Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/90
Sana14.11.2021
Hajmi0.82 Mb.
#174274
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   90
Bog'liq
Temur tuzuklar

O‘ninchi  (tuzukim)–turku  tojik,  arabu  ajamning  turli  toifa  va  qabilalaridan  bo‘lgan  va  menga  nisbatan 

xayrixohlik  qilgan  kishilarning  ulug‘lariga  hurmat  ko‘rsatdim,  qolganlarini  ham  o‘z  holiga  yarasha  siyladim. 

Yaxshilariga–yaxshilik qildim, yomonlarini esa o‘z yomonliklariga topshirdim. 

Kim  menga  do‘stlik  qilsa  qadrladim,  do‘stligini  unutmadim  va  unga  muruvvat,  ehson,  izzatu  ikrom  ko‘rsatdim. 

Kimki  mening  xizmatimni  qilsa,  uning  xizmati  haqqini  ado  etdim.  Kimki  menga  dushmanlik  qilsayu,  keyin 

pushaymon bo‘lib, iltijo bilan himoya istab, tiz cho‘kib huzurimga kelsa, dushmanligini unutib, muruvvat va do‘stlik 

ko‘rsatdim. Chunonchi, ulus amiri Sher Bahrom avval menga hamroh edi, boshimga ish tushganda meni tashlab ketdi 

va dushmanlarimga qo‘shilib, menga qarshi qilich ko‘tardi. Oxiri bergan tuzim haqqi tiz urib, yana iltijo qilib keldi. 

Asl  er-yigit  ekani  va  jang-jadal  bilan  suyagi  qotgan  mardlardan  bo‘lganligi  sababli  yomon  ishlarining  hammasidan 

ko‘z yumdim. Huzurimga kelgach, o‘zini hurmatlab, martabasini oshirdim. Uni mardu mardonaligi uchun kechirdim. 




Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling