Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi


HINDISTONGA OLIB BORADIGAN


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/90
Sana14.11.2021
Hajmi0.82 Mb.
#174274
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   90
Bog'liq
Temur tuzuklar

 

HINDISTONGA OLIB BORADIGAN 

YO‘LNI AFG‘ONLARDAN TOZALASH UCHUN 

QILGAN KENGASHIM 

 

Shu  orada  menga  arz  qildilarki,  bir  to‘da  afg‘onlar  Hindistonga  olib  boradigan  yo‘lga  bosqin  qilib,  u yerda 



qaroqchilik  qilayotgan  ekanlar.  Xususan,  bulardan  Karkas

145


  qabilasining  boshlig‘i  Muso  Afg‘oniy  haddidan 

oshayotgan  ekan.  Mening  vafodor  xizmatkor  va  tobe’larimdan  biri  bo‘lgan  Lashkarshoh  Afg‘oniyni  Pirmuhammad 

Jahongir Eryob qal’asini qo‘riqlashga qo‘ygan edi. Muso Afg‘oniy mazkur qal’aga ot solib, shiddat bilan bosib olibdi, 

Lashkarshoh Afg‘oniyni o‘ldirib, qal’adagilarning bor-yo‘g‘ini talab ketibdi. 

Shu  paytda  (huzurimga)  Lashkarshohning  inisi  Malik  Muhammad  dod-faryod  ko‘tarib  keldi.  U  og‘asini 

o‘ldirgan Muso Afg‘oniyning jabru zulmidan shikoyat qildi. Men bo‘lsam (uning so‘ziga quloq solmagan bo‘lib): 

«Hoy inson, Muso Afg‘oniy menga xayrxohlardan biridir», dedim va uni qamab qo‘yishlarini buyurdim. Amirlarim 

meni nohaq zulm o‘tkazdi, deb aybladilar. 

Biroq,  buning  aksincha,  Muso  Afg‘oniy  Malik  Muhammadning  hibsga  olingani  haqidagi  xabarni  va  mening 

aytgan gaplarimni eshitib, ko‘ngli taskin topdi. Shundan keyin, uni huzurimga kelishini talab qilib yozgan yorlig‘imni 

olgach, hadiksiramasdan darhol yetib kelib, qal’ani menga peshkash qildi. 

Men u qal’ani tomosha qilish uchun ichkarisiga kirganimda, uning (Muso Afg‘oniyning) sipohiylaridan biri meni 

o‘ldirish qasdida o‘q-yoy otdi. Keyin Muso Afg‘oniy o‘ziga yarasha jazosini topdi. Hindiston yo‘li ochildi. 

 


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling