Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi


MISR VA SHOM (MAMLAKATLARI)NI


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/90
Sana14.11.2021
Hajmi0.82 Mb.
#174274
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   90
Bog'liq
Temur tuzuklar

MISR VA SHOM (MAMLAKATLARI)NI 

FATH ETISH BOBIDA QILGAN 

KENGASHIM 

 

Mening shon-shavkatim va qudratim ovozasi (Rum) qaysarining



155

 qulog‘iga yetdi. U o‘ziga qarashli Sivos hamda 

Malatiya qal’alari hamda ularga tobe’ yerlarni zabt etganim, qal’alar ichidagi askarlarining barisini tarqatib, tevarak-

148


 Dehli 1398 yil 18 dekabrda zabt etilgan. 

149


 Bu voqea 1399 yil 27 aprelda yuz bergan. 

150


  Sivos–Kichik Osiyoning yirik qal’a-shaharlaridan; o‘rta asrlarda Sebastiya deb nomlangan. «Sultoniya–Tabriz–Ko‘niyo» karvon yo‘li 

ustida joylashgan shahar. hozirgi vaqtda Turkiyadagi shu nomdagi viloyat markazi. (–

А.А.) 

151


 Malatiya–Rum mamlakatining mashhur shaharlaridan. Hozirda Turkiyaning shu nomdagi viloyat markazi. 

152


  Halab  –  Shom(Suriya)ning shimolida joylashgan qadimiy shahar (milod.av. 20-asrdan ma’lum), o‘rta asrlarda Aleppo nomi bilan 

mashhur bo‘lgan. 

153

 Hums–qadimgi Emessa, Osi (Oront) daryosi bo‘yida joylashgan va Shomga qarashli qadimiy shahar. 



154

 Misr va Shom zabtiga Amir Temur yetti yillik (1399–1404) yurish vaqtida, aniqrog‘i 1399–1401 yillari kirishgan. 

155

 Bu yerda Usmonli imperiyasi sultoni Yildirim Boyazid I (1389 –1402) nazarda tutiladi. 1403 yilning 8 martida Oqshaharda vafot etgan. 



O‘rta asrlarda bitilgan tarixiy manbalarda Rum mamlakati sultonlari shu nom bilan atalgan. (–A.A.) 

                                                 




atrofga sochib tashlaganim haqidagi xabarni eshittach, tomirlaridagi g‘ayrat harakatga keldi va lashkarim zarbasidan 

qochib, qaysar qoshida panoh topgan qora Yusuf Turkman

156

 ig‘vosi bilan ustimga lashkar tortishga qaror qildi. 



Qaysar  baloga  yo‘liqib,  davlati  vayron  bo‘lishi  yaqinlashib  qolgandi,  chunki  u Qora  Yusufning  ig‘vosiga  uchib, 

menga  qarshi  lashkar  tortgan  edi. (Qolaversa)  Misr  va  Shom  qo‘shinlarini  ham  yordamga  chaqirgan  edi.  Men 

kengashib  lashkarimni  uch  favjga  ajratsam  yaxshi  bo‘lar,  dedim.  Biroq  jangda yengish-engilish  ishi  takdir  pardasi 

ostida  yashirinligi  bois  bu  to‘g‘rida  amirlarim  bilan  kengash  o‘tkazdim.  Ular  sipohiylarga  xos  ish  tutib,  urush 

ochmoqni maslahat berdilar. 

(Shunday bo‘lsa) ham men qaysarning (g‘ayrat) o‘tini achchiq-chuchuk gap bilan so‘ndirmoqni maslahat ko‘rdim 

va  unga  maktub  yo‘lladim.  Xatning  qisqacha  mazmuni  shunday  edi: «Eru  ko‘kni  yaratgan  Tangri  taologa  cheksiz 

shukrlar bo‘lsinkim, yetti ikdim mamlakatlarining ko‘pini mening farmonimga kirgizdi va olam sultonlari, hokimlari 

menga  egilib,  itoat  halqasini jon  qulokdariga  takdilar.  O‘z  qadrini  bilib,  haddidan  oshmay  jasorat  oyokdarini  tiygan 

bandasini  Tangri  yorlaqasin!  Sening  naslu  nasabing  qaerga  borib  taqalishi  jahon  xalqi  oldida  ma’lumdir.  Shunday 

ekan, holingga munosib ish tutib, jur’at oyog‘ini oldinga qo‘ymagilki, ranju mehnat balchig‘iga botib, balo chuquriga 

yiqilgaysan. Iqbol eshigidan haydalgan bir to‘da ig‘vogar kishilar g‘arazli ishlarini bajarish uchun sening panohingdan 

joy  olib,  uxlab  yottan  fitnani  uyg‘otmishlar.  Yana  o‘shalarning  ig‘vosi  bilan  davlating  yuziga  ofat  va  balo  eshigini 

ochmagil. (Darhol) Qora Yusufni mening oldimga yuborgil. Yo‘q esa taqdir pardasi ikki lashkar saflari to‘qnashganda 

yuzingga ochilg‘usidir»

157


Maktubni  tanilgan  elchilarim  bilan  qaysarga  yuborganimdan  keyin  Shom  poytaxti  (Damashq)ga  borib  turishga 

qaror  qildim.  Hums  va  Halab  yo‘li  orqali  u yerga  ravona  bo‘ldim.  halab  shahriga yetganimda  Misr  podshosi  Malik 

Barquq  o‘g‘li  Malik  Faraj

158

  mening  Damashqqa  kelayotganimni  eshitib,  shoshilinch  ravishda  Misrdan  Damashqqa 



qarab yo‘l olgani haqida xabar keltirdilar. Men Misr va Shom lashkarlarining qushilishiga iul quimaslik uchun zudlik 

bilan otlanib, oldinga yurdim. Lekin Malik Faraj abjirlik qilib, mendan oldin Damashqqa yetib oldi. (Shunday bo‘lsa 

ham) men uning orqasidan shaharga yetib bordim va Damashqni zabt etdim

159


 


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling