Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi
SALTANATNI O‘Z TASARRUFIMDA SAQLASH
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Temur tuzuklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan.
- Ikkinchidan.
- Uchinchidan.
- Beshinchidan.
- Oltinchidan.
- Ettinchidan.
SALTANATNI O‘Z TASARRUFIMDA SAQLASH
UCHUN AMAL QILGAN TUZUKIM
Ushbu o‘n ikki tuzukni o‘zimga shior qilib olganimdan keyin katta ishonchu salobat bilan saltanat taxtiga o‘tirdim. O‘z tajribamdan sinab bildimki, agar qay bir podshoh shu o‘n ikki narsaga ega bo‘lmas ekan, saltanatdan bebahra qolur.
Birinchidan. Podshoh o‘z so‘ziga ega bo‘lsin, ishini o‘zi bilib qilsin, ya’ni sipoh va raiyat podshoning aytgan so‘zini, qilgan ishini o‘zi aytadi, o‘zi qiladi, hech kimning bunga daxli yo‘q, deb bilsin. Shunday bo‘lgach, podshoh biror kimsaning saltanat martabasiga sherik bo‘lgudek qilib ayttan gapiga va qilgan ishiga ergashmasin. Garchi yaxshi so‘zni hammadan ham eshitish zarur bo‘lsada, lekin boshqalar so‘zda va saltanat ishlarida podshohga sherik yoxud undan ustun bo‘lmasliklari shart.
podshoh zulm qilgudek bo‘lsa, odil vazir uning chorasini topsin. Ammo agar vazir zolim bo‘lsa, ko‘p vaqt o‘tmay saltanat uyi qulaydi. Chunonchi, amir Husaynning zolim bir vaziri bor edi. U sipohu raiyatga nohaq jarimalar solar edi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay o‘sha noinsof vazirning shumligidan amir Husaynning saltanat uyi xarob bo‘ldi.
ishda o‘zi hukm chiqarsin, toki hech kim uning hukmiga aralashib, o‘zgartira olmasin. To‘rtinchidan. Podshoh o‘z qarorida qat’iy bo‘lsin, ya’ni har qanday ishni qilishga qasd qilar ekan, uni bekor etmasin va to bitirmagunicha undan qo‘l tortmasin.
Beshinchidan. Podshoh hukmi joriy etilishi zarur, ya’ni qanday hukm chiqarishidan qat’i nazar, amalga oshirilishi kerak. Biron kimsa garchi hukmni zararli deb bilgan bo‘lsa ham, unga monelik qilolmasin. Chunonchi, eshitganmanki, sulton Mahmud G‘aznaviy 212
G‘azna 213
shahri maydoniga katta toshni keltirib qo‘yishni buyurgan ekan. Undan o‘tkinchi-ketkinchilarning ot-ulovlari hurkib o‘ta olmay qolibdi. Shunda odamlar tosh yo‘l bo‘yidan olib tashlansa, deb sulton huzuriga qanchalik arz-shikoyat qilib borishmasin, sulton: «Chiqargan hukmimdan qaytmayman, unga xilof biron ish ham qilmayman», –degan ekan. Oltinchidan. Podshohlik ishlarini tamoman boshqaga topshirib, erkni unga berib qo‘ymasinkim, dunyo bevafo xotin kabi, uning xushtori ko‘pdir. Agar shunday qilar ekan, o‘zganing nafsi tez orada podshoh bo‘lishni tilab, saltanat taxtini o‘zi egallashga kirishadi. Chunonchi, sulton Mahmudga xoinlik qilgan vazirlar uni saltanat taxtidan tushirib, taxtni o‘zlari egalladilar 214 . Shunday bo‘lgach, saltanat ishlarini ishonchli va mo‘’tabar bir necha kishiga bo‘lib berish lozim. Shunda har biri o‘z ishiga bog‘lanib, saltanat taxtiga ko‘z olaytira olmaydi. Ettinchidan. Saltanat ishlarida har kimning so‘zini eshitsin, har kimdan fikr olsin. (Lekin) qaysi biri foydaliroq bo‘lsa, uni ko‘ngil xazinasida saqlab, vaqtida ishlatsin. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling