O‘n ikkinchi (tuzukim)–do‘st-dushmanligiga qaramay, har joyda sipoxdarni hurmat qildim, chunki ular boqiy
mato bo‘lgan jonlarini foniy dunyo moli uchun sotadilar. O‘zlarini ma’raka-maydonga, halokatga otib, jonlarini
qurbon qiladilar.
Agar g‘anim sipohidan biror kimsa o‘z valine’matiga sidqidildan xizmat qilib, urush kunlarida menga qarshi qilich
ko‘targan bo‘lsa ham, unday odamga nisbatan lutf-marhamatlar ko‘rsatdim. Qoshimga (panoh istab) kelganda, uni
qadrlab, ishonchini qozondim, vafodorligi va haqiqat bilan xizmat qilishiga ishondim.
Qaysi bir askar tuz haqi va vafodorlikni unutib, xizmat vaqtida o‘z egasidan yuz o‘girib, mening oldimga kelgan
bo‘lsa, unday odamni o‘zimga eng yomon dushman deb bildim. Chunonchi, To‘xtamishxon bilan bo‘lgan urushda
uning amirlari menga xabarlar va shikoyatlar yozib, uz hukmdori, ya’ni mening dushmanim bo‘lmish To‘xtamishxon
bergan tuz haqini unutdilar. Vafodorlik va haqiqatni bir chekkaga yig‘ishtirib qo‘yib, mening huzurimga panoh istab
kelganlari uchun ularni la’natladim, o‘zimcha, «Bular o‘z sohibiga vafo qilmagach, menga qilarmidi?» deb o‘yladim.
Do'stlaringiz bilan baham: |