Milliy dinlаr. (Vedalar, brahmanlik, hinduiylik, jaynizm, sikxizm). Rejа


Hozirgacha sin toiylik ibodatxonalarida imperator oilasiga atab turli marosimlar o`tkazilib turadi


Download 126.05 Kb.
bet16/21
Sana05.01.2022
Hajmi126.05 Kb.
#233794
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Hozirgacha sin toiylik ibodatxonalarida imperator oilasiga atab turli marosimlar o`tkazilib turadi.

Sintoiylik yaponlarga mavjudot olami, tabiat o`zaro munosabatga o`ziga qarashni singdirgan. Bu qarashlar besh tamoyilda namoyon bo`ladi.

Birinchi tamoyilning ta'kidlashicha, butun borliq dunyoning o`z-o`zicha rivojlanishi natijasidir. Dunyo o`z-o`zicha vujudga kelgan bo`lib, u yaxshi va mukammaldir. Sintoiylik ta'limotiga ko`ra, olamni boshqaruvchi kuch olamning o`zida mujassamdir.

Ikkinchi tamoyil hayot kuchini ta'kidlaydi. Hayotdagi har bir tabiiy holat hurmat qilinadi. Faqatgina “nopok” bo`lgan narsagina hurmat qilinmaydi. Biroq har qanday “nopok”lik tozalanishi mumkin. Shuning uchun sintoiylik marosimlari insonda moslashishga moyillik uyg‘otishga qaratilgan. Shu bois, yaponlar tozalab, isloh qilingan va yapon urf-odatlariga moslashtirilgan har qanday zamonaviylashuvni qabul qiladilar.

Uchinchi tamoyil tabiat bilan tarixni yagona deb tushuntiradi. Sintoiylik ta'limoti dunyoni jonli va jonsizga ajratmaydi. Unga e'tiqod qiluvchilar nazdida dunyodagi hayvonlar, o`simliklar, jismlar, umuman, tabiatdagi barcha narsalar tirikdir va inson vujudida kami xudolari yashaydilar. Sintoiylikga ko`ra kami dunyosi odamlar dunyosidan alohida dunyo emas, balki u odamlar bilan birikib ketgan. Shuning uchun inson najotni qandaydir boshqa dunyodan emas, najotga kundalik hayotda kami bilan birlashib ketish natijasida erishiladi.


Download 126.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling