Ikkinchi (tuzukim) shulki, o‘n ikki tabaqa va toifadagi kishilar bilan mamlakatni qo‘limda tutib, saltanatimni
boshqardim. Davlat, saltanat ustunlarini o‘shalar bilan quvvatlab, majlislarimni shular bilan ziynatladim.
Uchinchi (tuzukim) shulki, maslahat, kengash, tadbirkorlik, faollik va hushyorlik, ehtiyotkorlik bilan g‘anim
qo‘shinlarini yengib, mamlakatlarni o‘zimga bo‘ysundirdim. Saltanatim ishlarini murosayu madora, muruvvat,
sabr-toqat va chidam bilan yurgizdim. Ko‘p narsani bilib tursam ham o‘zimni bilmaslikka soldim, do‘stu
dushman bilan murosayu madora qildim.
Do'stlaringiz bilan baham: |