Milliy do‘ppido‘zlik san’ati Do’ppido’zlikda andoza olish va bichish Milliy do’ppido’zlikda ishlatiladigan choklar
Download 465,6 Kb.
|
Do’ppido’zlik va traparet
Milliy do‘ppilar ko‘rgazmasiO ‘zbekiston Badiiy akademiyasi Xalqaro madaniyat karvon saroyida “Do‘ppi tikdim, ipaklari tillodan” deb nomlangan ko‘rgazma ochildi. Sog‘lom bola yili munosabati bilan tashkil etilgan ushbu ko‘rgazmaga ijodiy tashkilotlar vakillari, san’atshunoslar, musavvirlar, usta-hunarmandlar, san’at ixlosmandlari, talaba-yoshlar taklif etildi. Ko‘rgazmaning ochilishida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.Nuriddinov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida istiqlol yillarida milliy o‘zligimizni anglash, boy tariximiz, madaniy merosimizni o‘rganish va targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar ulkan samaralar berayotganini ta’kidladi. Do‘ppi tikish san’ati yurtimizda milliy hunarmandlik azaldan yaxshi rivojlanganidan darak beradi. Hozirgi kunda ham uning noyob maktablari hunarmandlar tomonidan izchil davom ettirilmoqda. Ko‘rgazmada poytaxtlik Faxriddin Abdujabborovning shaxsiy kolleksiyasidan o‘rin olgan ellikdan ziyod qadimiy milliy do‘ppilar namoyish etilmoqda. – Ajdodlarimizning qalb qo‘ri bilan yaralgan mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or va zargarlik buyumlari, milliy liboslarni yig‘ib kelaman, – deydi F.Abdujabborov. – Ular orasida milliy do‘ppilar alohida o‘rin egallaydi. Ushbu ko‘rgazmada viloyatlardagi do‘ppido‘zlik maktablarining qadimiy namunalari birinchi marta havola etilmoqda. Milliy qadriyatlar, hududiy udumlar aks etgan bu bosh kiyimi nafaqat chet ellik sayyohlarni, balki yurtdoshlarimizni ham hech qachon befarq qoldirmagan. Do‘ppido‘zlik Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda keng tarqalgan. Bu bosh kiyimi uslubi, ko‘rinishi jihatidan o‘ziga xos tayyorlanadi. Xususan, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida dumaloq, qubbasimon ko‘rinishdagi yorqin rangli, Farg‘ona vodiysida esa oq va qora iplar yordamida erkaklar, ayollar va bolalar uchun do‘ppilar tikilgan. Ayni kunda iroqi do‘ppi, chust do‘ppi, qo‘qon do‘ppi, marg‘ilon do‘ppi, gilam do‘ppilar xorijda ham mashhur. Usta-hunarmandlarning ta’kidlashicha, do‘ppilar ko‘rinishi, naqsh uslubi, ramzlar uyg‘unligi bilan bir-biridan farqlanadi. Do‘ppilarning tayyorlanishida mamlakatimizning turli hududlariga xos tabiiy sharoit, atrof-muhit, aholi turmush tarzi, mahalliy ana’nalar ham aks etadi. Xulosa Do‘ppini eslatuvchi bosh kiyimlarning mavjud bo‘lganligi, bevosita tasdiqlovchi dalillami biz juda qadimiy haykaltoroshlik yodgorliklari, devoriy rang tasvirlar, sopol haykalchalar, o‘rta asr musulmon dunyosi davri 15-16 asrlar kitob miniatyuralarida ko‘rishimiz mumkin. Do‘ppilar ikki yoki uch qat matodan tayyorlanib, paxta yoki ip bilan mustahkam qilib tikiladi. Ko‘p hollarda tayyor do‘ppiga ipak, zar yoki kumish iplarda kashta tikilgan. Qora taglikka kashta tikish asosan Toshkentda, qisman Farg‘onada XIX asr oxiri XX asr boshlarida paydo bo‘ldi, chunki bu paytda Rossiyadan Markaziy Osiyoga ko‘plab qora rangdagi gazmollar keltirila boshlanib, tanlash uchun keng imkoniyat yaralgan edi. Do‘ppi tikish san’ati bilan azaldan asosan, xotin-qizlar shug‘ullanib kelishgan, ko‘pchilik naqshlarni ular yaratishgan. Har bir chevar nafaqat ma’lum bir andozani takrorlagan, balki, tez-tez o‘zicha naqsh kompozitsiyasini o‘zgartirib, uning rang-tusini o‘zgartirib, bu esa do‘ppiga alohida husn bag‘ishlagan. SHunday qilib, an’analashgan sari bu san’at avloddan avlodga o‘tib, do‘ppilarning kashtalarida rang-barang va betakror naqshlar paydo bo‘lib borgan. Milliy do‘ppi turlari, ularning ishlanishi, tayyorlanish uslublari turlicha va rang barangdir. Masalan, Namangan, Andijon hududlarida chustiy nusxa do‘ppilar, Farg‘ona hududida esa qalampirnusxa do‘ppilar ko‘proq iste’moldadir. Bu do‘ppi turi Marg‘ilon nusxa do‘ppilar ham deb ataladi. O‘zbek kashtachilik san’atida uchraydigan bezak unsurlari real dunyoni tasvir etib, uni anglashning o‘ziga xos vositasi, shakl va rang mukammalligidan hayratlanish ifodasi hisoblanadi. Do‘ppi kashtasida atirgul, gulsafsar, chinnigul, lola, gultojixo‘roz, olma guli kabi gul turlari tasvirlanadi. Do‘ppida ko‘p uchraydigan tasvirlardan biri qut-baraka va hayot ramzi bo‘lgan bodom naqshidir. Uning muqobili sifatida nozik va ingichkaroq “qalampir” naqshi tikiladi. O‘zbekistonda bolalar, birinchi navbatda yangi tug‘ilgan go‘daklar, shuningdek, ko‘zi yorigan ayollarni yomon ko‘zlardan asrash ma’nosida bodom yoki qalampir shaklida tumor taqishadi, shu bois ularni xalq san’atida ham himoya ma’nosida qo‘llashgan. Bodom naqshi shifobaxsh meva va bahor kelganidan darak beruvchi ramz sifatida tasvir etilgan. Yomonlikdan asrovchi vosita sifatida tasvir etilgan. Download 465,6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling