Milliy dinlаr. (Vedalar, brahmanlik, hinduiylik, jaynizm, sikxizm). Rejа


Download 126.05 Kb.
bet8/21
Sana05.01.2022
Hajmi126.05 Kb.
#233794
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Hinduiylik. Erаmizdаn аvvаlgi VI аsrdа Hindistondа keyinshаlik jаhon dinlаridаn birigа аylаngаn Buddаviylik vujudgа keldi. U brаxmаnlikdаgi bir neshа elementlаrni qаbul qilgаn bo`lsа-dа, kаstа tа’limotini inkor etdi. O`shа dаvrdа Hindistondаgi kаstа tuzumini sаqlаb qolishgа, brаxmаnlik dinini isloh qilib, qаytа tiklаshgа hаrаkаt boshlаndi. Bu hаrаkаt brаxmаnlik bilаn buddаviylik o`rtаsidаgi kurаshni ifodаlovshi hinduiylik edi. Hinduviylik - hozirgi Hindistonda tarqalgan din shaklidir. U eramizdan oldingi dinlar - braxmanizm va vedizmning evolyutsiyasi natijasida eramizning birinchi ming yilligi o`rtalariga kelib shakllangan. Shu davrdan boshlab hinduizm hukmron dinga aylangan. Shu davrdan boshlab hinduizm hukmron dinga aylangan.Hinduiylik ko`pxudolik dini bo`lib, undа brаxmаnlikning аsosаn ushtа xudosi tаn olinаdi; 1) koinotning yarаtuvshisi bo`lgаn Brаxmа; 2) dunyo nizomini ushlаb turuvshi Vishnu; 3) koinotni hаlok qilish qudrаtigа egа Shivа.

Hinduiylik tа’limotigа ko`rа olаm, hаyotning bаrshа shаklini Brаxmа yarаtgаn. Biroq Brаxmа bu dindа ush xudoning nomigаginа boshlig‘i. Hozir Brаxmаgа sig‘inish deyarli yo`q. Hinduiylаr аsosаn Vishnu vа Shivаgа sig‘inаdilаr, ulаrgа аtаb qurbonliklаr keltirаdilаr.

Hinduiylikdа jаnnаt vа do`zаx hаqidаgi tushunshаlаr hаm mаvjud. Ulаr mаrhumlаrni Gаng dаryosi sohillаridа kuydirib, kulini suvgа oqizаdilаr.

Bu din аsosаn Hindistondа tаrqаlgаn bo`lib, mаmlаkаt аholisining 83% shu dingа e’tiqod qilаdi. Hinduiylikning uni qаbul qilmoqshi bo`lgаnlаrgа qo`yadigаn birinshi vа аsosiy shаrti Hindistondаgi kаstа tuzumini qаbul qilishidir.

Hinduizm sinkretik din bo`lib, turli e’tiqodlar, urf-odat va marosimlar, mahalliy diniy e’tiqod va qarashlarning murakkab kompleksi sifatida voqe bo`lib, urug‘-qabila dinlari elementlarini, braxmanizm, buddizm va jaynizmning asosiy goyalarini qamrab olgan Hinduizm o`zining yagona tashkilotiga ega emas.

Hinduizm insonning tug‘ilganidan to vafot etishigacha bo`lgan huquq va vazifalarini belgilab va cheklab qo`yadi. Shuning uchun unda marosimchilikka keng o`rin berilgan. Hinduizm kishilarning ijtimoiy tengsizligini oqlaydi va abadiylashtiradi, ruhning o`lmasligi va ko`chib aylanib yurishi (sansara ta’limoti), qayta tug‘ilishi (karma ta’limoti), gunoh ishlar uchun javob berishi, jannat va do`zax kabi aqidalarni o`z ichiga oladi.

Hinduizm politeistik din bo`lib, undan ko`p xudolilik elementlari saqdangan. Dindorlar tasavvurida bosh xudo Braxman Koinotning ijodkori va yaratuvchisidir. Bundan tashqari hindlar Vishnu va Shiva xudolariga ham e’tiqod qiladilar. Hinduizm ta’limotida xudoning uch xil ko`rinishda tasavvur etilishi (trimurti) eng oliy, ilohiy, yakka xudoning uch xususiyati, deb talqin qilinadi.

Hinduizm ta’limotiga ko`ra olam paydo bo`lib, yemirilib, yo`q bo`lib turadi, ya’ni olamning yashashi progressiv emas, aksincha, regressiv xarakterga ega; har bir davr olamning yuksak rivojlangan cho`qqisidan boshlanib, uning inqirozga uchrashi bilan tugaydi, insonlar gunohga botib ketgach, olam yo`qoladi.

Hinduizm jamiyatning tabaqalarga bo`linishini aks ettiruvchi savob va jazo (karma) g‘oyasiga asosan, inson hayotida 4 ta asosiy maqsad bor, deb da’vo qilinadi: 1) dxarma - oila va jamiyatda diniy talablarni bajarish: 2) artxa - foydali ishlar qilish, zarur materiallarga ega bo`lish; 3) kama - muhabbat tuyg‘ulariga erishish, his-tuyg‘ularni qondirish; 4) moksha - o`zgarish zanjiridan butunlay xalos bo`lish.

Vishnuizm va shivaizm oqimlarining vakillari o`z xudolariga bag‘ishlab minglab katta-kichik ibodatxonalar qurganlar. Bu dinga e’tiqod qiluvchilar "muqaddas joylar", daryolar va boshqa har xil narsalarga sig‘inadilar. Hind xalqi orasida yovuz ruhlarga e’tiqod qilish keng tarqalgan. Ular turli hayvonlar - ho`kiz, sigir, maymun va ilon kabilarga ham sig‘inadilar, ularni muqaddaslashtiradilar. Masalan, hinduizm tarafdorlari sigirni sahiylik manbai va go`zal ayol timsoli deb hisoblaydilar. Ruhoniylar sigirlarni so`ymaslik va go`shtini yemaslikni targ‘ib qiladilar. Ammo hinduizm sigir sutini ichishni va undan xo`jalikda ish hayvoni sifatida foydalanishni taqiqlamaydi.

Hind xalqi uchun Gang daryosi muqaddas hisoblanadi. Hinduizm diniga e’tiqod qiluvchilar Banoras shahrini ham muqaddaslashtirishgan. Rivoyatlarga ko`ra, go`yo Gang daryosi qirgog‘ida kishi hayotdan ko`z yumsa, narigi dunyodagi hayoti ancha yengillashar, jannatga yo`l olar degan diniy fikr bor.

Diniy qorishma sifatida hinduizm oriylargacha bo`lgan dinlar, hind-skif jamoalarining ibtidoiy diniy tasavvurlarini va qadimgi braxmanlarning buddizm bilan aralashgan qadimiy urf-odatlarini o`zida mujassam qilgan.

Shunisi qiziqki, hinduizm o`zining asosi hisoblanadigan vedizm va braxmanizmdan tashqi ko`rinishda farqlanadi. Uida yangi braxmanizm dinlari, to`g‘rirog‘i, oqimlari mujassamdir. Ularning barchasini umumiy jihatlariga qarab bir guruhga jamlash mumkin: tushuncha va qonunlarning asl manbai bo`lgan vedalarning muqaddasligi; guru (pir, ustoz)ning tan olinishi; muqaddas joylarga ziyoratga borish; sanskritning muqaddas til ekanligi; va nihoyat, sigirning muqaldas ekanligi. Bu besh qoida yoki aqida umum tomonidan tam olingan bo`lsada, ko`p sonli e’tiqod qiluvchilar orasida o`ziga yarasha farq va o`ziga xoslik kasb etgan.

Hiiduizmda keyingi davrda vedalardan tashqari xalq ogzaki ijodi namuialari, jumladan, «Maxabxarata» ham muqaddas yozuvlar qatoriga qo`shilgan. Hinduizmda ham braxmanlar asosiy o`rinni egallaydi. Shuning uchun ham mazkur adabiyotlarning ko`pchiligi braxmanlar tomonidan yaratilgan. Ular eski aqidalarning zamon talabiga javob bermasligini ko`rib, yangi qonun-qoidalarga mos ravishda turli oqimlarni yuzaga keltirdilar. Hinduizmda trimurti (uchlik) - Braxma, Vishpu, Shiva xudolari asosiy xudolar sanalib, Braxma ularning eng (satgasi — dunyoni yaratgan xudo hisoblaiadi. Biroq ular asosan Vishnu va Shivagagina sig‘inadilar. Shunga binoan, Hinduizm ikki asosiy oqimga bo`linadi: Shivaga sig‘inuvchilar va Vishnuga sig‘inuvchilar.

Shiva oddiy xalq ommasi — kambag‘allarning ilohi hisoblanadi. U Rigvedaning birinchi nusxalarida Rudra nomi bilan zikr etilgan. Atxarvavedada Rudraning ro`li oshib boradi. Yajurvedada Rudra Agni timsolida berilgan. U Ishana, Ishvara, Maxadeva (buyuk xudo) nomlari bilan ham ataladi.

Hindistonda shivaizmning o`n uchga yaqin asosiy oqimlari mavjud. Shivachilar orasida asosiy oqim sifatida tridandinalar (uch tayoqlilar) va smartlar (smriti so`zidan – haqqoniy rivoyatlar)ni aytib o`tish mumkin. Tridandinalarning markazi Varanasi bo`lib, unda tarkidunyochilikda hayot kechiradilar. Smartlarning bir qismi rohiblikda, yana bir qismi – dunyoviylik holatida yashaydilar. Ushbu oqimlarning har ikkalasi ham faqat braxmanlarnigina o`z saflariga qabul qiladilar. Dandilar, ya’ni zohidlar oriylarga xos bo`lmagan ba’zi marosimlarni o`tkazadilar. Jumladan, shu oqimga kirayotgan paytda oyoqlarining pastki qismidan qon chiqaradilar. O`lganlarni yerga dafn qiladilar yoki muqaddas daryolardan biriga topshiradilar. Shivaizmning katta oqimlaridan yana biri lingachilar bo`lib, ular bo`yinlariga linga osib yuradilar. Kimdir uni oltin, kumush qutida olib yuradi. Ibodat vaqtida uni chap qo`llarida tutib turadilar. Lingachilar bir necha urug‘larga bo`linib, o`zaro qudachilik qilmaydilar.


Yoglar o`zlarini tarkidunyo qilgan odam sifatida turli ko`yga soladilar. Uzoq vaqt nafas olmay o`zlaridan ketadilar, bu vaqtda ular Shiva bilan yolg‘iz qoladilar; omma oldida havoga ko`tariladilar; yana gipnoz usulida o`rgatilgan echki yoki ilon yordamida sadaqa yig‘adilar.


Shivaizmning mayda oqimlari oriylarga tegishli bo`lmagan an’analar bilan sug‘orilgan. Deylik, Shaktra yoki Shakta oqimi hayvon yoki odamlarni qurbon qilishi bilan ajralib turadi. Hozir turli balo-ofatlar paytida qilinadigan bunday qurbonliklar yo`q bo`lib ketgan yoki maxfiy ravishda amalga oshiriladi. Xalq orasida Shivaning 1008 ta nomi bor.

Vishnu — hozirgi Hindiston panteonida birinchilik uchun kurashayotgan ikkinchi ilohdir. Rigvedada tabiatga jon ato etuvchi quyosh xudosi Vishnu birinchi darajali ilohdir. Unda Vishnu juda sahiy qilib tasvirlangan. Ibodat paytida uni Savitar, Roxita, Surya, Adita nomlari bilan ham ataydilar. U butun koinotni uch qadamda bosib o`tishi va havoda muallaq yura olishi hususiyati bilan tavsiflanadi. Yarim inson, yarim xudo shaklidagi qahramon Krishna Vishnuga qo`shilib ketgan, deb tasavvur qilinadi.

Maxabxarata va Ramayana dostonlarida avatara, ya’ni insonning Vishnuga qo`shilib ketishi haqida so`z yuritiladi. Vishnu gohida to`rt qo`lli qilib tasvirlanadi. Vishnuning ommaviy ibodat marosimlari ba’zan juda murakkablashib, uzoq vaqt davom etadi. U hech qachon inson yoki hayvonni qurbonlik qilishni talab qilmagan.

Krishna («qora») o`zining tabiiy kelib chiqishiga ko`ra juda murakkab obrazdir. U haqida olov, chaqmoq, momaqaldiroq, osmon, quyosh bilan bog‘liq afsonalar mavjud. Krishna jangovar, yengilmas qahramon sifatida ta’riflanadi. U urushda ham, sevgida ham yengilmas bahodir, ammo juda ayyor tabiatga ega. Krishnaga sig‘inuvchilar, asosan, Mattra shahri va unig atroflarida yashaydilar, shuningdek, u Bengaliya va Orissada ham katta shuhratga ega.

Vishnuizm bayramlari turli-tuman: ba’zilari umumiy, ba’zilari esa tabaqalarga ajratilgan holda o`tkaziladi. Ular asnosida duolar o`qib, ta’zim bajo keltiriladi, ommaviy diniy marosimlarda qatnashiladi, turli hadya va qurbonliklar ataladi, shuningdek, ibodatxona yaqinidagi yoki ichidagi muqaddas hovuzda cho`milish majburiydir. Bu marosimlar ba’zi paytda bir necha kunga ham cho`zilib ketadi. Ularda faqatgina ruhoniy rahbarligida hadyalar (pul, qimmatbaho buyum yoki qimmatli toshlar) xudolarga hamda ruhoniylarga ataladi. Qurbonliklar turli gullar, hushbo`yliklar, ovqatlardan, xudolar nomiga atab ozod qilinadigan yoki so`yiladigan hayvonlardan bo`ladi. Sig‘ir qadimdan hindlar e’tiqodida muqaddas hayvon hisoblangan. Shuning uchun uni qurbonlik qilish yoki boshqa maqsadlarda o`ldirish katta gunoh hisoblangan. Sigirning besh mahsuloti (sut, suzma-tvorog, sariyog‘, siydik va tezak)dan tayyorlangan pannagavyam hinduiylar e’tiqodida odamlarni va uylarni poklashda alohida kuchga ega. Sigir muqaddas hayvon hisoblanganligi uchun u xudolar bilan bir qatorda ehtirom qilinadi. U keyinchalik «tirik but»ga aylanib, Shivaning ma’budlik o`rnini to`ldirdi.

Vishnuizmda ham o`zining muqaddas hayvoni bor. U maymundir. Rigvedada Vrishakani (erkak maymun) timsolida Xanumanning ajdodini ko`rish mumkin, degan rivoyat keltiriladi. Shuning uchun maymun Ram («Ramayana» dostonidagi odam-xudo)ning ittifoqchisi maymun-xudo Xanumanning vakili sifatida ulug‘lanadi.

Bundan tashqari, ilon, sher, fil, ba’zi qushlar ham ilohiylashtiriladi. Umuman olganda, hinduizmda deyarli har bir Hindiston hayvoni xudo yoki xudoning hamrohi deb e’tiqod qilinadi.

Hiqduizmda bayramlar ma’lum bir oqimga tegishli bo`lsa-da, ular ommaviy tarzda nishonlanadi. Masalan, Krishna (avgust) va Shivaning (fevral) tug‘ilgan kunini nishonlashda shivachilar ham, vishnuchilar ham, garchi bayramga har bir oqim o`zicha ma’no bersa-da, teng ishtirok etadilar. Qadim zamonlardan ulug‘ bayramlar qatorida mu-qaddas joylarni ziyorat qilish Hindiston diniy hayotida muhim ahamiyat kasb etgan. Vedalarda faqatgina ayrim joylarni ziyorat qilishga ruxsat etilgan bo`lsa, Maxabxaratada Hindistonning shimolida joylashgan bir necha muqaddas ziyoratgohlar aniq ko`rsatib o`tilgan.

Hinduizmning xarakterli xususiyatlari, yuqorida qayd qilinganidek, jamiyatdagi kishilarni tabaqalarga – kastalarga ajratishdir. Hozirgi paytda kishilarni tabaqalarga bo`lish taqiqlangan. Ammo, tabaqalarga bo`linish minglab yillar davom etganligi va kishilarning ongiga chuqur singib ketganligi uchun bu masalada muayyan qiyinchiliklar yuz bermoqda. Hinduizmning "muqaddas" yozuvlariga Veda, Upanishadlar kiradi. Keyinchalik "Maxabxarata" va "Ramayana" dostoniga o`xshash diniy marosimlar va urf-odatlar singdirilgan har xil afsona, rivoyat, hikmatli so`zlar, epik dostonlar paydo bo`la boshladi.

XIX asrning boshlarida hinduizm milliy-ozodlik harakati g‘oyalariga katta ijobiy ta’sir ko`rsatdi. Shu bilan hinduizmda shovinistik diniy e’tiqodlarni targ‘ib qilgan bir qator o`ng va so`l oqimlar ham paydo bo`lgan.

Hozirgi vaqtda hinduizm Hindistondan tashqari Nepal, Shri Lanka, Bangladesh, Gavana va hindlar yashaydigan boshqa hududlarda tarqalgan.

Jaynizm - dinning asoschisi sifatida e’tiqod qilinadigan yarim afsonaviy payg‘ambar - Jinna nomi bilan atalgan bo`lib, eramizdan oldingi VI asrda paydo bo`lgan.

Jaynizm (sanskritcha “jina” - “muzaffar” so`zidan olingan). Jaynizmning kelib chiqishi haqida ko`plab afsonaviy rivoyatlar mavjud. Rigveda kitobida jaynizmning ikki tirtxakarlari (yo`l tuzuvchi, ruhlarni ozod qiluvchi) Rishabxa va Arishtanem haqidagi rivoyat keltirilgan. Ulardan birinchisi – Rishabxa jaynizm ta'limotining asoschisi hisoblanadi. Bu rivoyatlarda Rishabxa shaxsida ilohiyot Naroyana, ya'ni Vishnu mujassam bo`lgan. Bu ma'lumotlar jaynizmning veda dinlaridan ham qadimiyroq ekanligini ko`rsatadi.


Jaynizm dini vakillarining e’tiqod qilishicha, bu ta’limotga 24 tirtxakar (payg‘ambar yoki avliyo) asos solgan. Ularning barchasi kshatriylar xonadonidan bo`lgan. Ushbu tirtxakarlarning 22 tasi haqida ma’lumot deyarli yo`q, 23-si – Vardxamana Maxaviradan 250 avval yashagan Parshvanadxa – Banoras podshohi Ashvasanning o`g‘li bo`lgan. Biroq rohiblik yo`lini ixtiyor etib, otasining saroyini tark etgan. U o`zidan keyin juda ham chiroyli nizomga solingan diniy ko`rsatmalar qoldirgan. Vardxamananing ota-onasi, oila a’zolari Parshvanadxaning dinida bo`lganlar. Vardxamanada yoshligidan jaynizm ta’limotiga kuchli qiziqish paydo bo`lgan. Shunday qilib, Vardxamananing o`zi jaynizmning navbatdagi va so`nggi tirtxakari bo`lib etishgan.

Vardxamana mil. av. VI asrda (599 y.) Hindistonning Bixar shtatida boy kshatriy oilasida tug‘ildi. Otasi Siddxardxa Jnatrik qishlog‘ining kshatriylar sulolasi boshlig‘i edi. Onasi Trisala Lichchxavi sulolasidan bo`lgan mashhur podshoh Vayshali hukmdori CHetakining singlisi edi. Magadxi podshohi Bimbisara Chetakining qizi Chillanaga uylangach, Vardxamana qudratli Magatxi sulolasi bilan qarindosh bo`ldi. Buning natijasida uning oldida oliy darajada ta’lim olish, ilm va san’atning barcha sohalari bilan tanishish imkoni paydo bo`ldi.

Vardxamana o`ttiz yoshigacha oddiy dunyoviy kishilardek hayot kechirgan. Keyin esa barcha mulkidan voz kechib, ko`p yillar sayohat qilgan. Doimiy o`y-fikrga cho`mib, o`zini ichki iztiroblar domiga tashlagan. 13 yildan keyin Parshvanadxa tepaligida go`yoki, «botiniy» bilimga ega bo`ladi. Bu eng oliy bilim bo`lib, Vardxamanani 42 yoshida shodlik va qayg‘ulardan butkul ozod qilgan va uni yuqori darajadagi diniy ustozlarga beriladigan Jina nomi bilan mashhur qildi. Keyinchalik unga Maxavira («ulug‘ qahramon») unvoni berildi. Maxavira o`zining ko`p yillik sayohatlari davomida ko`plab insonlarni o`ziga ergashtirdi. Uning shogirdlari nigrantxa («kishandan ozod qilinganlar») deb atala boshlandi. Vardxamana Maxavira rohiblar, oddiy erkak va ayol insonlar barobar e’tiqod qila oladigan diniy ta’limotga asos soldi. Maxavira mil. av. 527 yili 73 yoshida vafot etdi. Jaynizm adabiyotida keltirilishicha, u nirvana – so`nggi ozodlik holatiga erishgan.

Ta’limoti. Jaynizm ta’limotining asosiy g‘oyasi deyarli barcha hind dinlari uchun umumiy bo`lgan karmalar va nirvana haqidagi ta’limot hisoblanadi. Nirvanaga erishgan inson qayta tug‘ilishdan ozod bo`ladi. Bunga esa faqat tarkidunyo qilganlargina erishishi mumkin, xolos. Shuning uchun ham ushbu ta’limotda tarkidunyochilikka alohida e’tibor beriladi. Inson dunyoda o`zining barcha ehtiroslaridan voz kechgach, o`z nafsini tiyishi, o`z-o`zini engishi – yangi karma hosil bo`lishiga yo`l qo`ymaydi. Natijada karmaning kuchi emirilib, uning ruhi kishanlardan ozod bo`ladi. Kishining karmasi qanchalar zaiflashsa, uning ichki dunyosi shuncha boyib boradi. Bu jarayon ruhning to`la ozod bo`lgunigacha davom etadi. Va, nihoyat, ruhning butunlay ozod bo`lishi – nirvana holati yuz beradi.

Dunyoviy kishidan ham, tarkidunyo qilgan rohibdan ham ma’lum axloqiy qoidalarni bajarish talab qilinadi. Chunki hayotning maqsadi ruhni yomon karmadan saqlash, yangi karmaning yuzaga kelishiga yo`l qo`ymaslik, borini ham asta-sekin yo`q qilib yuborishdan iborat. Buning uchun dunyoviy odam besh narsaga amal qilishi kerak: birinchisi – zarar etkazmaslik (axinsa), ikkinchisi – rost so`zlash (satya), uchinchisi – o`g‘irlik qilmaslik (asteya), to`rtinchisi – zino qilmaslik (braxmacharya), beshinchisi – ta’magirlik qilmaslik (aparigraxa). Mana shular insonning axloqiy mezonini tashkil qiladi. Bundan tashqari, u yana ikki asos – chin e’tiqod va to`g‘ri bilim tamoyillariga ham amal qilishi lozim. Ularning birinchisi jaynizm diniga e’tiqod qilishni bildirsa, ikkinchisi – ruhning abadiy ozodligi va hayotning har bir jismda mavjudligini bilishdir. Rohiblar uchun bir muncha murakkab qoidalar ishlab chiqilgan.

Jaynizm ta’limoti borliqning ilohiyat tomonidan yaratilgani va uning borliq ustidan nazorat qilib turishini tan olmaydi. Unga ko`ra, ruh – abadiy mavjudot, olam esa azaliydir. Ruh moddiy tanani engib o`tib, abadiy hayotga etishi mumkin. Maxaviraning fikricha, dunyodagi har bir jism, uning jonli yoki jonsiz bo`lishidan qat’i nazar, qandaydir darajadagi anglash xususiyati bilan yaratilgan. Shuning uchun jaynizmda axinsa – zarar yetkazmaslik qoidasiga ko`proq e’tibor beriladi, ya’ni jonli yoki jonsiz narsalarga ozor etkazmaslik talab qilinadi.

Maxavira vedalarning ulug‘ligini inkor etdi va veda urf-odatlariga braxmanlarning hukmronligiga qarshi chiqdi. U insonni ma’naviy yuksaklikka olib boruvchi hayot qonunlarini, ashaddiy rohiblikni, ruhni ozodlikka olib chiquvchi deb hisoblangan nafsni tiyish fazilatini keng targ‘ib etdi.

Maxavira jaynistlarning diniy tashkilotiga asos soldi. Uning ashaddiy rohiblik tamoyillari va sodda bayon qilingan ta’limoti ko`pchilikni o`ziga jalb qildi. Uning ganadxara («maktab boshliqlari») nomi bilan mashhur bo`lgan 11 shogirdi bo`lib, ular Maxaviraning vafotidan keyin uning ta’limotini davom ettirganlar.

Jaynizmning asosiy qoida-tamoyillarini o`z ichiga olgan 45 ta asar mavjud bo`lib, ular Maxavira tomonidan bitilgan. Biroq, mil. av. III asr atrofida og‘zaki matnlarni kitob holatiga keltirish maqsadida qilingan harakatlar oqibatida jaynizm ikki oqim – shvetambarlar yoki svetambarlar («oq kiyim kiyganlar») va digambarlar («moviy kiyim kiyganlar»)ga bo`linib ketgan. Digambarlar jaynizmning asl holatini saqlab qolishga ko`proq ahamiyat berganlar. Ular Rishabxaning qadimiy qonunini yo`qolgan deb hisoblab, shvetambarlardagi matnlarni haqiqiy emas deb e’lon qildilar. Jaynizmning ikki oqimga bo`linishi har ikki oqimning o`ziga xos urf-odatlari, kiyinishi va boshqa hayotiy qirralarning shakllanishiga sabab bo`ldi. Vaholanki, ular asosiy diniy qoidalarda o`zaro farqlanmaydilar.

Hozirgi kunda dunyoda bir yarim milliondan ortiq jaynistlar mavjud. Ular, asosan, Hindistonning Rajputan, G‘ujarot va bir qator janubiy mintaqalari, Madxya, Bxarat shtatlarida istiqomat qiladilar.


Sikxizm - (sikx – shogird demakdir) XV asrning oxiri va XVI asrning boshlarida Shimoliy-G‘arbiy Hindistonda hinduizmga qarshi yo`nalish sifatida paydo bo`lgan. Bu dinga Panjobda guru (ustoz) Nanak (1469-1539) tomonidan asos solingan. Uning ta’limotiga ergashganlar o`z-o`zini sikxlar shogirdlari deb ataganlar. “Sikxizm” atamasi ham shu so`zdan olingan. U mayda hunarmand va savdogarlarning feodal zulm va jamiyatning tabaqalanishiga qarshiligini o`zida aks ettirgan.

XVI asrga kelib sikxlar jamoasiga dehqonlar ham qo`shila boshlaganlar va bu antifeodal harakatni quvvatlaganlar. Sikxizm monoteistik din hisoblanib, jamoa bo`lib birgalikda ibodat qilishni inkor etadi, ruhoniylikni tan olmaydi. Moddiy olamdagi barcha hodisalar sikxizm ta’limoticha yagona xudo - oliy kuchning ijodi, insonlar esa xudo oldida teng deb hisoblanadi. Bu din ta’limoti "Grantx Sohib" (Janob kitob) nomli kitobda izohlangan. Sikxizmda diniy rahnamo –– guruga to`la bo`ysunishga qattiq rioya qilinadi. Sikxizm hinduizm va musulmon sufizmiga xos bo`lgan qator g‘oyalarni ham o`z ichiga olgan. Sikxizm ta’limotiga ko`ra, iloh Yaratuvchi, Saqlovchi, Vayron qiluvchi sifatlarni o`zida mujassam etgan. U yaratgan dunyo esa o`zgaruvchan va foniydir. Sikxizm ta’limoti bo`yicha Xudoga ibodat qilish dunyoviy hayotdan uzilishni, rohiblik yo`lini tutishni anglatmaydi, aksincha, oilaviy hayot, ijtimoiy mehnat qilishni anglatadi. Sikxizm ta’limotiga to`la amal qilish pirovard natijada tug‘ilishlar zanjirini uzilishiga va insonni Xudo bilan birlashib ketishiga yo`l ochadi.

Nanakning vafotidan keyin uning ta'limotini 9 ta guru rivojlantirgan. Xususan, to`qqizinchi guru Govind Singx (1675-1708) bu ishda muhim rol o`ynagan. Ular yagona ta'limotni targ‘ib qilgan yagona guruni 10 qiyofada namoyon bo`ladi deb hisoblaganlar.

Sikxizm talqinida hinduizmdagi Braxma, Vishnu, Shiva va islomdagi Alloh bir ilohiyotda mujassam bo`ladi. U nirgun (“sifatlardan xoli”) va sagun (“sifatlar egasi”) deb talqin qilinadi. Uning asosiy holati nirgun bo`lib, bu holat har qanday sifatlardan xolidir. Biroq inson uni qandaydir sifatlar orqali tanishi uchun u o`z xohishi bilan sagun holatiga o`tadi. Sikxizm ta'limotiga ko`ra, ilohiyot – Yaratuvchi, Saqlovchi, Vayron qiluvchi (Braxma, Vishnu, Shivalardek) sifatlarni o`zida mujassam qiladi. U qudratli va hukmdordir. Uning tomonidan yaratilgan dunyo esa o`zgaruvchan va foniydir. Ilohiyot esa – abadiy. U azalda ham, hozirda ham, kelajakda ham mustaqil ravishda mavjuddir. Azaliylik, vaqtdan tashqarida bo`lish, tug‘ilmaganlik, o`lmaslik kabi unga berilgan sifatlar uning mohiyatini anglatadi. Xudoga bo`lgan muhabbat, ishonch, sadoqat yo`lini tutgan har bir inson Unga yetishishi va U bilan birlashib ketishi mumkin.

Keyingi yillarda sikxizmda hinduiylik odatlarini o`zlashtirib olgan din vakillari bilan sof sikxlar orasida bo`linish kuzatilmoqda. Birinchi guruh namoyandalari tomonidan eng muqaddas joylarning ishg‘ol etilishi 1926 yili Panjob siyosiy maydonida “Aqoliy Dal” harakatining yuzaga kelishiga sabab bo`ldi. Diniy tamoyillar asosida tuzilgan bu harakat namoyandalari musulmonlar, hinduiylar va sikxlarning siyosiy tengligini talab qilib chiqdilar. 1947 yili Hindistonning ikkiga bo`linishi natijasida musulmonlar Panjobning Pokistonga tegishli qismiga, hinduiylar va sikxiylar esa Panjobning Hindistonga tegishli qismiga ko`chib o`tganlaridan keyin bu harakatning ta'siri kuchaydi.

XX asrning 50-60-yillarida bu harakat yagona irq va til masalasidan kelib chiqib, Panjob shtati tuzilishini talab qildi. Natijada 1966 yili shunday shtat tashkil etildi. Hozirgi kunda bu shtatda Hindiston sikxiylarining 80 % istiqomat qiladi.




Download 126.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling