Sakkizinchidan. Saltanat ishlarida, sipohu raiyatga bog‘liq masalalarda boshqalarning so‘z va fe’liga qarab ish
tutmasin. Vazirlar, amirlar biron kimsa haqida yaxshi-yomon so‘z aytar ekanlar, eshitsin.
Lekin amal qilishda butun haqiqat ayon bo‘lmaguncha shoshmay, mulohaza bilan ish tutsin.
To‘qqizinchidan. Podshoh haybati sipohu raiyat ko‘nglida shunday o‘rnashgan bo‘lishi kerakki, uning amr-
farmoniga hech kim qarshilik qilishga jur’at etolmasin; itoat va tobe’lik qilsin, isyon ko‘tarmasin.
O‘ninchidan. (Podshoh) nima qilsa, o‘z erkicha qilsin, nima desa o‘z so‘zida qat’iy tursin, chunki podshohlarning
hukm hurmatidan boshqa bahramandliklari yo‘kdir. Xazina, lashkar, raiyat, saltanat–bularning barisi uning hukmi
bilandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |