Milliy do‘ppido‘zlik san’ati Do’ppido’zlikda andoza olish va bichish Milliy do’ppido’zlikda ishlatiladigan choklar


Download 465.6 Kb.
bet1/3
Sana20.12.2022
Hajmi465.6 Kb.
#1034281
  1   2   3
Bog'liq
Do’ppido’zlik va traparet


Do’ppido’zlik va traparet


Reja:



  1. Milliy do‘ppido‘zlik san’ati

  2. Do’ppido’zlikda andoza olish va bichish

  3. Milliy do’ppido’zlikda ishlatiladigan choklar

  4. Milliy hunarmandchilikka e’tibor


































36


Milliy do‘ppido‘zlik to‘garagining maqsadi o‘quvchilarni avloddan-avlodga o‘tib


kelayotgan merosimiz-milliy do‘ppido‘zlik sirlari bilan, uni tikish va tayyorlash yo‘llari
bilan tanishtirishdir.
Do‘ppi asosan baxmal, sidirg‘a, shoyi, satinga ip ipak, zar bilan tikiladi.
O‘zbekistonda Chust, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Boysun, Shahrisabz do‘ppilari
mashhur. Ayniqsa Chust do‘ppisi keng tarqalgan bo‘lib, O‘zbekistonning deyarli hamma
joyida tayyorlanadi; bu do‘ppi tepa (mato doira shaklida kesib olinadi), kizak (gardish
shaklida) va jiyakdan iborat bo‘lib, ular bir-biriga ulanadi. Tepa qismi to‘rt karj qilinadi
(buklanadi), to‘rtala tomonga bittadan qalampir nusxa gul tikiladi. Kizakning pastida bir
tekisdagi yarim doira shaklidagi gullar o‘zaro tutashtiriladi. Qora to‘q yashil shoyi yoki
satinga oq (paxta yoki ipak) ip bilan gul tikiladi. Chust do‘ppisining tepasi kizakdan
kvadrat shaklida bo‘rtib chiqadi, boshqalarining tepasi yarim shar shaklida bo‘ladi.
Toshkent do‘ppisi sidirg‘a baxmaldan gulsiz tikiladi. Buxoro do‘ppisi sidirg‘a yoki gulli
baxmaldan tikiladi, jiyagi xilma-xil ipaklardan rangdor naqshli qilib yo‘rma usulida
tayyorlanadi.
Ayollar kiyadigan zar do‘ppi chevarlari Buxoro zardo‘zlari hisoblanadi. Bu do‘ppi
ham tepa kizak va jiyakdan iborat. Do‘ppining ayrim qismlarini tayyorlash uchun ba’zan
ish ixtisoslashtiriladi: bichish, gul nusxasini chizish, gul tikish, jiyak tayyorlash, pilta
urish, elimlash. Do‘ppining uchala qismini bir-biriga ulash va hokozolar ixtisoslashgan
turli chevarlar tomonidan bajariladi.
Tarixga nazar soladigan bo‘lsak do‘ppi so‘zi turkiy so‘zdan olingan bo‘lib, tepa
ma’nosini berib, u nafaqat o‘zbeklarning, balki Markaziy Osiyoda yashovchi xalqlarning
ham milliy bosh kiyimi hisoblanadi. Uni Afg‘onistonda, Eronda, Turkiyada, Shinjonda
uchratasiz. Volga bo‘yi tatarlari, boshqirdlar ham kiyib yurishadi.
Do‘ppini eslatuvchi bosh kiyimlarning mavjud bo‘lganligi, bevosita tasdiqlovchi
dalillami biz juda qadimiy haykaltoroshlik yodgorliklari, devoriy rang tasvirlar, sopol
haykalchalar, o‘rta asr musulmon dunyosi davri 15-16 asrlar kitob miniatyuralarida
ko‘rishimiz mumkin.
Do‘ppilar ikki yoki uch qat matodan tayyorlanib, paxta yoki ip bilan mustahkam
qilib tikiladi. Ko‘p hollarda tayyor do‘ppiga ipak, zar yoki kumish iplarda kashta tikilgan.
Qora taglikka kashta tikish asosan Toshkentda, qisman Farg‘onada XIX asr oxiri XX asr
boshlarida paydo bo‘ldi, chunki bu paytda Rossiyadan Markaziy Osiyoga ko‘plab qora
rangdagi gazmollar keltirila boshlanib, tanlash uchun keng imkoniyat yaralgan edi.
Do‘ppi tikish san’ati bilan azaldan asosan, xotin-qizlar shug‘ullanib kelishgan,
ko‘pchilik naqshlarni ular yaratishgan. Har bir chevar nafaqat ma’lum bir andozani
takrorlagan, balki, tez-tez o‘zicha naqsh kompozitsiyasini o‘zgartirib, uning rang-tusini
o‘zgartirib, bu esa do‘ppiga alohida husn bag‘ishlagan. SHunday qilib, an’analashgan
sari bu san’at avloddan avlodga o‘tib, do‘ppilarning kashtalarida rang-barang va betakror
naqshlar paydo bo‘lib borgan.
Milliy do‘ppi turlari, ularning ishlanishi, tayyorlanish uslublari turlicha va rang
barangdir. Masalan, Namangan, Andijon hududlarida chustiy nusxa do‘ppilar, Farg‘ona
hududida esa qalampirnusxa do‘ppilar ko‘proq iste’moldadir. Bu do‘ppi turi Marg‘ilon
nusxa do‘ppilar ham deb ataladi.
O‘zbekiston halq amaliy sa’natining eng ko‘p tarqalgan va ommalashgan turi-astari yumshoq yoki qattiq bo‘lgan do‘ppi tikish turlaridir. Do‘ppi-o‘zbek milliy kiyim
boshlarining ajralmas qismlaridan biri sifatida xalqning hayotiga, an’analariga singib
ketgan.
Iroqi do‘ppi O‘zbekistonda dastlab SHahrisabzda urf bo‘lib, so‘ngra boshqa shahar
va qishloqlarga tarqalgan, keyinchalik bu do‘ppi ham har bir shaharning o‘ziga xos bezak
usulida yaratila boshlagan (rivoyatlarga qaraganda, Amir Temur Iroqdan turli
hunarmandlar qatorida do‘ppido‘zlarni ham keltirgan, shu sababli ular tikkan Do‘ppi
iroqi deb nom olgan). Do‘ppining bu turi iplari sug‘urilib, to‘r holiga keltirilgan surpga
rangdor ipak yoki ingichka tolasi paxta ipi bilan tikiladi: buning 2 usuli; terma va bosma
usullari bor. Eng yaxshi iroqi Do‘ppilar SHahrisabz va Kitob do‘ppido‘zlari tomonidan
tayyorlanadi. SHahrisabzning tepa va kizaklari yaxlit (ipak va ipdan) to‘qilgan gilam
do‘ppisi ham mashhur.
O‘zbek kashtachilik san’atida uchraydigan bezak unsurlari real dunyoni tasvir etib,
uni anglashning o‘ziga xos vositasi, shakl va rang mukammalligidan hayratlanish ifodasi
hisoblanadi. Do‘ppi kashtasida atirgul, gulsafsar, chinnigul, lola, gultojixo‘roz, olma guli
kabi gul turlari tasvirlanadi.
Do‘ppida ko‘p uchraydigan tasvirlardan biri qut-baraka va hayot ramzi bo‘lgan
bodom naqshidir. Uning muqobili sifatida nozik va ingichkaroq “qalampir” naqshi
tikiladi.
O‘zbekistonda bolalar, birinchi navbatda yangi tug‘ilgan go‘daklar, shuningdek,
ko‘zi yorigan ayollarni yomon ko‘zlardan asrash ma’nosida bodom yoki qalampir
shaklida tumor taqishadi, shu bois ularni xalq san’atida ham himoya ma’nosida
qo‘llashgan. Bodom naqshi shifobaxsh meva va bahor kelganidan darak beruvchi ramz
sifatida tasvir etilgan. Yomonlikdan asrovchi vosita sifatida tasvir etilgan.

Yomonlikdan asrovchi vosita sifatida do‘ppilarda ko‘p tarqalgan naqshlardan yana biribu ilon izidir. O‘tmishda ilonga sajda qilish ilonning sehrli kuch qudrati haqidagi tasavvurlar bilan bog‘liq. Do‘ppilarda boshqa hayvonlartog‘ kiyigi, chayon qoplonga


o‘xshash tasvirlar ham tikilgan. Do‘ppilarning naqsh kompozitsiyalarida qator hollarda
arab yozuvi kashtaga uyg‘unlashib ketgan. Dono so‘zlar, samimiy tilaklar va hayotiy
iboralar do‘ppi kashtasining mazmuni va ifodaviy nafosatini teranlashtirgan. Bu naqsh-
yozuvlar bir vaqtning o‘zida ko‘zlarni quvontirish hamda aqlni peshlash uchun xizmat
qilgan. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida saqlanayotgan XX asr boshiga mansub
Buxoro erkak do‘ppisida arab yozuvida oq ip bilaii
shunday so‘zlar bitilgan: “Kuloh, mayli, boshda
qolsin, dushman er bilan yakson bo‘lsin”.
Do‘ppilardagi qadimgi ramzlar bugungi kunda
o‘z ma’nosini yo‘qotgan. Ular bezak sifatidagina
qo‘llaniladi. Hozir amaldagi o‘simlik naqshlari
mazmunan turli tuman. Do‘ppilardagi naqshlarni
boyitishga rang vositasida ham erishilmoqda.
Do‘ppidagi kolorit echimida kashtaning o‘zidagi rang
va tagligi hisobga olinadi. Qavatlarning tarxidagi
yo‘llar ipak o‘zagi bilan qo‘shilib, uyg‘unlashib
ajoyib bezakka aylanadi. Ipning pishiq chiyranganligi,
tovlanishi va ranglanishining sifati katta ahamiyatga
ega. Ayniqsa naqshning tarxi va aniqligi ko‘p jihatdan
ip rangiga bog‘liq.

  1. Do‘ppi turlari va ularning farqi.

Do‘ppilar turlicha bo‘ladi, ya’ni erkaklar,
ayollar, bolalar (shu jumladan, o‘g‘il bolalar, qizchalar, emizikli go‘daklar uchun),
qariyalar uchun mo‘ljallanadi. Yoshi o‘tgan ayollar do‘ppi kiyishmaydi. Bolalar
do‘ppilari (kulohcha, qalpoqcha, do‘ppi, kallapo‘sh) oq rangdagi turli tuman matolardan
tayyorlanganligi, jiyaklari qalin, popukli, har xil ipak va ipdan shariklar to‘qilganligi,
bezagi tovlanishi, tumorlariga boyligi bilan farqlanib turadi. O‘zbek do‘ppilarining
ko‘proq tarqalgan shakli-to‘rt burchakli biroz konussimon bo‘lib, bunday shakl do‘ppi
tayyorlanib bitgach, buklashda alohida qulaylik yaratadi. Do‘ppi to‘rt qismga bo‘linadi,
uning ikki qarama qarshi qismi uchburchak hosil qiladi, qolgan ikki qismi esa ular
orasiga ikki buklanib qatlanadi. Shu holda yangi do‘ppi sal namlanib, bosim tagiga
qo‘yiladi, natijada u ma’lum bir shaklga kiradi.
Do‘ppi turlari, (Chustiy (Chust), qalampirmunchoq (Marg‘ilon), Sanama iroqi
(Surxon), Baxmal (Toshkent), zardo‘ppi (Samarqand, Buxoro) do‘ppilari mavjud.
Turli joylarda tikilgan do‘ppilar shakli, naqsh va rang echimi jihatdan bir-biridan
farqlanib turadi. Toshkentda turli-tuman badiiy yo‘nalishlar, yangi texnika va
kashtachilik usullari yaratilib, bu erdan O‘zbekistonning boshqa viloyatlariga tarqatiladi.
1950 yillar boshida ikki chiziq kesishgan belgi tikilgan do‘ppi ommalashib ketgan.
Undagi asosiy naqshlar atirgul novdasi bo‘lgan. Atirgul to‘q qirmizi bilan uyg‘unlashib
qora qizil rangdagi ipakda tikilgan. Do‘ppi astari ko‘proq oqrang, och yashil rangda
bo‘lgani holda uni to‘liq tikishgan. Toshkentda barqutdan tikilgan turli xil do‘ppilar
uchraydi, ularning ayrimlariga mayda munchoq ham qo‘shilgan. O‘zbekistonning ko‘p
joylarida rusum bo‘lgan Chust do‘ppi qora tagligi, qalampir nusxa naqshi hamda
yonlarida ustunchalari borligi bilan ajralib turadi. Chust do‘ppisi umum milliy bosh kiyimi
darajasiga aylangan.
Namangan viloyat chevarlari tikkan Chust do‘ppilari naqshlarning keskinligi (yaxlit
bodom shaklining qisqa va keskin qamralgan uchlari bor) va yon boshining ancha
kattaligi bilan farqlanadi. Chust yo‘nalishidagi Marg‘ilon do‘ppilarida qalampir shakli
nozik, ingichka va mayin. Marg‘ilon xotin qizlari do‘ppilarining o‘ziga xosligi shundaki,
ularning tagligi yaxlit oq iplarda tikiladi.
Bezagidagi asosiy mavzu-gullayotgan buta, ba’zan uning shoxida turgan yashil
yoki ko‘k rangdagi qush bo‘lib bunday do‘ppilar Farg‘onaning markaziy va g‘arbiy
qismidagi barcha joylariga xos. Farg‘ona vodiysining “Sandali”, “Aqqa ikki so‘m”,
“CHimboy”, “Surka-chekma” kabi turli xil do‘ppilaridagi naqshlar soddaligi bilan
farqlanadi.
Qo‘qonning ”Oqpar” nomdagi turli xil do‘ppilariga qora mato fonida juft bodom
shakli va atrofiga tishli jiyak tikiladi. Andijonda yashil barqutga oq naqshlar tikish keng
tarqalgan.
Samarqand viloyatida do‘ppilar qirmizi, yashil, siyohrang ipak yoki satin va
chetdan keltirilgan alvondan tayyorlanib, albatta, kashta tikilgan. Naqshlarida to‘g‘ri
chiziqlar yoki ko‘p bargli “oftobparast”, “qo‘chqorshox”, “chorgul” tasvirlari ustunlik
qilgan.
Samarqand do‘ppilarning ko‘p qismi piltado‘zi usulida tayyorlangan tepa qismi va
taglamasi yonma-yon birlashtirilib, ular orasiga temir piltalar orqali qog‘oz yoki paxta
naychalar kiritilgan, natijada do‘ppi yuzasida bo‘rtma burmalar hosil qilingan.
Piltado‘zi usulida Surxondaryo viloyatining ko‘p tumanlarida do‘ppilar tikiladi. Bu
usul avvalgi, eski namunalaridan qobirg‘alarining kichikligi bilan farqlanadi. Naqsh
kompozitsiyasida chiziqlarning tik bo‘linishi va to‘g‘riligi kabi xususiyatlar ustunlik
qiladi.
Samarqand do‘ppilari orasida Urgut do‘ppilari o‘ziga xos-qalpoq chetlari keng,
tepasi yassi va kichik bo‘ladi. Naqsh bir erda yig‘ilgan doiralarda, ularning unsurlari
tagdagi to‘rt yoki sakkiz qismlarda joylashtirilgan. Qoramtir, odatdagi siyohrang fon va
yorqin bezak Urgut do‘ppilariga xos. To‘g‘rirog‘i, bu yirik ko‘lamli,
zamonaviylashtirilgan butalarda ko‘rinadi.
Buxoroning zardo‘ppilari hamisha mashhur bo‘lib, bezaklarga boyligi bilan ajralib
turgan. Hozirgi kunda asosiy material sifatida fabrikada ishlab chiqariladigan simzar
qo‘llaniladi, Buxoralik zardo‘zlar uni “kalabatun” deyishadi. Zardo‘z do‘ppilar tayyorlash
uchun faqat yumshoq (siyohrang, yashil, ko‘k, zangori, qora) barqutlar ishlatiladi.
Zardo‘zlar tikishning ikki usulini qo‘llashadi, ya’ni zardo‘zi-zamindo‘zi bunda fon yaxlit
zar bilan qoplanadi, zardo‘zi-guldo‘zida esa chizma qilib tayyorlangan qalin qog‘oz mato
foniga qo‘yilgan holda tikiladi.
Shahrisabzning gilam do‘ppisi konussimon shakli bilan farqlanadi. Bu
do‘ppilardagi kolorit oq, qora, qizil, sariq yoki siyohrang ranglar uyg‘unligida hosil
bo‘ladi. Ba’zida ko‘pgina naqshlar qizil-qora chizgilar bilan oq fonda beriladi.
SHahrisabz va Kitob do‘ppilaridagi naqshlar ikki turga bo‘linadi. “Sanama” do‘ppisidagi
naqsh yonlama qator qilib joylashtiriladi, “chizma” do‘ppida esa naqsh do‘ppi tepasi
aylanasida yig‘ilib, aylana shaklida tik yo‘nalishda taraladi.
Taxya, tayxa, chumakli taxya, kush-bular Xorazm erkak va xotin-qizlar
do‘ppilarining nomlari. Ular qizil-qora yo‘l-yo‘l olachadan, baland, konussimon shaklda
tikilgan. Taxya hali turmushga chiqmagan qiz uchun, qora barqutdan tayyorlanadi.
Chumakli taxya ancha uzun tikilib, yosh kelinchakning sepida eng zarur buyum
hisoblanadi.






  1. Do‘ppido‘zlikda foydalaniladigan chok turlari.

Do‘ppido‘zlikda tikiladigan 8 ta ko‘rinishdagi chok turlari, ularning bir-biridan
farqi, ushbu 8 ta ko‘rinishdagi choklarning do‘ppiga bezak berishdagi o‘rni, choklarni
tikish tartiblari, unda ishlatiladigan ip va ignalarning raqamlarining ahamiyati katta
ekanligini alohida ta’kidlash kerak.

  1. Ko‘klash chokni tikish.

Bostirib ko‘klash, bukib ko‘klash, ornament (naqsh) ustidan ko‘klash turlari
mavjud. Ko‘klash chokini tikish usuli, unda oldinga yo‘naltirib tikish usullari o‘rgatiladi.
Bir xil kattalikdagi qator qavuqlarning orasi qaviqning o‘ziga teng bo‘ladi.
Gazlamaning o‘ng chetida 5 mm li qavuq bilan ip puxtalanadi. Keyin ignani ikkinchi
nuqtaga sanchib, u halqa bilan teskari tomonga tortib o‘tkaziladi. Gazlamaning xuddi
shuncha ipini o‘tkazib, igna gazlama o‘ngiga chiqarilib ikkinchi qavuq hosil qilinadi va
h.k.
Qavuqlarning yirikligi oq tekis chokda kashta gulining konturi 1 mm dan 2
mm gacha, sanama kontur choklarni tikishda 3-4 mm, shunday chok bilan tikiladigan
kashta gulda 6-8 mm, qavuqlar oralig‘i esa 2 mm bo‘ladi. Bu chok gazlamadan
sug‘urilgan ip izidan va rasm bo‘ylab bo‘lishi mumkin. Igna oldinlatilgan chok qavuqlari
ikki qator va undan ko‘p bo‘ladi. Chok tushirilayotganda ip bo‘ralib ketmasligiga,
qavuqlar hurpayib chiqishiga ahamiyat berish kerak. Shunday qilib ko‘klash chokini
tikish davom ettiriladi.

  1. Yashirin chokni tikish.

Dastlab yashirin chok haqida umumiy bilim berish kerak. Yashirin chokni tikish,
ya’ni mato chetlarini ichki tomoniga bukib ipni ko‘rintirmasdan tikish usullari
o‘rgatiladi.Yashrin chok do‘ppi tayyorlashning oxirgi bosqichida ishlatiladi. Bunda chokma-chokka o‘xshash, lekin qavuqlar hosil qilishda igna matoning bukilgan zixida ichki chamak hosil qiladi. Ignaning yo‘nalishi o‘ngdan chapga qarab ikki chiziqning past
yo‘nalishida tikiladi.

  1. To‘g‘ri ehokni tikish.

To‘g‘ri chokni tikishda ishlatiladigan mustahkam va mustahkam bo‘lmagan
choklar, shuningdek, choklar uzunligi (3-5mm) hamda choklar oralig‘i (2-4mm), ularni
belgilangan tartibda tikish.
Bir xil yiriklikdagi qavuqlarning uzluksiz qatoridan iborat bo‘ladi. Igna o‘ngdan
chapga yuritilib, birinchi qavuq bilan shu qavuq yirikligidagi, masalan, gazlamaning 4 ta
ipi kengligidagi oraliq hosil qilinadi.
Ikkinchi qavuqni tushirish uchun ip chapdan o‘ngga yotqizilib, birinchi qavuq
tugagan joydagi nuqtaga igna sanchiladi-da, ikkinchi qavuqdan gazlamaning 4 ipi
kenglikda, chaproqda gazlama o‘ngga chiqariladi.
Shunday qilib, teskari tomondagi qavuq o‘ng tomondagisiga qaraganda ikki
baravar yirik bo‘ladi. Uchunchi va undan keyingi qavuqlarni tushirishda ularning o‘zidan
oldingi qavuq tugagan joyga igna sanchiladi.

  1. Yo‘rma ehokni tikish.

Yo‘rma chokni tikishda ignaning yo‘nalishi orqaga bo‘lishi, ipning yo‘nalishi bir
xil bo‘lishi.
Bir-biriga zich joylashgan qator qiya qavuqlardan iborat bo‘ladi. Bu chokni o‘nga
yoki o‘zidan oldinga yo‘naltirib tikish mumkin. O‘zidan oldinga yo‘naltirilib birinchi
qavuq tushirilgandan keyin gazlama teskarisidan ipli igna o‘ziga qaratib o‘tkaziladi-da,
dastlabki qavuq o‘rtasining chap tomonidan chiqarib olinadi. Qavuq ipni tortib o‘zi
tomon yotqiziladi, chap qo‘lning bosh barmog‘i bilan gazlama bosib turiladi. Ikkinchi
qavuqni tushirishda igna birinchi qavuqdan yuqoriga sanchilib, ikkinchisi o‘rtasining
chap tomonidan chiqarib olinadi.
Shunday qilib, qavuqlarni o‘zidan oldinga qaratib yotqizib, ignani o‘zi tomon
yo‘naltirib chok solinadi. Bunda har bir yangi qavuq o‘zidan oldingi qavuqdan yarim
qavuq oldinga o‘tadi.

  1. Sidirg‘a chok turlari va uni tikish.

Sidirg‘a chok turlari va uni tikishda igna yo‘nalishi, igna va ip raqamlarining
matoga mos kelishi. Choklar parallel tikish usuli.
Sidirg‘a chok turlari ya’ni qiya qaviqli, tekis chokli, bir yoqlama, qavariq, o‘yma
sidirg‘a choklarini tikish. Sidirg‘a chok (Sanama tekis chok) usulida chok qaviqlari zich
joylashtirib tikiladi. Avval birinchi qaviq tushirib, shu qaviq yonidan ignani chiqarib,
ikkinchi qaviq tikiladi. Bu chokni tikishda qaviqlar parallel joylashishi kerak.
Sidirg‘a chok (sanama tekis chok) usulida chok qovuqlari zich joylashtirib tikiladi.
Avval birinchi qavuq tushirib, shu qavuq yonidan ignani chiqarib, ikkinchi qavuq tikiladi.
Bu chokni tikishda qavuqlar parallel joylashtirilishi kerak.

  1. Ilmoq chok turlari va uni tikish.

Ilmoq chok turlari va uni tikishda ignaning yo‘nalishi. Igna va ip matolarining
matoga mos kelishi. Ilmoq chok turlarini tikish usuli.
Ilmoq chok turlari ya’ni bir tomonlama, ikki tomonlama, o‘ralma tugunchalar, uchi
birlashgan ilmoq choklar tikish usuli, ilmoqli choklarni mustaqil tikish. 5-7-8 mavzular
bilan bir xil.

  1. Chakma chokni tikish.

Chakma chok usulini tikishda ignaning yo‘nalishi orqaga bo‘lishi, ipning
yo‘nalishi bir xil bo‘lishi, teskari tomondan chiziqchalar hosil qilib tikish usuli. Chakma
chokni tikish.
Gazlamadan sug‘urib chiqarilgan ikkita ip yuza bo‘ylab yoki ixtiyoriy konturli
kashta gulning motividan tikiladi. Chokning tekis yo‘li katta murakkab kashtalarni
tikishda qo‘shimcha chok sifatida, shuningdek gazlama bo‘laklarining ulangan chokini
yashirish uchun tikiladi. Bunda kashta gulning bu tomoniga navbatma-navbat igna
sanchib, qavuqlar chapdan o‘ngga tomon joylashtirilib boriladi.
Gazlamaga igna sanchilgan joylar oralig‘i bir xil bo‘lishi kerak. Yo‘lning o‘rtasi
bo‘ylab qavuqlar chalishib boradi. Har bir yangi qavuq oldingi qavuq ustiga tushadi.

  1. Sanama iroqi chok turlari va uni tikish.

Sanama iroqi chokni sanab va kontur bo‘yicha tikishda ip va ignalarning matoga
mos tushishi. Sanab tikishda kanva qo‘llash. Sanama iroqi chok turlari va uni tikish usuli.
Sanama iroqi chok turlari, chizma va sanama iroqi choklar, iroqisimon, zich
iroqisimon, iroqi, chala iroqi bo‘yicha usullarida tikish. Iroqi chok birinchi qoviq chap
tomon pastdan o‘ng tomon yuqoriga qarab, ikkinchi qavuq o‘ng tomon pastdan chap
tomon yuqoriga qarab tikiladi. Qaviq teskari tomondan vertikal chok ko‘rinishida bo‘ladi.
Har bir iroqi chokni sanab tikish qulay bo‘lishi uchun qanaqa matodan foydalaniladi.
Kanva har bir katagi 1 iroqi chok hisoblanadi iroqi do‘ppilarda Do‘ppi tepa va Kizak
qismi naqshlarini tikishda tayyor nusxalardan qarab sanab tikilgani uchun sanama iroqi
chok deyiladi.
Do‘ppido‘zlik rivojlanmoqda

Namangan viloyati Chust tumanida do‘ppido‘zlik san’ati qadimdan rivojlangan.
Prezidentimiz Islom Karimovning xalq amaliy san’ati va badiiy hunarmandchilikni rivojlantirishga qaratayotgan katta e’tibori, yaratib berilayotgan shart-sharoitlar samarasida bu sohada ham tadbirkorlik rivojlanmoqda. Bunday imkoniyatlardan samarali foydalangan tadbirkor Muhabbat Haydarova “Mohlaroyim Gulmira” xususiy korxonasini tashkil etib, yakka tartibda do‘ppi tikayotgan o‘n sakkiz nafar xotin-qizni ishga jalb etdi.
– Chustda do‘ppi tikishni bilmaydigan ayol yoki qizni topish qiyin, – deydi M.Haydarova. – Asrlar osha sayqal topib, san’at darajasiga ko‘tarilgan milliy hunarmandchiligimizning mazkur turi bizga momomeros. Mening butun ajdodlarim, buvim, onam ham bu hunarni ardoqlab kelishgan. O‘zim ham bolalikdan qo‘limga igna olganman. Qizlarim – Madina, Mohira, Gulmiralarga ham bu hunarni o‘rgatganman.
Muhabbat Haydarovaning kasbi o‘qituvchilik bo‘lib, u xalq ta’limi tizimida mehnat qilish bilan birga do‘ppido‘zlik sir-asrorlarini ham puxta o‘rgandi.
– O‘ylab qarasam, mahallamizdagi ko‘plab ayollar tarqoq holda, tadbirkorlik va bozor munosabatlarining bugungi talablaridan bexabar ravishda bu hunar bilan shug‘ullanayotgan ekan, – deydi M.Haydarova. – Ularning ko‘pchiligi asosiy ishidan, ro‘zg‘or yumushlaridan bo‘sh vaqtlarida qo‘liga igna oladi. Xomashyo topish, tayyor mahsulotni sotish ularga muayyan qiyinchiliklar tug‘diradi. Korxonamiz ana shunday muammolarni yechish, ularga ko‘maklashish, mehnati samaradorligini oshirish imkonini bermoqda. Ayni kunda korxona chevarlari tikayotgan “Zira”, “Qo‘shzira”, “Taroq”, “Andijonnusxa”, “Chetannusxa” kabi do‘ppilar nihoyatda xaridorgir.
Xomashyo ta’minoti, tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilishni korxona o‘z zimmasiga olgani, kasanachilarga mehnat daftarchalari ochilgani va boshqa qator afzalliklar samarasida yil sayin mazkur jamoa safi kengayib bormoqda. Hozir “Mohlaroyim Gulmira” korxonasida kasanachilik asosida 100 nafar xotin-qiz ishlamoqda. O‘tgan yili bu yerda “ustoz-shogird” yo‘nalishi bo‘yicha 14 nafar yosh qizga do‘ppido‘zlik san’ati sirlari o‘rgatildi.

Download 465.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling