takdim etdim. Yana amr kdldimki, o‘nboshi, yuzboshi va mingboshilardan qay biri dushman safini buzib, o‘z qarshisidagi askar favjini sindirsa, o‘nboshi bo‘lsa, shahar hokimligini bersinlar. Yuzboshi bo‘lsa, uni biron mamlakat hukmdori etsinlar. Bunga misol shulki, yuzboshi Barlos bahodir To‘xtamishxon bilan bo‘lgan urushda yov lashkari bilan yuzma-yuz to‘qnashib, dushmanni sindirdi. Uni hisori Shodmon mamlakatiga hokim etib tayinladim. Yana buyurdimki, mingboshilardan birontasi qarshisida turgan g‘anim lashkarini sindirsa, uni mamlakat hukmdori qilsinlar. Bunga misol, Muhammad Ozod Katur jangidan (bir oz burun) Burxon o‘g‘lon lashkarini mag‘lubiyatta uchratgan siyohpo‘sh 240
jamoasini yengib, ularga o‘nglanmas zarba berdi. Muhammad Ozodni Kunduz va Ko‘lob 241
mamlakatlariga voliy etib tayinladim. Yana hukm chiqardimki, amirlardan qaysi biri g‘anim qo‘lidagi biror mamlakatni fath etib, dushman tasarrufidan ozod qilsa, shu mamlakatni uch yilga unga in’om tariqasida bersinlar. Va amr kildimki, qaysi bir askar kdlich chopib bahodirlik ko‘rsatsa, unga in’om tariqasida gurzi, qimmatbaho toshlar qadalgan o‘tog‘, kamar, turna bellik qilich va bir ot bersinlar hamda o‘nboshilik martabasiga ko‘tarsinlar. Ikkinchi, uchinchi bor bahodirlik ko‘rsatsa, yuzboshi va mingboshi martabasiga yetkazsinlar.
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling