Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi
TO‘XTAMISHXONNI YO‘QOTISH UCHUN
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Temur tuzuklar
TO‘XTAMISHXONNI YO‘QOTISH UCHUN
QILGAN KENGASHIM
(To‘xtamishxon mendan yengilib) Jo‘chi ulusini talon-torojga tashlab, o‘zi qochgan edi. Keyinroq mening yo‘kdigimdan foydalanib, Darband 130
va Shirvon orqali Ozarbayjonga ko‘p sonli lashkar yuborib, fitnayu fasod ko‘tardi. Bu vaqtda men har ikkala Iroqni ham endigina zabt etib bo‘lgandim. To‘xtamishxonni yo‘qotish uchun behisob lashkar bilan Darband yo‘li orqali yana Dashti Qipchoqqa yurishni maslahat ko‘rdim. Yurish oldidan ko‘rik qilib, lashkarim qaergacha borib yetishini bilmoqchi bo‘ldim. Qarasam, to‘rt farsang masofada lashkarlarim saf tortib turardi. Tangri taologa shukr keltirdim. So‘ng Samur suvidan 131
o‘tib, Dashti qipchoqning elu ulusiga ushbu mazmunda yorliqlar yo‘lladim: «Kimki menga kelib qo‘shilsa, ulug‘lanadi, kimki men bilan kurashmoqchi bo‘lsa yiqiladi». 121
Abu Bakr (1382–1417) –Amir Temurning nevarasi, amirzoda Mironshohning o‘g‘li, Ozarbayjon va Iroq hukmdori. 122
Jo‘chi ulusi–Chingizxonning to‘ng‘ich o‘g‘li Jo‘chi va uning o‘g‘li Botuxon tomonidan bunyod etilgan davlat. Uning tarkibiga hozirgi Rossiyaning bir qismi hamda Ukraina, qozog‘istonning Balxash ko‘lidan g‘arbdagi yerlari kirgan. ( – А.А.) 123
Bu yerda qunduzcha yaqinida (hozirgi Samara va Chistopol o‘rtasida) 1391 yil 18 iyunida bo‘lib o‘tgan jangda To‘xtamishxonning mag‘lub etilishi voqeasi keltirilgan. 124
Dorussalom–(arab.–tinchlik maskani)–musulmonlar tomonidan Bag‘dod shahriga berilgan sifat, chunki shahar barpo qilinishida uch yil davomida xalifalik urush olib bormagan. (– А.А.) 125
...Arab Iroqi (Iroqi arab)–arablar istiqomat qilib turgan Iroq; asl Iroq (qadimgi Bobil). (– А.А.)
126 ...Ajam Iroqi (Iroqi ajam)–ajamliklar, ya’ni arab bo‘lmagan xalklar istiqomat qilib turgan Iroq (qadimgi Midiya), Eronning Iroq bilan chegaradosh g‘arbiy yerlari, Mesopotamiyaga tutash joylar tushuniladi. 127
Qutb ul-aqtob–«qutblar qutbi». Ulug‘ martabali shayxlar, din peshvolari va valiylarga beriladigan faxrli nom. Bu yerda Mir Sayyid Baraka nazarda tutilgan, deya taxmin qilish mumkin. 128 Sulton Aqmad Jaloyir–1382–1410 yillarda Iroq, Kurdiston va Ozarbayjonda hukmronlik qilgan. 129 Bu yerda Bag‘dodning Amir Temur tomonidan 1393 yil sentabr oyi oxirida birinchi marta zabt etilishi nazarda tutilgan. Sulton Ahmad Jaloyir Misrga qochib, mamluklardan bo‘lmish Sayfiddin Barquq (1382–1399) saroyidan panoh topgan edi. Keyinchalik 1401 yil 20 iyunida Amir Temur ikkinchi marta Bag‘dodni fath etgan. (– А.А.) 130
Darband–Kaspiy dengizining chap sohilidagi tarixiy shahar, asrlar davomida u yerda joylashgan mudofaa inshootlari va qal’a muhim chegara punkti va Kaspiy dengizidagi katta bandarlardan biri bo‘lib hisoblangan. 131 Samur suvi–Dog‘iston va Ozarbayjon chegarasidagi daryocha, Kaspiyga quyiladi. ( – А.А.)
Hijriy 797 (milodiy 1394–95) yili Dashti qipchoqqa kirdim va uzoq shimolida yastanib yotgan yerlarigacha bordim
132 . Menga qarshi bo‘lgan Jo‘chi el-ulusini bo‘ysundirib, o‘zimga tobe’ etdim. Beshinchi va oltinchi ikdim 133
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling