Milliy g’oya fani mazmuniga qo’yiladigan talablar. Yoshlarga milliy g’oyaning asosiy tushuncha va tamoyillarini singdirishda quyidagilarga alohida e’tibor berish lozim
Download 22.75 Kb.
|
Д22окумент Microsoft Word (2)-3-1
O’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun quyidagi o’quv qo’llanmalari va darsliklar yaratilgan: 1. A.Ibrohimov, X.Sultonov, N.Jo’rayev qalamiga mansub «Vatan tuyg’usi» qo’llanmasi (T., «O’zbekiston», 1996) 5-6 sinflar uchun mo’ljallangan bo’lib uch qismdan, 10 bobdan iborat. 5-6 sinflar uchun barcha ma’lumotlar yetarli. 2. S.Nishonova, O.Musurmonova, M.Qarshiboyev muallifligidagi 7- sinflar uchun «Milliy g’oyava ma’naviyat asoslari» o’quv qo’llanmasi (T., «Ma’naviyat», 2002) 16 fasldan iborat. Milliy g’oyaga 8 ta mavzu berilgan. 3. M.Qarshiboyev, S.Nishonova, O.Musurmonova tomonidan tayyorlangan 8- sinflar uchun «Milliy g’oyava ma’naviyat asoslari» o’quv qo’llanmasi (T., «Ma’naviyat», 2002) XVI fasldan iborat. Milliy g’oyaga 9 ta mavzu ajratilgan. 4. O.Musurmonova, M.Karshiboyev muallifligida yaratilgan 9-sinflar uchun «Milliy g’oyava ma’naviyat asoslari» o’quv qo’llanmasi (T., «Ma’naviyat», 2003) 19 fasldan iborat. Milliy g’oyaga 8 ta mavzu berilgan. 5. X.Sultonov rahbarligidagi ijodiy guruh tomonidan X-XI sinflar uchun mo’ljallangan «Milliy g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» o’quv qo’llanmasi (T., «O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2004) uch qism va 28 mavzudan iborat. 6. X.Sultonov rahbarligidagi ijodiy guruh tomonidan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun yaratilgan «Milliy g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» o’quv qo’llanmasi (T., «YAngi asr avlodi» , 2001) 12 ta nazariy va 12 ta amaliy mashg’ulotdan iborat bo’lib Milliy g’oya bo’yicha asosiy masalalarni qamrab olgan. 7. X.Sultonov rahbarligidagi ijodiy guruh tomonidan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun tayyorlangan «Milliy g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» darsligi (T., «O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» , 2003) uch qism 13 ta nazariy, 12 ta amaliy, 2 ta qo’shimcha va ixtiyoriy mavzular hamda asosiy tushuncha va atamalarning qisqacha lug’atidan iborat. Hozir ushbu darslik amalda qo’llanilmoqda. O’qituvchi dars o’tish jarayonida, amaliy mashg’ulotlarda har bir o’quv qo’llanmani talabalardan tahlil etishni talab qiladi. Talabalar har bir o’quv qo’llanma va darslikda mavzular qanday yoritilganligini, ularda nimalar yetishmasligini, nimalarni, qanday yangiliklarni qiritish lozimligini va shu fandan muvaffaqiyatli dars o’tishi mumkinligini bilishi kerak. Download 22.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling