Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi


GURJISTON MAMLAKATINI EGALLASH


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/90
Sana14.11.2021
Hajmi0.82 Mb.
#174274
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   90
Bog'liq
Temur tuzuklar

GURJISTON MAMLAKATINI EGALLASH 

UCHUN QILGAN KENGASHIM 

 

Hindistondan  zafar  qozonib  qaytganimdan  keyin,  hali  safar  charchog‘i  chiqmay  turib,  ikki  Iroq  hokimlaridan 



menga arznoma keldi. Yozishlaricha, Gurjiston kofirlari haddilaridan oshib, chegarani buzgan emishlar. 

Men  hamisha  podshoxdar  uchun  kofirlarga  qarshi  g‘azovot  qilishdan,  mamlakatlarni  zabt  etishdan  va 

jahongirlikdan  yaxshiroq  ish  yo‘q,  degan  fikrda  edim.  Gurjiston  imonsizlarining  tug‘yon  ko‘targani  haqidagi  xabar 

kelishi  bilanoq  kengash  o‘tkazib, «o‘sha  diyordagi  boshqa  buzuqi  odamlarning  ham  bosh  ko‘tarishiga  yo‘l 

ochilmasin», deya zudlik bilan ularni daf qilishga tutindim. Xind yurishidan kelgan sipohiylarimga «xohlovchilar shu 

yerda qolsin, xohlovchilar men bilan borsin», deb ixtiyorni o‘zlariga berdim. Xuroson, Qandahor, Seyiston, Kermon, 

Tabariston, Gilon, Mozandaron va Fors viloyatlaridagi lashkarlarimga jang hozirligini ko‘rib, Isfahon atrofiga kelib, 

mening zafarli lashkarimga qo‘shilsinlar, deb yorlig‘lar jo‘natdim. 

Xar  bir  mamlakatdagi  itoatdan  bo‘yintovlovchilarni  turli yerlarga  tarqatib  yuborishni  maslahat  ko‘rdim. 

Chunonchi,  Xuroson  va Forsdagi  bo‘yintovlovchilarni Turonzaminga  ko‘chirdim  va bu  mamlakatlarning  sathini 

ularning muxolifligidan tozaladim. 

So‘ng  Gurjiston  viloyati  qal’alarini  zabt  etish  uchun  o‘sha  mamlakat  ustiga  otlandim.  Sipohiylarning  ko‘ngliga 

nima o‘tirsa, shuni qildim. Boshimga po‘lat dubulg‘a, egnimga dovudiy sovut kiydim, belimga Misr qilichini bog‘lab, 

bahodirligu  kurash  taxtiga  o‘tirdim.  Turonlik  dovyuraklarga,  Xuroson  pahlavonlariga,  Gilon  va  Mozandaron 

botirlariga  qo‘rqinch  soldim  va  Sivos

150


  hamda  Gurjiston  qal’alarini  fath  qildim.  Qal’adan  turib  (qarshilik 

ko‘rsatganlarning)  barchasini  mag‘lub  etdim,  qal’adan  olgan  o‘ljalarni  esa  g‘olib  askarlarimga  ulashdim. 

Ozarbayjonlik buzuqi, bevosh kishilarni jazoladim. 

Shundan  keyin  Malatiya

151

  qal’asi  va  uning  tevaragidagi yerlarni  fath  etishga  kirishdim.  O‘sha  qal’alarni  fath 



aylab  xotirjam  bo‘lganimdan  so‘ng  Halab

152


  va  Hums

153


  tomonlarga  qarab  yo‘naldim  va  bir  oz  harakat  bilan  bu 

mamlakatlarni ham o‘zimga qaratdim. So‘ng Misr va Shom mamlakatlarini zabt etishga kamar bog‘ladim

154



 




Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling