Sakkizinchi (tuzukim)–azmu jazm bilan ish tutdim. Biror ishni bajarishni o‘ylasam, butun zehnim, vujudim bilan
berildim, bitirmagunimcha undan qo‘limni tortmadim. Har neki desam, unga o‘zim amal qildim. Hech kimga g‘azab
bilan qattiq muomalada bo‘lmadim va hech bir ishda tanglik qilmadim, toki Tangri taoloning g‘azabiga duchor
bo‘lmayin va ishimni buzib, holimni tang aylamasin deb. Odam Atodan boshlab to Xotamgacha va undan to hozirgi
damgacha
170
o‘tgan sultonlarning qonunlarini va turish-turmushlarini donolardan so‘rab-surishtirdim. Har
qaysilarining yo‘l-yo‘rikdari, turish-turmushlari, qilish-qilmishlari, aytgan gaplarini xotiramda saqladim va yaxshi
axlokdari, ma’qul sifatlaridan o‘rnak olib, ularga amal qildim. Davlatlarining tanazzulga uchrashi sabablarini
surishtirdim va davlatu saltanat zavoliga sabab bo‘luvchi ishlardan saqlandim, naslni buzuvchi, ocharchilik, vabo
kasali keltiruvchi zulmu buzuqchilikdan sakdanishni o‘zimga lozim bildim.
Do'stlaringiz bilan baham: |