Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Temur tuzuklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshinchi toifa
- Oltinchi toifa
- Ettinchi toifa
To‘rtinchi toifa–amirlar, sarhanglar
207
, sipoh-solorlarga majlisimdan o‘rin berib, martabalarini yuqori ko‘tardim. Ular bilan suhbatlashib, maslahatlar oldim. Jang maydonida mardona qilich chopishgan shijoatli jasur kishilarni xush ko‘rardim; jang maydonlariga ot choptirib kirib-chiqish usullarini, g‘anim lashkari to‘pini buzib, saflarini sindirishni, nayza sanchib, qilich chopishni ulardan so‘rar edim. Sipohgarlik ishlarida ularga ishonib kengash so‘rar edim.
dovyuraklarga maxsus faxrli o‘tog‘ 208 , kamar va o‘kdon takdim etib, martabalarini ko‘tardim. Har mulk va mamlakatning beklari, ulug‘lari, boshliq–oqsoqollarini 209
hurmatladim; ularga sovg‘a-salomlar berib, xizmatlaridan foydalandim. Sipohiylarimni hamisha jangga tayyor holda tutdim; oylik hakdarini so‘rattirmay vaqtida berardim. Chunonchi, Rum yurishida sipohiylarimga o‘tgan va kelajakda qiladigan xizmatlari uchun yetti yillik oziq- ovqatlarini birvarakayiga berdim. Sipoh va raiyatni shunday tutdimki, birontasi ikkinchisiga zulm ko‘rsatib, oyoqosti qilolmas edi. Boshqa sipohiylarni o‘z martabalariga va darajalariga qarab shunday saqladimki, ular haddidan oshib ortiqcha qadam qo‘yolmasdi. Ularning martabalarini na ko‘p ko‘tarib hovliqtirdim va na ko‘p tushurib ko‘ngillarini cho‘ktirdim. Qaysi biri biror xizmat ko‘rsatar ekan, in’omlar berib, boshqalardan ayricha hurmatladim. Kimning akdi va shijoatini sinov tarozusida tortib ko‘rib, boshqalarnikidan ortiqrokdigini ko‘rsam, uni tarbiyamga olib, amirlik darajasiga ko‘tarar edim. So‘ngra ko‘rsatgan xizmatlariga yarasha martabasini oshirib borardim.
bo‘yicha ulardan maslahat olishimga loyiq edilar. Bu toifa kishilar bilan sirdoshlik qilib, o‘z maxfiy ishlarim va pinhoniy sir-asrorimni o‘shalarga topshirdim.
menga tobe’ mamlakatlarni ko‘rsatuvchi ko‘zgu deb bildim. Chunki ular har mulk–mamlakat, sipoh va raiyat voqealarini menga bildirib turdilar. Bular davlat xazinasi, sipoh va raiyatga oid ishlarni tartibga solib yuritdilar. Saltanat mulkiga tushgan raxnalarni berkitishning loyiq chorayu tadbirlarini ko‘rdilar. Saltanatim korxonasi xazinasining kirim va chiqimiga oid ishlarni to‘g‘ri olib bordilar. hamisha mamlakatda to‘kinchilik va uning obodligi uchun harakat qildilar. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling