Tavsiyanoma rasulova Hanifa A’zamjon qizi


Download 23.63 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi23.63 Kb.
#1471543
Bog'liq
Tavsiyanoma




TAVSIYANOMA


Rasulova Hanifa A’zamjon qizi
Rasulova Hanifa A’zamjon kizi 1993-yil 19 mayda Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Nartibaland maxallasida tug‘ulgan.
Bolalikdanoq san’atga va huarmandchilikga qiziqib, san’atning moda va dizayn, hunarmandchilikning an’anaviy kashtachilik turi bilan shug‘ullanib keladi.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati “О‘zbekiston Liberal-demokratik partyasi” a’zosi.
О‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Koson tuman bо‘limi a’zosi.
1999-yil Koson tumanidagi 5-sonli umumiy о‘rta ta’lim maktabining 1-sinifga qabul qilinadi.
2008-yil Amir Temurning 672-yilligi munosabati bilan о‘tkazilgan “Temuriy malikalar” kо‘rik tanlovining g‘olibasi.
2008-yil о‘rta maktabni a’lo baholar bilan tugatadi.
2008-yil Koson Sanoat kasb-hunar kollejining “Tikuvchilik ishlab chiqarish” bо‘limiga о‘qishga qabul qilinadi.
2009-yil “Kelajak ovozi” kо‘rik-tanlovining tuman bosqichi g‘olibi, vilovat bosqichi ishtirokchisi.
2010-yil “Kamolot” YOIX tuman kengashi tomonidan о‘tkazilgan “Bejirim liboslar” namoyishi kо‘rik-tanlovining 1-о‘rin soxibasi.
2011-yil Koson Sanoat kasb-hunar kolleji tomonidan о‘tkazilgan “О‘zbegim qizlari” kо‘rik-tanlovining 1-о‘rin g‘olibasi.
2011-yil kollejni na’munali xulqi va a’lo baholari sabab Imtiyozli diplom bilan tamomlaydi.
2011-2012-yillarda “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotiga nomzod tuman bosqichi g‘olibi viloyat bosqichi ishtirokchisi.
2012-yil “Yosh tadbirkor-kelajakka poydevor” kо‘rik-tanlovining tuman va viloyat bosqichi ishtirokchisi.
2012-yil “Tashabbus-2012” kо‘rik tanlovining tuman bosqichi “Yilning eng yaxshi tadbirkori” 2-о‘rin g‘olibi.
2012-yil “Yosh tadbirkor yurtga madatkor” kо‘rik-tanlovining tuman va viloyat bosqichi faol ishtirokchisi.
2012-yil Qashqadaryo viloyat “Kamolot” YOIX tomonidan yosh tadbirkorlar mexnatini keng targ‘ib qilish maqsadida “Vatanim taraqqiyotiga mening hissam” kо‘rgazmasi faol ishtirokchisi.
2018-yil “Tashabbus-2018” kо‘rik-tanlovinig Koson tuman bosqichi “Yilning eng yaxshi hunarmandi” 1-о‘rin g‘olibi.
2018-yil “Tashabbus-2018” kо‘rik-tanlovi viloyat bosqichi faol ishtiroki uchun ”Tashakkurnoma” bilan taqdirlanadi.
2019-yil Kitob tumanida о‘tkazilgan “Xalqaro Kо‘pkari festivalida” о‘zining milliy liboslari va an’anaviy kashtachilik maxsulotlari bilan faol ishtirok etgan.
2019-yil Surxandaryo viloyatida о‘tkazilgan “Baxshichilik” festivalida о‘zining kо‘rgazmali ishlari bilan faol qatashgan.
2019-yil “YUNESKO”ning О‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etilgan “Qashqadaryo viloyati an’anaviy hunarmandchiligini saqlash va rivojlantirish, kulolchilik,kashtachilik,gilamdо‘zlik va tadbirkorlik bо‘yicha о‘quv amaliy seminar treningi”da qatnashib yaxshi natijalar kо‘satgani uchun “Sertifikat” bilan taqdirlangan.
2019-yil “Tashabbus-2019” kо‘rik-tanlovi Koson tuman bosqichi “Yilning eng yosh tadbirkori” yо‘nalishida 3-о‘rin g‘olibi.
2019-yil Shaxrisab shaxrida о‘tkazilgan”Kashkadarya investment forum”da faol ishtirok etgan.
2019-yil Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyatida о‘tkazilgan “Silk Road Craftsman-2019” xalqaro hunarmandchilik festivalida о‘zining hunarmandchilik ishlari bilan faol ishtirok etib kelgan.
2019-yil Koson tuman Xotin-qizlar qо‘mitasi tomonidan о‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi tadbirkor ayoli” va”Yilning eng yaxshi fermer ayoli”2019 kо‘rik-tanlovi g‘olibi.
2020-yil О‘zbekiston Liberal-demokratik partyasi Koson tuman kengashi tomonidan tashkil etilgan ”Ishbilarmon ayol-2020” kо‘rik-tanlovining tuman bosqichi 1-о‘rin soxibasi.
2020-yil О‘zLiDep Qashqadaryo viloyat kengashi tomonidan tashkil etilgan “Ishbilarmon ayol-2020” kо‘rik-tanlovining viloyat bosqichi 2-о‘rin sovridori.
2021-yil “EXCLUSIVE EDUCATION AND BUSINESS” nodavlat ta’lim muassasi tomonidan tashkil etilgan о‘quv kurslarini muvoffaqiyatli tomomlab Sertifikat bilan taqdirlangan.
2021-yil 29-30-may kunlari Buxoro shahrida o’tkazilgan XIX an’anaviy Ipak va ziravorlar festivalida faol ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlangan.
2021-yil 12-22-oktyabrgacha Farg’ona viloyatining Marg’ilon shahrida “An’anaviy hunarmadchilik, dizayn va tadbirkorlik bo’yicha” seminar treningda faol ishtirok etib tajriba almashib keldi.
Kо‘rik-tanlovlarda qatnashish bilan birga doimiy ravishda yaratgan liboslarida milliy va zamonaviylik uyg‘unligini ta’minlash ustida izlanib,tikish-bichish texnalogiyalarini о‘rganib,an’anaviy kashtachilikning noyob nusxalari usita ishlab bilim va kо‘nikmalarini oshirib bormoqda va xozirgi kunda Yakka Tartibdagi Tadbirkor hamda Hunarmand sifatida о‘z ish faoliyatini olib bormoqda.
Rasulova Hanifa o‘zining namunali xulqi va bilimga chanqoqligi, jamoat ishlarida ko‘rsatayotgan faolligi bilan o‘zi tanlagan hunarmandchilik yo‘nalishi bo‘yicha mamlakatimizning milliy hunarmandchiligi rivojiga ulkan hissasini qo‘shadi deb umid qilamiz.
Download 23.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling