Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Temur tuzuklar
G‘ozonxon ibn Arg‘unxon ibn Huloguxon (1295–1304) yillarda Eron, Ozarbayjon va Iroqni idora qilgan, tarixda Elxoniylar nomi bilan
mashhur bo‘lgan mo‘g‘ul sulolasi vakili. Islom dinini qabul qilib, qator ijtimoiy-siyosiy islohotlar o‘tkazgan. 194 «Turkistonlik kofirlar...»–bu yerda Movarounnahr, Eron, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlarni istilo qilgan (XIII asr) Chingizxon qo‘shinlari nazarda tutilgan. 195
Shayx Ibrohim Hamaviy–xurosonlik yirik shayx Sadriddin Ibrohim nazarda tutilmokda. 196
Uljaytu Sulton (1304–1317)–Elxoniylardan. Musulmon bo‘lgani uchun Sulton Muqammad Xudobanda nomi bilan tanilgan. 197
1304 yil nazarda tutilmoqda. 198
Tashahxud (arab. guvohlik)–Ollohning yagonaligi va Muhammad payg‘ambarning elchiligini bildiruvchi diniy ibora; islom dinidagi 5 asosiy arkonning birinchisi; ko‘pincha «kalimai shahodat» deyiladi. 199 Sultoniya–Elxon Uljaytuxon qurdirgan shahar, Huloguiylar poytaxti. 200 Imom Shofi’iy–sunniylikda shofi’iylik mazhabining asoschisi va bosh imomi, faqih. Asli ismi Abu Abdulloh (767–820). 201
Imomi A’zam (ulug‘ imom)–sunniylikdagi to‘rt mazhabdan biri hisoblangan hanafiylik mazhabining asoschisi. Asl ismi Abu hanifa Nu’mon ibn Sobit (699–767). 202 Makruh (arab.–rad etilgan, qoralangan, nomaqbul)–shariat hukmlaridan biri (farz, mandub, muboh, harom bilan birga). qat’iyan taqiq qilinmagan, lekin nomaqbul hisoblangan va rad etilgan amallar makruh hisoblangan, bunday xatti-harakat uchun jazo belgilanmagan.
aytgandan keyin ularga ham (Olloxdan) yaxshilik tilaydilar. Ikkinchisi shulki, o‘tgan barcha payg‘ambarlarning dinlari, qilgan ishlari yo yo‘qolardi yoki o‘zgarardi. Ular dinining ahkomlari doimiy emas edi. Ammo hazrati Muhammad, unga Ollohning marhamatlari va salomlari bo‘lsin, dini o‘zgarishdan omon bo‘lib, qiyomatgacha shu yo‘lda saqlanur. Shunday bo‘lgach, onhazrat (payg‘ambar)ning ummatlari salavot aytish vaqtida, uning muborak nomini zikr etgan paytda, uning avlodini ham eslashlari lozimdir. Ummatlarga ma’lum bo‘lsinkim, Muhammad dinining homiylari, Kur’oni karimni sharxdovchilar, maqtovga loyiq shariat ilmining hofizlari, payg‘ambarlik ilmining vorislari aynan shu kishilardir. Musulmon dinining ilmlari va islomning farzu vojiblarini ulardan o‘rgansinlar, ularga ergashib, hurmat qilishni burchlaridan biri deb bilsinlar», –dedi. Sulton shu so‘zlarni aytgani hamono, masjidga to‘plangan ulamo va odamlar birdaniga guldiratib, payg‘ambarga va uning avlodiga salavot o‘qidilar. Shunda sulton aytdi: «Muhammad avlodidan birinchisi–hazrati Ali, so‘nggisi– imom Muhammad Mahdiy oxirzamondir. Shunday bo‘lgach, payg‘ambarimiz avlodining izni va ruxsatisiz uning mulkini o‘z tasarrufimizga kiritmasligimiz zarur, aks holda bosqinchilik qilgan bo‘lamiz». Sultonning bu so‘zlari xosu ommning qulog‘iga eshitilgach, barcha ulamo uning aytganlarini qabul etdi. Gaplari inobatga olinganidan so‘ng, sulton amr qildi: «haqiqat shul erkan, ahli bayt 203 nomiga xutba o‘qib, ularning nomi zarblangan pullar chiqarish lozim». Bu gaplarni eshitgan, ko‘rgan ulamo uning fikrini tasdikdab, Ollohga iymon keltirdilar va «Uljaytu Sulton dinu shariatga rivoj beruvchi», deb fatvo yozdi-lar. Sakkizinchi yuz yillikda chiqqan zot dinni rivojlantirib ravnaqqa yetkazuvchi Amir Sohibqirondirki, olamning turli mamlakatlari va shaharlarida dinu shariatni rivojlantirdi; sayyidlar va ulamoni izzatu ikrom qildi. Payg‘ambar xonadoni zurriyotlarining izni va ruxsati bilan uning mulkini o‘z tasarrufiga kiritdi...» Mir Sayyid Sharif yozgan ushbu maktub menga yetgach, Tangri taologa shukr aytib, Muhammad va uning xonadoniga iltijo qilib, Tangri taologa yolvordim: «Menga dinu shariatni yoyish va unga rivoj berishda kuch-quvvat ato etgil!» So‘ng bu maktubni olib, pirimning huzurlariga yubordim. (Ul zot) maktub hoshiyasiga mana bu so‘zlarni yozib menga qaytardilar: «Dinu shariatga rivoj beruvchi (Amir) Temur Sohibqironga, Olloh uni qo‘llasin, ma’lum bo‘lsinkim, bu ish ul qutbi saltanatga Ollohi taolo tarafidan berilgan juda katta ehson va buyuk yordamdir. Dinni yoyish, shariatga rivoj berishdek ulkan ishda Tangri taolo senga yordam bag‘ishlamish. (Sadoqatu ixlosing va yaxshi ishlaringni) qancha ko‘paytirsang, Olloh ham senga (inoyat va karamini) shuncha oshirgay». Pirimga yuborgan ushbu maktub, uning xati bilan ziynatlanib menga qaytgach, sayyidlar va ulamoni izzatu ikrom etishni bajo keltirib, shariat rivoji uchun ilgarigidan ham ko‘proq sa’y-harakat qildim. Bu maktubni (boshimdan kechmish) voqealar daftariga 204
yozishlarini buyurdim.
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling