Iroq davlati
Download 0.71 Mb.
|
IROQ DAVLATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- DAVLAT TUZUMI
- Xo’jaligi
IROQ DAVLATIIROQ RESPUBLIKASIRasmiy nomi — Iroq Respublikasi (Al-Jumxuriya al Iroqiya). Poytaxti — Bag’dod. Hududi – 435,1 ming km.kv. Aholisi – 28,2 mln kishidan ortiq (2012). Rasmiy tili – arab Dini — islom (95%), xristianlar (3%) Pul birligi- iroq dinori. Iroq Osiyoning janubi g‘arbiy qismida joylashgan davlat. Shimolda Turkiya, janubda Saudiya Arabiston va Quvayt, g‘arbda — Iordaniya va Suriya, sharqda Eron bilan chegaradosh. Mamlakatning janubiy sohillari Fors qo‘ltig‘i bilan tutashgan. Mamlakatning shimoliy qismi-Al-Jazra Arman tog’liklari va Turkiya bilan chegaradosh hududlarda joylashgan. Bu hududning eng baland nuqtasi — 2135 m. Dajla va Frot daryolari oralig‘ida keng vodiy yastanib yotadi. Frotning g‘arbiy tarafidan vodiy Suriya cho‘llariga tutashib ketgan. GEOGRAFIK JOYLASHUVI DAVLAT TUZUMI1958-yilda prezident Muhammad Najib er-Ruboiy va Bosh vazir Abdul Karim Qosim hukmronligi ostida tashkil etilgan davlat. Ruboiy va Qosim birinchi marta Iroq Qirolligidagi hoshimiylar monarxiyasini ag'darib tashlagan 14-iyul inqilobi bilan hokimiyatga kelgan. Natijada Qirollik va Arab Federatsiyasi tarqatib yuborildi va Iroq Respublikasi tashkil topdi. Bu davr 1968-yilda Baaschilarning hokimiyatga kelishi bilan yakunlandi. Davlat tuzilishiga ko‘ra prezidentlik respublikasi. Iroq 18 ta viloyatdan iborat. Davlat va hukumat boshlig‘i — prezident. Siyosiy partiyalari: Kurdiston demokratik partiyasi, Iroq kommunistik partiyasi, Arab sotsialistik uyg’onish partiyasi, Kurdiston partiyasi Xo’jaligiIroq agrar-industrial davlat. Iqtisodining asosini neft qazib olish tashkil etadi. Neftni qayta ishlash, sement. to’qimachilik, teri-poyabzal, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Kimyo-farmatsevtika, shisha, elektrotexnika, aftomobil yig‘uvchi korxonalar, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodlari ishlab turibdi. Neft xomashyosi, funduq, quruq mevalar asosiy eksport mahsulotlari hisoblanadi. Og‘ir mashinasozlik va mudofaa sanoati mahsulotlari, transport jihozlari, temir, po‘lat, asosiy sanoat mahsulotlari, g‘alla, oziq-ovqat mahsulotlari importda muhim o‘rin tutadi.Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling