Milliy g’oya fanining predmeti, madsadi va vazifalari Milliy g’oya fanining predmeti - – “g’oya” va “mafkura” tushunchalari, ularning xalqlar va davlatlar taqdiriga ta`siri, hozirgi zamonda mafkuraviy jarayonlar, milliy istiqlol g’oyasining mazmun-mohiyati, tushunchalari, shakllanish qonuniyatlari, namoyon bo`lish xususiyatlari, uni xalqimiz qalbi va ongiga singdirish yo`llari va usullari hisoblanadi.
Ushbu fanning predmetini milliy madaniy meros va umuminsoniy qadriyatlarning o`zaro munosabati, milliy istiqlol bosh g’oyasi xalqning ishonch va e`tiqodiga aylanishi muammolarini o`rganish, tahlil qilish va muayyan xulosalar berish tashkil qiladi. - Ushbu fanning predmetini milliy madaniy meros va umuminsoniy qadriyatlarning o`zaro munosabati, milliy istiqlol bosh g’oyasi xalqning ishonch va e`tiqodiga aylanishi muammolarini o`rganish, tahlil qilish va muayyan xulosalar berish tashkil qiladi.
- Milliy istiqlol g’oyasining predmeti, milliy istiqlol g’oyasining shakllanishi, keng jamoatchilikning ishonchi va e`tiqodiga aylanishi, uning madaniy negizlarini ijtimoiy hayot, mehnat faoliyatida namoyon bo`lish shart-sharoitlari, omillari, qonuniyatlarining ilmiy-nazariy asoslarini o`rganishdan iboratdir.
Ushbu fanning ob`ekti - O`zbekistonning o`ziga xos tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, milliy-madaniy rivojlanish xususiyatlarini, qadriyatlarini ko`rsatish mumkin. SHuningdek, xalqning madaniyati, milliy-madaniy merosini, odamlarning ijtimoiy munosabatlarini qaror toptirish bilan bog’liq maqsadlarini jamiyat hayotida namoyon bo`lishini tahlil etish hisoblanadi. Fanning ob`ektini – O`zbekiston tanlagan taraqqiyot yo`li va ijtimoiy rivojlanishning milliy-ma`naviy negizlari, umumbashariy tamoyillar tashkil etadi.
Milliy g’oya fanining asosiy maqsadi - – fuqarolarni g’oyaviy jihatdan tarbiyalash. G’oya bilan g’oyaning, fikr bilan fikrning, jaholatdan ma`rifatni farqini anglashga, ma`rifatga ishonch va e`tiqodni mustahkamlashda xizmat qiladi. Fuqarolarda milliy istiqlol g’oyasiga zid bo`lgan yot va begona, zararli g’oyalardan saqlanishga, unga nisbatan fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma`rifat bilan javob berish, unga nisbatan doimo tayyor bo`la olish immunitetini ham shakllantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |