Milliy hunarmadchilik va amaliy san’at fakulteti Texnalogik ta’lim yo’nalishi 01/21-guruh talabasi
Download 0.7 Mb.
|
Milliy hunarmadchilik va amaliy san’at fakulteti Texnalogik ta’lim
Bundan tashqari, pishirilgan kartoshkani piyozli qizil, tomat, smetana, piyozli smetana, qo‘ziqorin sardaklari bilan tarqatish mumkin. 48 Kartoshka pyuresi. Kartoshka pyuresini tayyorlashda tarkibida kraxmali ko‘p bo‘lgan kartoshka navlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Bir xildagi tozalangan kartoshka pishiriladi, suyuqligi to‘kiladi, qopqog‘i yopib quritiladi, issiq holida mashina yordamida eziladi. 80°C li sharoitda issiq kartoshka tarkibidagi kraxmal kleysteri elastik bo‘lib, ezilganda o‘z holatini saqlab qoladi. Sovib qolgan kartoshka to‘qimasi dag‘al bo‘lib, ezganda tarkibidagi kraxmal donachalari yorilib, ajralib chiqadi. Shu sababli kartoshka pyuresi cho‘ziluvchan, yopishqoq bo‘lib, ko‘rinishi va mazasi yomonlashad
Ezilgan kartoshkaga eritib qizdirilgan sariyog‘ yoki margarin solinib, issiq sut qo‘shilgan holda ko‘pirarli darajada aralashtiriladi. Tarqatishda kartoshka pyuresi likobchaga solinib, sariyog‘ quyib, ko‘kat sepib beriladi. Kartoshka pyuresini yana qovurilgan piyoz, pishirib mayda chopilgan tuxum solingan holda yoki sariyog‘ aralashtirib berish ham mumkin. Ko‘p hollarda kartoshka pyuresi go‘sht, baliq taomlariga garnir sifatida qo‘shib beriladi.1 kg kartoshka pyuresi uchun: 855 g tozalangan kartoshka, 35 g sariyog‘, 150 g sut ishlatiladi.Sutda pishirilgan kartoshka. Kartoshkaning sutda pishishi qiyin. Shu sababli avval suvda yarim tayyor holgacha pishiriladi. Po‘chog‘i tozalangan kartoshka o‘rtacha kubik shaklida to‘g‘raladi, ustidan qaynab turgan tuzli suv quyib 10 minut qaynatiladi, suyuqligi to‘kilib, ustidan qaynab turgan sut solinadi,namagi me‘yoriga keltirilib, tayyor holga kelguncha qaynatiladi. Kartoshkaga sovuq jazlangan un (un bilan sariyog‘ aralashmasi) solib, sekin aralashtirilgan holda qaynatiladi. Alohida taom yoki taomlarga garnir sifatida beriladi. Tarqatishda likobchaga solib, ustidan sariyog‘ quyib, ko‘kat sepib dasturxonga tortiladi
Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling