Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Temur tuzuklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘rtinchidan
Uchinchidan, hech kimdan o‘ch olish payida bo‘lmadim. Tuzimni totib, menga yomonlik qilganlarni
Parvardigori olamga topshirdim. Ish ko‘rgan, sinalgan, shijoatli er-yigitlarni qoshimda tutdim. Sofdil kishilar, sayyidlar, olimlar va fozillarga dargohim doim ochiq edi. Nafsi yomon himmatsizlarni, ko‘ngli buzuq qo‘rqokdarni majlisimdan quvib yubordim. To‘rtinchidan, ochiq yuzlilik, rahm-shafqat bilan xalqni o‘zimga rom qildim. Adolat bilan ish yuritib, jabr- zulmdan uzoqrokda bo‘lishga intildim. Shu paytda pirimdan 205
xat keldi. Ular bunday yozibdilar: «Buyuk zafarlar sohibi Amir Temurga, Olloh uni hamisha qo‘llasin, ma’lum bo‘lsinkim, (uning) saltanati korxonasi Tangri taolo korxonasining bir (kichik) nusxasidurki, unda turli mansabdagi xodim va xizmatkorlar, noiblar, eshik og‘alari bordir, ularning har biri martabasiga yarasha o‘z yumushi bilan mashg‘uldir, hech biri o‘z martabasidan chetga chiqmaydi va doimo Ollohning amriga muntazir turadi. Shunday ekan, sen hamisha hushyor va ehtiyotkor bo‘l, toki vazirlar, lashkarboshilar, amaldorlar, ish yurituvchilar, sipohsolorlardan hech biri o‘z martabasi chegarasidan chiqmasun va doimo sening hukmingni kutib turishsun. Har toifa va har qavmni o‘z martabalarida tutginki, (bu bilan) saltanating nizomga kelib, davlat intizomga kirgay. Agar har narsani va har kimni o‘z martabasida saqlay olmasang, saltanatingga bundan ko‘p xalalu ziyon yettay. Demak, har kimning qadr-qiymatini, tutgan mavqeini, har narsaning o‘lchovini belgilab olishing va shunga muvofiq ish yuritishing kerak. (Hazrati) Muhammad avlodidan bo‘lganlarning martabasini boshqalardan yuqori ko‘tarib, ularning izzat-hurmatini o‘rniga qo‘ygil. Ularga qancha ko‘p muhabbat bildirsang ham, uni isrof deb o‘ylama, chunki qaysi ish xudo yo‘lida bo‘lsa, unda isrof yo‘kdir. O‘n ikki toifa bilan davlatingga ziynat berib, shular bilan saltanat qurgil. Vassalom». Pirimning ushbu maktubi menga yetgach, unda buyurilgan har bir narsani bajo keltirdim. Saltanatim ishlarini tartib-intizomga solib, saltanatim martabasiga to‘ra va tuzuk bilan zebu ziynat berdim. Saltanatimni o‘n ikki toifadagi kishilar bilan mustahkamladim. Saltanatim martabasi bo‘lmish to‘ra-tuzuklar va qonun-qoidalarni ham shu o‘n ikki toifaga bog‘lab tuzdim. Bu o‘n ikki toifani saltanatim falakining o‘n ikki burji va davlatim korxonasining o‘n ikki oyi deb hisobladim. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling