Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/90
Sana14.11.2021
Hajmi0.82 Mb.
#174274
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   90
Bog'liq
Temur tuzuklar

To‘rtinchi (tuzukim)–davlatim ishlarini to‘ra va tuzukka asoslangan holda boshqardim. To‘ra va tuzukka tayanib, 

saltanatda o‘z martaba va maqomimni mustahkam sakdab turdim. Amirlar, vazirlar, sipoh, raiyat, har biri o‘z lavozim 

va martabasidan mamnun holda xizmatimda bo‘lib, undan ortig‘iga da’vogarlik qila olmadi. 

Beshinchi  (tuzukim)–amirlarim  va  askarlarimni  martabayu  unvonlar,  oltin-kumush  bilan  xushnud  etdim. 

Bazmlarda  ularga  (munosib)  o‘rin  berdim,  shuning  uchun  janglarda  jonlarini  fido  qildilar.  Dirham  va  dinorlarni 

ulardan  ayamadim.  Ularning  yumushlarini yengillashtirish  uchun  mehnatu  mashaqqatlarini  o‘zimga  yukladim  va 

ularni  tarbiyat  etdim.  Amirlar,  sipohsolorlar,  bahodirlar  bilan  ittifoq  bo‘lib,  ularning  mardligu  mardonavorligiga 

tayanib, shamshir zarbi bilan yigirma yetti podshohning taxtini egalladim. Eron, Turon, Rum, Mag‘rib, Shom, Misr, 

Iroqi  arab,  Iroqi  ajam,  Mozandaron,  Gilon,  Shirvon,  Ozar-bayjon,  Fors,  Xuroson,  Jeta  Dashti,  Dashti  qipchoq, 

Xorazm, Xo‘tan, Kobuliston, Boxtarzamin, Xindiston mamlakatlariga podshoh bo‘lib, hukm surdim. 

Saltanat  to‘nini  kiygach,  o‘z  to‘shagimda  rohatda  uxlash  huzur-halovatidan  voz  kechdim.  O‘n  ikki  yoshimdan 

jahongashtalik  qismatim  bo‘ldi,  ranju  mehnatlar  tortdim.  Har  xil  tadbirlar  qo‘lladim, (g‘anim)  favjlarini  sindirdim. 

Amirlar  va  askarlarning  isyonlarini  ko‘rdim,  ulardan  achchiq  so‘zlar  eshitdim.  Lekin  sabru  bardosh  bilan  o‘zimni 

eshitmagan, ko‘rmaganga solib, ularni tinchitdim. Qilich ko‘tarib jang maydoniga otildim va viloyatlar, mamlakatlarni 

bo‘ysundirib, dunyoda nom chiqardim. 




Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling