Milliy dinlаr. (Vedalar, brahmanlik, hinduiylik, jaynizm, sikxizm). Rejа


Download 126.05 Kb.
bet15/21
Sana05.01.2022
Hajmi126.05 Kb.
#233794
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Sintoizm (sinto - xudolar yo`li demakdir). Yaponiyada keng tarqalgan, an'anaviy milliy xarakterdagi dinlardan biri. Bu din ilk feodalizm davrida (VI-VII asrlar) rivojlangan va urug‘chilik, qabilachilikka xos animistik va shomonlik marosimlari yig‘indisidan iborat holda vujudga kelgan. Sintoizm ta'limotida Yaponiyada joriy etilgan ijtimoiy-siyosiy tartibning mustahkamligi va o`zgarmasligiga, quyosh tangrisi - Amaterasuning naslidan deb hisoblangan yapon imperatori - Mikado hokimiyatining ilohiyligiga ishonish, imperator ajdodlarini muqaddas deb tan olish, ajdodlar sharafiga tayinlangan oila-urug‘ marosimlarini bajarish kabilar asosiy o`rin egallaydi. Sintoizmning puxta ishlangan aqidalari yo`q. Diniy marosimlarni kannushlar deb ataladigan alohida koxinlar ijro etadi. Kannushlik vazifasi nasldan naslga o`tadi. Hozirgi vaqtda yaponlarning yarmidan ko`pi sintoizm bilan buddizmni teng ko`rib, har ikkalasiga e'tiqod qiladilar; hayotiy marosimlar - tug‘ilish, nikoh kabilar sintoizm ibodatxonalarida bajarilsa, dafn etish va marhumni xotirlash marosimlari buddaviylik ibodatxonalarida o`tkaziladi.

Sintoizm bilan buddaviylikning bir-biriga ta'siri kuchli. Sintoistlar buddaviylik dini uchun ibodatxonalar qurish bilan cheklanmadilar, balki o`rta asrlarga kelib sinto-budda qo`shma ibodatxonalari vujudga kela boshlagan. Sintoizmning o`ziga xos xususiyati o`zi targ‘ib qilgan xudoga sig‘inish, boshqa millat kishilarining bu dinga sig‘inishini man etishdan iborat. Sintoistlarning muqaddas kitobi bo`lmagan, ammo ibodatxonalarda yozilgan diniy afsonalar uchrab turadi. VIII asrga kelib og‘zaki diniy afsonalar asosida "Kodziki" (Qadimgi ishlar to`g‘risida yozuvlar) nomli diniy kitob paydo bo`ldi. Unda asosan imperatorlar sulolasining kelib chiqishi ilohiylashtirilgan. VIII-X asrlarda sig‘inish qoidalari ishlab chiqilgan va xudolar nomi ro`yxatga olingan edi.

Sintoiylik ta'limotiga ko`ra, Mikado (imperator) - osmon ruhlarining davomchisidir. Har bir yapon kishisi ikkinchi darajali ruhlar (kami)ning vorisidir. Yaponlar kamini ajdodlar va qahramonlarning ruhlari deb e'tiqod qiladilar. Xudojo`y yapon o`lgandan keyin o`zining ham o`sha kamilardan biri bo`lishiga ishonadi.

Sintoiylikda oliy iloh tushunchasi mavjud emas. U ajdodlar ruhi va tabiatga sig‘inishga o`rgatadi. Sintoiylikda umumiy hayotiy rioya qilinishi lozim bo`lgan qoidalardan boshqa diniy urf-odatlar yo`q. Unda bir umumiy ma'naviy qoida mavjud bo`lib, u ham bo`lsa “Umum qonunlariga rioya qilgan holda tabiat qoidalariga mos harakat qil”. Yaponlar tasavvurida ular yaxshilik va yomonlik tushunchalari tabiatan bilganlar. Sintoiylik haqidagi ma'lumotlar “Kodziki” (Qadimiy yozuvlar) va “Nixongi” (Yaponiya annallari) manbalarida uchraydi.

Yapon yozuvlarida ta'kidlanishiga qaraganda, olamda birinchi bo`lib tartibsizlik hukmronlik qilgan. Undan so`ng yer osmondan ajralib chiqqan hamda ayol va erkak jinsi paydo bo`lgan. Ayol jinsi timsolida ayol xudo Izdanami, erkak jinsi timsolida uning eri Izdanagi yuzaga keldi. Ulardan ayol jinsidagi quyosh xudosi Amaterasu, erkak jinsidagi oy xudosi Sukiyomi, shamol va suv xudosi Susanoo tug‘ildi. Amaterasu g‘alaba qilib osmonda qoldi, Susanoo esa erdagi Idzumo mamlakatiga quvildi. Susanooning o`g‘li Okuninusi Idzumo hokimi bo`ldi. Amaterasu bu holatga chidab tura olmay, Okuninusini hokimiyatni o`z nabirasi Ninigiga topshirishga majbur qildi. Ninigi osmondan tushib, Idzumo davlati rahbarligini qabul qildi. Unga hokimiyatning ramzi sifatida uch muqaddas narsa - ko`zgu (ilohiylik timsoli), qilich (qudrat timsoli) va yashma (sadoqat va fidoiylik timsoli) topshirildi. Ninigidan Dzimmutenno kelib chiqdi. Tinno unvoni “oliy hukmdor” ma'nosini anglatadi. Bu so`z boshqa tillarda imperator ma'nosini bildiradi. Dzimmutenno Mikado – yapon imperatorlari sulolasining birinchi namoyandasi, Yaponiyaning afsonaviy birinchi imperatori hisoblanadi. Ko`zgu, qilich, yashma o`sha qadim zamonlardan beri yapon imperatorlari xonadonining belgisi bo`lib qolgan.

Imperator mikado, u bir oiladan iborat millatning boshlig‘idir. hatto Yaponiyada 300 yildan ortiq hukmronlik qilgan syogunlar ham o`zlarini mikado namoyandalari deb ataganlar. Sintoiylik ta'limotida yoritilgan Mikado g‘oyasining boshqaruvchilik xususiyati hozirgi kunda kuchi anchagina zaiflashgan bo`lsada, yaponlar tasavvuridan o`chib ketmagan.



Download 126.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling