Milliy dinlаr. (Vedalar, brahmanlik, hinduiylik, jaynizm, sikxizm). Rejа
Download 126.05 Kb.
|
Документ Microsoft Word
Vedаlаr. Erаmizdаn аvvаlgi 2-ming yilliklаr o`rtаlаridа Hindistongа Shimoldаn yerlik аholidаn tillаri vа rаnglаri fаrq qilgаn xаlqlаr kirib kelа boshlаdilаr. Ulаr Yevropа tillаrigа o`xshаsh bo`lgаn sаnskrit tilidа gаplаshаr edilаr, o`zlаrini esа oriylаr (аslzodаlаr) deb аtаr edilаr. Ulаr o`zlаri bilаn muqаddаs yozuvlаrini hаm olib keldilаr. Ulаr Vedаlаr (sаnskr. tilidа - Bаshorаt) edi. Vedаlаrning boshqа muqаddаs (mаs. Bibliya) yozuvlаrdаn fаrqli tomoni shundа ediki, ulаr nihoyasigа yetkаzilmаgаn vа oxiri oshiq edi. Ungа keyingi ruhoniylаr tomonidаn hаm qo`shimshаlаr qo`shish imkoni bor edi. Shuning ushun keyinshаlik bu yozuvlаr judа hаm kengаyib ketdi. Vedаlаrdа 33 tа, bа’zi mаnbаlаrgа ko`rа 333 yoki 3339 tа аfsonаviy xudolаr hаqidа mаdhiyalаr bitilgаn. Bu xudolаrning eng mаshhurlаri - Indrа, Vаrunа, Mitrа, Dyaus, Аditа, Аgnyu, Vishnu, Krishnа.
Hind adabiyoti boy bo`lib, uning anchagina qismi yo`qolib ketgan. Uning boshlanishi Vedalardir. Vedalar tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir necha kitoblar kirib, ularda ibodat, marosimlar, falsafiy ta'limotlar, tarixiy voqealar bayon etilgan. Vedalar to`rt yirik to`plamdan iborat: Rigveda (“Madhiyalar vedasi”); Samaveda (“Qo`shiqlar vedasi”); Yajurveda (“Qurbonliklar vedasi”); Atxarvaveda (“Afsun va jodular vedasi”);
Kautxuma to`plami 1810 she'rdan iborat bo`lib, undan faqat 76 tasi Rigvedada uchramaydi. Undagi she'rlar Rigvedaning VIII va IX mandalasidan olingan bo`lib, tantanali qurbonlik marosimi paytida o`qiladi. To`plam ikki qismdan iborat: birinchi qism hajmi Agni, Indra, Sama xudolariga, ikkinchi qism Samaga qurbonlik keltirish marosimida aytiladigan qo`shiqlardan iborat. Samavedaning maqsadi diniy marosimlarda aytiladigan qo`shiqlarni o`rgatishdan iborat. Hindistonda hozirda ham vedalarni kuyga solib kuylovchilar-samavedinalar saqlanib, ularning maktablari mavjud. Yajurveda shrauta (qurbonlik marosimi) bilan bog‘liq bo`lib, uning asosiy qismini qurbonlik usullari-yajus tashkil etadi. Bu marosimlar to`lin oyli tunda, yangi oy chiqqanda, Agni uchun o`tkaziladigan qurbonliklardir. Vedaning bu maktablari qora va oq yajurvedaga bo`lingan. Qora yajurvedaning turli maktablarga xos bo`lgan Katxoxa, Kapishtxala-Katxa, Maytrayani,Tayttiriya kabi tahrirlari mavjud. Oq Yajurvedaning Vajasaneyi nomli birgina tahriri bor. Yajurvedaning tarkibi uch asosiy bosqichni tashkil etadi. I.Marosim. II. Yajus va mantralar. III. Braxmana sharhlari.
Vedalarda butun tabiatning ilohiyligi haqidagi ta'limot ilgari suriladi. Hindistonda ko`pxudolik keng targ‘ib qilinadi. Xudolar orasida “eng ulug‘i, eng kichigi, eng qarisi, eng yoshi bo`lmay, ular barchasi ulug‘likda tengdir. Bir xudo ba'zida butun borliqning hukmdori bo`lishi va shu bilan birga u ikkinchi bir xudoga tobe bo`lishi mumkin. Masalan, Indra va barcha xudolar Varunaga tobe bo`lishi mumkin. Varuna va boshqa barcha xudolar Indraga bo`ysunadilar. Bu Veda ilohiyotchiligiga xos bo`lib, shu munosabat boshqa xudolarga ham tegishlidir. Vedalar qiyin tilda yozilganligi sababli, keyinchalik ularga sharh va izohlar yozilgan. Vedalarga yozilgan bunday diniy-falsafiy izohlar „Upanishad“ deb yuritiladi. „Upanishad“ – sanskritcha so`z bo`lib, ustozning yonida haqiqatni bilish uchun o`tirmoq degan ma’noni bildiradi. Upanishadlar mil.av. VII-III asrlardan boshlab milodiy XIV-XV asrlargacha tuzib borilgan va ularga 250 ga yaqin asarlar kiritilgan. Download 126.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling