DORUSSALOM
124
(BAG‘DOD)NI VA ARAB IROQINI
125
ZABT ETISH TO‘G‘RISIDAGI
KENGASHIM
Ajam Iroqi
126
va Forsni zabt etganimdan keyin, qutb ul-aqtob
127
pirimdan menga quyidagi mazmunda maktub
keldi: «(Ey), Arab Iroqi va ajam Iroqining buyuk fotihi, (Olloh) senga (ikkinchi) Iroqni ham takdim etdi!».
Bag‘dodni zabt etish uchun dastavval sulton Ahmad Jaloyir
128
huzuriga Bag‘dod voliysi lashkarlarining qay
ahvolda ekanligi, yurish-turishi, qudrati haqida ma’lumotlar olib kelish uchun elchi yuborishga keli-shildi. Elchi
Bag‘doddan menga: «Sulton Ahmad ikki ko‘zli bir bo‘lak go‘sht ekan», –degan mazmunda xat yubordi. Men
Tangrining inoyatiga suyanib, (Bag‘dod ustiga) qarab yurdim va tez fursatda Bag‘dodga yetib bordim. Sulton Ahmad
Jaloyir jonining omonligini afzal ko‘rib, Karbalo tomonga qarab qochdi. Shu bilan Dorussalom Bag‘dod menga
bo‘ysundi
129
.
Do'stlaringiz bilan baham: |