Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi
DEHLI HOKIMI SULTON MAHMUD VA
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Temur tuzuklar
DEHLI HOKIMI SULTON MAHMUD VA
MALLUXONLARNI YENGISH BOBIDAGI KENGASHIM
Sulton Mahmud 146 , Malluxon 147 ikkisi ellik ming otliq va piyoda askar, 120 zanjirband fil bilan Dehli qal’asini mustahkamlab, menga qarshi jangga shaylandilar. Ko‘nglim g‘ash bo‘ldi. Bordiyu Dehli qal’asining qamaliga kirishsam, bu ish uzoq muddatta cho‘zilib ketsa, (unda nima qilaman?) Kengashni shundan topdimki, g‘anim lashkari dadillanib, (qal’adan) chiqib, saf tortib jang maydoniga kirishi uchun, o‘zimni kuchsiz va (qo‘rqqandek) qilib ko‘rsatmoqchi bo‘ldim. Shu sababdan, lashkardan uzoqrokda xandaq qazdirdim. Lashkarim bilan xandaq ichiga yaxshilab joylashganimdan keyin, lashkarlarimning bir favjini dushmanga qarshi jangga tashladim. Dushman 140
... Sulton Muhammadxon – «Tuzuklar»ni asliyatdan forschaga tarjima qilgan tarjimon yoki xattot xatosi, aslida Sulton Mahmudxon (1388–1402) bo‘lishi lozim, Chig‘atoyxon avlodi, Amir Temur hukmronligi davrida xon deb e’lon qilinganlardan biri. (– А.А.) 141
Amirzoda Rustam (1381–1424) – Amirzoda Umarshayxning o‘g‘li. 1405–1408 va 1415 yillari Isfahon hokimi bo‘lgan. 1424 yili Isfahonda vafot etgan. 142 G‘o‘l (yoki qo‘l, qalb) – lashkarning markaziy qismi. 143 Katur–Hindikushdagi tog‘li viloyat, Kofiriston, hozir Nuriston deb ham ataladi. 144 Hindistonga yurish 1398 yil aprel oyida boshlanib, 1399 yil aprel oyining 27 sigacha davom etgan. 145 Karkas–xato yozilgan. Kakar bo‘lishi kerak. Hozirgi Pokistonning shimoli-g‘arbida yashaydigan qabila. (– А.А.) 146
Sulton Mahmud (Sulton Nosiriddin Mahmudshoh II)–Shimoliy hindistonni idora qilgan Tug‘luqiylar sulolasi (1320–1413)dan chiqqan podshoh. U 1393–1399 yillari mamlakat hukmdori bo‘lgan. 147 Malluxon–Sulton Mahmudshoh hukmronligi davrida vazir va amiralumaro bo‘lib, hukumatni deyarli o‘zi boshqargan. qarshisiga borgach, o‘zlarini kuchsiz ko‘rsatib, qo‘rqqanday bo‘lib chekinishlarini va g‘animlarni dadillantirib kelishni buyurdim. Dushman lashkari bu holni ko‘rib o‘zlarini g‘olib hisoblab, gerdayib jang maydoniga chiqqan edilarki, (mening) qahrli lashkarim favjlari bilan yuzma-yuz keldilar. Dehli hokimi sulton Mahmud jangga kirishdi va yengilib tog‘ tarafga qochdi. Beqiyos xazina va mol-mulki sipohiylarimga nasib bo‘ldi. Bir yil ichida Hindiston poytaxti Dehlini zabt etdim 148
va mazkur yilning oxirlarida saltanatim poytaxti (Samarqand)ga qaytdim 149 .
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling