Milliy hunarmadchilik va amaliy san’at fakulteti Texnalogik ta’lim yo’nalishi 01/21-guruh talabasi
Download 0.7 Mb.
|
Milliy hunarmadchilik va amaliy san’at fakulteti Texnalogik ta’lim
Milliy hunarmadchilik va amaliy san’at fakulteti Texnalogik ta’lim yo’nalishi 01/21-guruh talabasiOtaqo’ziyeva xumaraxonning oziq-ovqat tavarashhunosligi fanidan tayyorlagan slaydiMavzu;Sabzavotlardan tayorlanadigon taom turlari va tayyorlash jarayoni. Reja;
Pishirilgan sabzavotlardan tayyorlangan taom va garnirlar.Issiq taom yoki garnir tayyorlash uchun sabzavotlar bug‘ yoki suvda kartoshka,sabzi tozalanib, qizilcha po‘sti bilan, jo‘xori so‘tasi bilan bargi olinmagan holda,ko‘k loviya o‘z po‘chog‘i va qo‘zoqchalarida, ko‘k no‘xat o‘z po‘chog‘i bilan,quritilgan sabzavotlar avval bo‘ktirilgan holda pishiriladi. Sabzavotlar qaynab turgan suyuqlikka solinib yoki ustidan qaynoq suyuqlik quyilib (sabzavot turiga qarab), tuz qo‘shib (1 litr suvga 10 gramm miqdorida tuz solinadi), idish qopqog‘i yopilgan holda qaynatib pishiriladi
Sabzavot yuzidagi suyuqlik 1-2 santimetrdan oshmasligi kerak, chunki mo‘ljaldan ko‘p suyuqlikda sabzavotlarning ozuqalik qimmati ko‘plab yo‘qoladi. Pishishini tezlashtirish va 47 ta‘mini o‘zgartirmaslik uchun qizilcha, sabzi, ko‘k no‘xat tuz qo‘shmay pishiriladi. Ko‘k no‘xat, loviya, ismaloq bargi, sarsabil, artishok miqdori ko‘p qaynab turgan suvda (1 kg sabzavotga 3-4 litr suv solinadi) qopqog‘i ochiq holda pishirilishi kerak. Shu usulda pishirilgan sabzavotning rangi ko‘proq saqlanib qoladi.Tezmuzlatilgan sabzavotlar muzdan tushirilmay, qaynab turgan suvga solib pishiriladi.Konservalangan sabzavotlar o‘zidagi suyuqlik bilan isitiladi va suyuqligi to‘kib olinib, suyuq osh, sardaklar uchun ishlatiladi.
Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling