Milliy dinlar va ular haqida tushuncha
Download 95.04 Kb.
|
Milliy dinlar va ular haqida tushuncha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vedalar
- Veda xudolari.
- Quyosh xudolari.
- Yer xudolari.
Тalmud
Тavrot (“КЕТУБИМ”) Хristianlar va yahudiylar Bibliya so’zini turli tushunadilar. Yahudiylar uchun Ibriy Bibliyasi (Hebrew Bible) xristianlarning Qadimiy Ahdi (Old Testament). Yahudiylar Bibliya so’zi ostida ko’pincha o’zlarining Тanaxlarini (Tanakh) tushunadilar. Musoga tegishli bo’lgan besh kitob «Тavrot» deb ataladi va quyidagi kitoblarga bo’linadi: 1) «Borliq» yoki «Ibtido»; 2) «Chiqish»; 3) «Levit»; 4) «Sonlar»; 5) «Ikkinchi qonun». Yahudiylar falastindan Assuriya quvg’inlari paytida – mil. avv. VIII-VI asrlarda Eronga ko’chib kela boshlaganlar. Erondan O’rta Osiyoga esa taxminan mil. avv. V-III asrlarida ko’chib kelgan. Samarqand va Buxoroda yahudiylik diniga e’tiqod qiluvchi yahudiylar yashay boshlaganlar. Markaziy Osiyoda yashayotgan (hozirgi kunda kam qolgan) yahudiy dindorlari orasida asosan ortodoksal shakldagi iudizm mavjud va ular shartli ravishda etnik ko’rinishlar tartibiga muvofiqto’rt xil: yevropalik, buxoro, gruzin, tog’li yoki tat yahudiylariga bo’linadi. Mil. av. ikkinchi ming yillik o’rtalarida Hindistonning shimoli-g’arbiy qismiga, hozirgi Panjob hududiga g’arbdan Hindikush dovoni orqali o’zlarini oriylar deb atalgan jangari xalqlar bostirib kela boshladilar. Bu xalqlar Eronga ko’chib kelgan qo’shni qabila tillariga juda yaqin bo’lgan, hindyevropa tillaridan kelib chiqqan tilda gaplashar edilar. Harbiy jihatdan katta mahoratga ega bo’lishlari bilan birga she’riyatga ham usta edilar. Shu yo’l bilan ular bu mintaqada mavjud dunyoqarashni o’zlari xohlagan tarafga o’zgartira oldilar. Ular o’zlari bilan muqaddas yozuvlari – Vedalar (sanskr. – muqaddas bilim)ni ham olib kelgan edilar. Vedalar tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir necha kitoblar kirgan bo’lib, ular o’z ichiga ibodat, marosimlar, falsafiy ta’limotlar, tarixiy xabarlarni olgan edi. Vedalar to’rt yirik to’plamdan iborat. Veda xudolari. Vedalarda xudolar – osmon xudolari, quyosh xudolari, havo xudolari, yer xudolari, ayol xudolar kabi xudolar toifasi haqida madhiyalar bayon etilgan. Osmon xudolari. Ular sirasiga Dyaus, Varuna, Indra kabi turli osmonlarni boshqarib turuvchi xudolar kiradi. Biroq, Varuna keyinchalik suv va dengizlar xudosiga aylanib ketgan. Quyosh xudolari. Rigvedada quyosh energiyasining turlicha namoyon bo’lishidan besh xudo yuzaga kelganligi haqida so’z yuritilgan. Ularning eng qadimiysi Mitra («do’st») dir. Surya quyoshning yorqinroq namoyon bo’lgan ko’rinishidir. U yunonlardagi Apollon kabi yetti ot biriktirilgan g’ildirakli aravalarda tasvirlangan. Savitri esa quyoshning quvvat beruvchi kuchida namoyon bo’ladi. Pushan muruvvatli hisoblanib, quyoshning mahsuldorlik faoliyatni o’zida namoyon qiladi. Ularning yana biri Vishnu vedalarda zikr qilingan va keyinchalik unut bo’lib ketgan xudolar orasida abadiy hisoblangan, hozirgi paytda butun Hindistonda ulug’lanadi. Yer xudolari. Yer xudolarining eng ulug’i yerda quyoshning, havoda chaqmoqning, yer ustida olovning mujassamlashuvi hisoblangan olov xudosi Agnidir. Agni haqidagi afsonalar Hindistondan tashqarida vujudga kelgan. Download 95.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling