Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari fanlarini o‘qitish metodikasi fanining ahamiyati


Download 13.48 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi13.48 Kb.
#1603783
Bog'liq
Milliy1


Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari fanlarini o‘qitish metodikasi fanining ahamiyati
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin Milliy g‘oya va mafkurani o‘rganish ijtimoiy siyosiy zaruratga aylanadi. Chunki bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga eski qarashdagi va fikrdagi odamlar bilan o‘tish nixoyatda qiyin kechadi. Shu sababli xalqimiz va millatimizning yetakchi kuchi, kelajakka eltuvchi nurli chirog‘i-milliy g‘oya zarur edi. Uni yaratish uchun kattagina tarixiy yo‘lini bosib o‘tishiga to‘g‘ri keldi.

Ma'lumki, 1990 yilning 24 martida XII chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi bo‘lib, unda O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimi ta'sis etilishi to‘g‘risida va Islom Abdug‘anievich Karimovni O‘zbekiston SSRning Prezidenti etib saylash to‘g‘risida tarixiy Qaror qabul qilindi. 1990 yil sharoitida O‘zbekistonda Prezidentlik lavozimining ta'sis etilishi uning yaqin kelajakda ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan tom ma'nodagi mustaqilligini amalga oshirishdagi katta yutuq, tarixiy hodisa edi. Gap shundaki, xalqimiz bundan bir yuzu o‘ttiz yil muqaddam o‘z milliy mustaqilligini va tarixiy davlatligini yo‘qotib, mustamlaka asoratiga tushib qolganligi ma'lum. Asoratga tushgan xalqlarni aldash uchun yuridik xujjatlar to‘la rasmiylashtirildi. Buyuk Stalin Konstitutsiyasi deb atalmish Konstitutsiyaning «SSSR ijtimoiy tuzumi va siyosatining asoslari» deb atalmish I bo‘limining «Siyosiy sistema» bobidan joy olgan 1-moddada: «Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi mamlakat ishchilari, dehqonlari va ziyolilarining, barcha millatlari va elatlari mehnatkashlarining iroda va manfaatlarini ifodalovchi sotsialistik umumxalq davlatidir» deb yozilgan bo‘lsada, yoinki yana shu Konstitutsiyaning «Davlat va shaxs» deb atalgan II bo‘limining «SSSR grajdanligi, grajdanlarning teng huquqligi» deb atalgan bobining 34 moddasida bayon etilgan «SSSR grajdanlari o‘zlarining nasl-nasabidan,... irqi va millatidan, jinsi, ma'lumoti, tili, dinga munosabati, mashg‘ulotining turi va xarakteri, yashash joyi va boshqa holatlaridan qat'i nazar Qonun oldida tengdirlar. Iqtisodiy, siyosiy sotsial va madaniy hayotning hamma sohalarida SSSR grajdanlarining teng huquqliligi ta'minlanadi», shuningdek 36-moddada: «Turli irq va millatlarga mansub SSSR grajdanlari teng huquqlarga egadirlar”-degan soxta so‘zlar yozib qo‘yiladi.
Shu bilan birga bu huquqlarning amalga oshirilishi SSSRdagi barcha millatlar va elatlarni har tomonlama kamol toptirish va yaqinlashtirish siyosati bilan, grajdanlarni sovet vatanparvarligi va sotsialistik internatsionalizm ruhida tarbiyalash bilan, ona tilidan va SSSRdagi boshqa xalqlarning tillaridan foydalanishga imkon berilishi bilan ta'minlanadi...», shuningdek 50-moddada SSSR grajdanlariga so‘z, matbuot, yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘chalarda namoyishlar qilib yurish erkinliklari, 51-moddada ko‘rsatilgan siyosiy huquqlar, 52-moddada qayd etilgan «SSSR grajdanlarining vijdon erkinligi, ya'ni har qanday dinga e'tiqod qilish yoki bironta dinga ham e'tiqod qilmaslik, diniy marosimlarni bajarish huquqi garantiyalanadi» deb ko‘rsatilganligiga qaramasdanIslom Karimov alohida qayd etib o‘tganlaridek sobiq sho‘rolar davrida fuqarolar qonun asosida yashashga da'vat etilsa, kommunistlar partiya ustavi asosida yashar edilar. Albatta o‘quvchi-talabalar ongida bunday fikrlarni shkllantirish uchun turli jonli misollardan foydalanish zarur bo‘ladi.
Bir so‘z bilan aytganda milliy respublikalarda fuqarolarning Konstitutsion huquqlari amalda hayotga qoniqarsiz holda tadbiq etilar edi. Bulardan tashqari 1990 yil sharoitiga kelganda yig‘ilib qolgan ko‘plab milliy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ayniqsa ma'naviy rivojlanish muammolari nihoyatda keskin tus olgan edi. Respublikamiz oldidagi mana shunday dolzarb muammolarni hal etishda Prezidentlik lavozimi keng imkoniyatlarni ochib berishi mumkin edi.
1990 yil 20 iyun kuni O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining XII chaqiriq ikkinchi sessiyasi yana bir tarixiy hujjat - «Mustaqillik Deklaratsiyasi» ni qabul qildi.
«Bo‘lajak mustaqil davlatlar... erkin, mustaqil va teng huquqli bo‘lib qolishlari, o‘zlarining milliy davlat tuzish, tashqi bozorga chiqish, o‘zi ma'qul topgan barcha mamlakatlar bilan xalqaro munosabat o‘rnatish, diplomatik va konsullik aloqalari masalalarini mustaqil hal etishlari kerak. Bu hyech kimning buyrug‘isiz va aralashuvisiz mustaqil amalga oshirilishi kerak. Mana shu sharoitga, sabablarga asoslanib, xalqimiz hoxish-irodasini bajo keltirib, Oliy Kengash diqqatiga faqat bir masalani qo‘ymoqchiman: O‘zbekistonning mustaqilligi haqidagi Qonunni muhokama etish va uni qabul qilishni taklif etaman. Bu qonunda qadimiy va yangilanayotgan diyorimizda istiqomat qilayotgan barcha kishilarning hoxish-irodasi o‘z ifodasini topgan. Xalqimizning bu ezgu hoxish-irodasi biz uchun muqaddasdir».
Sessiyada O‘zbekiston SSRning nomi O‘zbekiston Respublikasi deb o‘zgartirildi, shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti» qabul qilindi. Bayonotda xalqaro hujjatlarda qayd etilgan o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga asoslanib, Respublika xalqlarining taqdiri uchun butun mas'uliyatni anglab O‘zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat – O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilganligi tantanali ravishda e'lon qilindi.
Mazkur sessiyada «O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida» Qonun qabul qildi. Bu qonun O‘zbekistonning huquqiy xolatini tubdan o‘zgartirdi va uning moddalarida suveren O‘zbekiston Respublikasining asosiy belgilari ifodalagandir. Shunday qilib 1991 yil 31 avgustiga kelib jafokash o‘zbek xalqining milliy mustaqillik xususidagi azaliy orzusi amalga oshdi. O‘zbek xalqi «buyuk og‘alar»ning iqtisodiy va siyosiy muteligidan qutilib, mustaqil ichki va tashqi siyosat yurgizish, o‘z taqdirini o‘zi belgilash imkoniyatlariga ega bo‘ldi. Mustaqillik davlat ramzlariga ega bo‘ldi. Qator xorij davlatlar mustaqil O‘zbekiston Respublikasini davlat sifatida tan oldilar. Endi yangi, suveren davlatni kompleks rivojlantirishning «O‘zbek modeli» bunyod etildi. Islom Karimovning «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» asari ana shunday modelini o‘zida atroflicha mujassamlashtirdi. Milliy mustaqillikni qo‘lga kiritishimiz munosabati bilan mamlakatimizda siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlarini vujudga kelishi va faoliyat ko‘rsatishi uchun huquqiy asoslar yaratildi. Jumladan, 1)1991 yil 15 fevralida «Jamoat tashkilotlari to‘g‘risida», 2)1996 yil dekabrida «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»,3) 1998 yil 28 aprelida «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida», yangi taxrirda Qonunlar qabul qilindi. Ushbu o‘zgarishlar milliy g‘oya va mafkuraning vujudga kelishida siyosiy zamin yaratdi. Bu narsa ushbu kursni o‘rganishning axamiyatini yanada kuchaytiradi.
Mamlakatimizning erkin, demokratik jamiyat qurish sari tutgan yo‘lini sinchiklab kuzatar ekanmiz, mamlakatimizdagi sof vijdonli, iymon-e'tiqodli fuqarolarimizning hayotimizning turli jabhalarida milliy istiqlolimiz bergan ne'matlariga shukronalar qilib, uning buyuk kelajagi yo‘lida yurtboshimiz rahbarligida hormay-tolmay kamarbasta bo‘lib harakat qilayotganliklari, farovon hayot yo‘lida tinmay ijodiy izlanishda bo‘layotgan bir paytimizda yaratganga shukronalar qilish o‘rniga «Yov qochdi, botir ko‘paydi» qabilida yo‘l tutib, jamiyatimizda Konstitutsion hokimiyatni kuch ishlatish yo‘li bilan ag‘darishga bo‘lgan terroristik harakatlarning ham guvohi bo‘lib turibmiz. Gap shundaki, istiqlolimizning dastlabki davrida biz totalitar tuzumdan qutilganimizga mahliyo bo‘lib, ma'lum davrda jamiyatimizga nomaqbul bo‘lgan g‘oyalarni kirib kelishi va faollik ko‘rsatishlariga o‘zimiz sezmagan holda imkon yaratib berdik.
Bir lahza yutuqlarimiz oldida esankirab ogohlikni unutib qo‘ydik. Natija nima bo‘ldi? Mamlakatimizga «Risolai Nur» asarining muallifi Nursiy nomi bilan yuritiladigan, tashqi ko‘rinishda faqat turk birodarlarimizning ma'rifiy faoliyatlari bilangina yo‘g‘irilgandek ko‘rinadigan «Nurchi»lardan tortib, «Fathullochilar»gacha, vahhobiylardan tortib «O‘zbekiston islom harakati» nomini olgan ekstremistik harakat, «Hizbulloh» (Alloh partiyasi), «Hizb at- tahrir al islomiy» (Islom ozodlik partiyasi), «Islom uyg‘onish partiyasi» ta'sirigacha kirib keldi. Ular o‘z faoliyatlarida O‘zbekistondagi siyosiy o‘zgarishlar tizimining tadbirkorligi, oshkorligi va voqye'likka boyligi, kundan-kunga umuminsoniy, umummilliy totuvlik va birdamlikka erishib borilayotganligini ko‘raolmasdan Toshkentda 1999 16 fevral fojeasini keltirib chiqardilar. Yaratganga hamdu-sanolar bo‘lsinki, 16 fevral voqyealari tashkilotchilarining yovuz niyatlari amalga oshmadi. Yurtboshimiz va davlatimizning boshqa rahbarlari Alloh irodasi bilan sog‘-omon qoldilar. Biroq, bu terrorlik harakati oqibatida 16 nafar begunoh inson shahid ketdi, 128 nafar kishi turli darajada tan jarohati oldi. 2000 yil davomida qardosh Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegaradosh hududlarda, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani, Toshkent viloyatining Yangiobod shahri va Bo‘stonliq nohiyasidagi jangarilar huruji Buxoro va Andijon voqyealari bizning istiqlolimiz bergan ne'matlarini nafaqat qurol kuchi bilan , emas balki xalqimizning ayniqsa kelajagimiz sohiblari bo‘lgan yosh avlodni milliy g‘oya va mafkura bilan har tomonlama qurollantirishni taqozo etdi
Download 13.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling