Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/90
Sana14.11.2021
Hajmi0.82 Mb.
#174274
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   90
Bog'liq
Temur tuzuklar

Uchinchidan,  hech  kimdan  o‘ch  olish  payida  bo‘lmadim.  Tuzimni  totib,  menga  yomonlik  qilganlarni 

Parvardigori olamga topshirdim. Ish ko‘rgan, sinalgan, shijoatli er-yigitlarni qoshimda tutdim. Sofdil kishilar, 

sayyidlar,  olimlar  va  fozillarga  dargohim  doim  ochiq  edi.  Nafsi  yomon  himmatsizlarni,  ko‘ngli  buzuq 

qo‘rqokdarni majlisimdan quvib yubordim. 



To‘rtinchidan,  ochiq  yuzlilik,  rahm-shafqat  bilan  xalqni  o‘zimga  rom  qildim.  Adolat  bilan  ish  yuritib,  jabr-

zulmdan uzoqrokda bo‘lishga intildim. 

Shu  paytda  pirimdan

205


  xat  keldi.  Ular  bunday  yozibdilar: «Buyuk  zafarlar  sohibi  Amir  Temurga,  Olloh  uni 

hamisha  qo‘llasin,  ma’lum  bo‘lsinkim, (uning)  saltanati  korxonasi  Tangri  taolo  korxonasining  bir  (kichik) 

nusxasidurki,  unda  turli  mansabdagi  xodim  va  xizmatkorlar,  noiblar,  eshik  og‘alari  bordir,  ularning  har  biri 

martabasiga  yarasha  o‘z  yumushi  bilan  mashg‘uldir,  hech  biri  o‘z  martabasidan  chetga  chiqmaydi  va  doimo 

Ollohning  amriga  muntazir  turadi.  Shunday  ekan,  sen  hamisha  hushyor  va  ehtiyotkor  bo‘l,  toki  vazirlar, 

lashkarboshilar, amaldorlar, ish yurituvchilar, sipohsolorlardan hech biri o‘z martabasi chegarasidan chiqmasun va 

doimo sening hukmingni kutib turishsun. Har toifa va har qavmni o‘z martabalarida tutginki, (bu bilan) saltanating 

nizomga  kelib,  davlat  intizomga  kirgay.  Agar  har  narsani  va  har  kimni  o‘z  martabasida  saqlay  olmasang, 

saltanatingga bundan ko‘p xalalu ziyon yettay. Demak, har kimning qadr-qiymatini, tutgan mavqeini, har narsaning 

o‘lchovini belgilab olishing va shunga muvofiq ish yuritishing kerak. 

(Hazrati) Muhammad avlodidan bo‘lganlarning martabasini boshqalardan yuqori ko‘tarib, ularning izzat-hurmatini 

o‘rniga qo‘ygil. Ularga qancha ko‘p muhabbat bildirsang ham, uni isrof deb o‘ylama, chunki qaysi ish xudo yo‘lida 

bo‘lsa, unda isrof yo‘kdir. O‘n ikki toifa bilan davlatingga ziynat berib, shular bilan saltanat qurgil. Vassalom». 

Pirimning  ushbu  maktubi  menga yetgach,  unda  buyurilgan  har  bir  narsani  bajo  keltirdim.  Saltanatim  ishlarini 

tartib-intizomga solib, saltanatim martabasiga to‘ra va tuzuk bilan zebu ziynat berdim. Saltanatimni o‘n ikki toifadagi 

kishilar bilan mustahkamladim. 

Saltanatim martabasi bo‘lmish to‘ra-tuzuklar va qonun-qoidalarni ham shu o‘n ikki toifaga bog‘lab tuzdim. Bu o‘n 

ikki toifani saltanatim falakining o‘n ikki burji va davlatim korxonasining o‘n ikki oyi deb hisobladim. 




Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling