O‘n birinchidan. Saltanat ishlarida, hukm yurgizishda podshoh o‘zini yagona bilib, hech kimni o‘ziga saltanat
sherigi qilmasin.
O‘n ikkinchidan. (Podshoh) majlis ahlidan ogoh va hushyor bo‘lsinkim, ular ko‘pincha ayb axtarib, gapni
tashqariga tashiydilar, podshohning so‘zidan, ishidan vazirlarga, amirlarga xabar berib turadilar. Masalan, shunga
o‘xshash bir voqea mening o‘zim bilan (ham) ro‘y bergandi. O‘zimning xos majlisimdagi bir qancha suhbatdoshlarim
vazirlar va amirlarimning josuslari bo‘lib chiqqandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |