Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Temur tuzuklar
IKKINCHI KITOB
M amlakatlarni fath etguvchi baxtli farzandlarim va jahonni idora etguvchi qudratli nabiralarimga ma’lum bo‘lsinkim, Tangri taolo dargohidan umidim shulki, ko‘plab farzandlarim, avlodu zurriyotim saltanat taxtiga o‘tirib, mamlakatlarni idora etgay. Shuning uchun saltanat qurish, davlat tutish bobida o‘zim qo‘llagan ishlarni bir necha Tuzukka
169 bog‘ladim va saltanatni boshqarish haqida qo‘llanma yozib qoldirdim, toki farzandlarim, avlodim va zurriyotimdan bo‘lganlarning har biri unga muvofiq ish yuritsin. Mehnatu mashaqqatlar, ko‘p harbiy yurishlar, urush- taloshlar bilan, Tangrining inoyatiyu hazrati Muhammadning, unga Tangrining marhamatlari va salomlari bo‘lsin, tole’i baland xalqining sharofati, onhazratning ulug‘vor avlodi, qimmatli sahobalariga beg‘araz muhabbatim, do‘stligim orqali qo‘lga kiritgan davlat va saltanatni sakdagaylar. Bu tuzuklardan saltanat ishlarini boshqarishda qo‘llanma sifatida foydalangaylar, toki mendan ularga yetadigan davlat va saltanat zararu tanazzuldan omon bo‘lgay. Endi mening nomdor baxtiyor farzandlarim va mamlakatlarni zabt etguvchi iqtidorli nabiralarimga yo‘l-yo‘rig‘im shulki, men o‘n ikki narsani o‘zimga shior qilib olib, saltanat martabasiga erishdim. Shu o‘n ikki tuzuk yordamida mamlakatni qo‘limda tutib, saltanatimni boshqardim va saltanat taxtiga zebu ziynat berdim. Ular ham ushbu tuzukka amal qilsinlar. Mening va o‘zlarining davlatu saltanatlarini ehtiyot qilsinlar. Tuzuklar jumlasidan o‘z davlatim va saltanatimga bog‘lagan birinchi tuzukim shulkim, Tangri taoloning dini va Muhammad mustafoning shariatiga dunyoda rivoj berdim. har yerda va har vaqt islom dinini qo‘llab-quvvatladim. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling