Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi


Hozirga kunda demokratiyaning quyidagi nazariyalari ishlab chiqilgan


Download 0.58 Mb.
bet34/71
Sana16.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1679337
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71
Bog'liq
Milliy g‘oya O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi-www.hozir.org

Hozirga kunda demokratiyaning quyidagi nazariyalari ishlab chiqilgan:

1.Liberal demokratiya nazariyasi anglosakson qadriyatlariga asoslanadi.Bunda demokratiya mas’ul va komponent boshqaruv sifatida ko‘riladi. Hokimiyat manbai xalq bo‘lib, u o‘z xohish irodasini o‘zi emas, balki vakillari orqali ifoda etadi.

2. To‘g‘ridan-to‘g‘ri demokratiya nazariyasi. Bu nazariya mualliflaridan fransuz faylasufi Jan Jak Russo(1712-1778) vakillik tamoyiliga qarshi chiqadi. Uning fikriga ko‘ra, demokratiya o‘zining yagona irodasini ifoda eta oladigan xalqning to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqaruvidir. Bu nazariyada boshqaruvchilar va boshqariluvchilarga bo‘linish yo‘q. Yig‘ilishlarda ifoda etilgan xalqning umumiy xohish-irodasi hokimiyat faoliyati va qonunlar ishlab chiqishning asosi hisoblanadi.

3. Plyuralistik demokratiya nazariyasi. Bu nazariya tarafdorlari hokimiyat faoliyatining asosi bo‘lib xizmat qiluvchi yagona xalq irodasi mavjudligini inkor etadilar. Ularning fikricha, umumiy iroda bo‘lishi mumkin emas, chunki odamlar o‘z faoliyatlarda umumiy emas, balki shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqadilar.

4. Elitar demokratiya nazariyasi. Mazkur nazariya namoyondasi XX asrning yirik iqtisodchisi va sotsiologi Ozer Allois, I.SHumpeter fikricha, ma’lum muddatga saylangan boshqaruvchi elita shu vaqt davomida faoliyat ko‘rsatishdan mahrum bo‘lgan ko‘pchilikning manfaatidan kelib chiqqan holda siyosiy vakillikning funksiyalarini qabul qiladi va alohida siyosiy kuchlar xalq ovozini olish uchun raqobat kurashiga kirishib, qaror qabul qilish huquqini qo‘lga kiritadilar.

5. Sotsial demokratiya nazariyasi tarafdorlari individual va umumiy hokimiyat vakillaridan farqli ravishda, demokratiyani sinfiy boshqaruv sifatida talqin etadilar. Bunda demokratik boshqaruv talqinining ikki - ortodoksal va reformistik yo‘nalishlarini ajratish mumkin.
Ortodoksal talqinga ko‘ra, faqat sotsial demokratiya xalq hokimiyatini ta’minlaydi.
Sotsial reformatorlar demokratiyani ma’lum ma’nodagi murosa, turli ijtimoiy kuchlarni kelishtirish yo‘li, deb tushunadilar. Jamiyatning maqsadlari shaxsning yashash sharoiti o‘zgarishi bilan o‘zgarib boradi. Siyosiy tuzum sifatida demokratiya strategik muammolarni radikal yo‘l bilan hal etishga zid keladi, chunki demokratiya doimo manfaatlarni muvofiqlashtirishga va turli muqobil variantlarni ishlab chiqishga harakat qiladi.
Demokratiya hokimiyat va fuqarolar o‘zaro munosabatlarining murakkab turi sifatida o‘zgaruvchan, sharoitlarga moslashuvchan darajada shakllangan bo‘lishi kerak.
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar hamda inson huquqlari himoyasini kuchaytirishga qaratilgan izchil siyosat fuqarolik jamiyatining ajralmas qismi bo‘lgan jamoat tashkilotlarining o‘rni va ahamiyatini tobora oshirmoqda. Bu jarayon “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” degan tamoyil asosida amalga oshirilmoqda. Ushbu tamoyil mamlakatimizda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish hamda fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlardan biridir.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik–huquqiy islohatlarni fuqarolar ongiga singdirish milliy mafkuramiz oldida turgan muhim masalalardandir. 
Demokratiya – erkinlik, erkin fikr, erkin harakat – faoliyat demak. YA’ni, o‘zlikni namoyon etish imkoniyatining mavjudligidir. Har bir fuqaro qobiliyati, bilimi, malakasini ishga solib, yaxshi yashash uchun bemalol kurash olib bora oladi. Biroq ayni vaqtda, demokratiya – yuksak ma’naviyatni, ma’suliyatni his qilishni talab etadi. Qonun, huquq imkoniyatlar bersa, axloq burch, o‘zgalar manfaatini hisobga olish esa mas’uliyat yuklaydi, har bir individual shaxs manfaati bilan jamiyat manfaati chambarchas bog‘liq ekanini bildirib turadi. SHu zaminda raqobat ham, aqlu zakovat ham, adolat o‘zaniga tushadi, kishining kishi tomonidan nohaq ezilishi, zo‘ravonlik qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Demokratiya - bozor iqtisodiyoti. Bu esa, turgan gapki, hamma sohalarda shaxsiy qobiliyatni charxlaydi, raqobat va “kim o‘zarga” bardosh berishni talab qiladi. Buning oqibatida shaxsda kurashchanlik ortadi, kishi toblanadi, shu bilan birga, xudbinlik ham rivojlanadi. Xudbinlik andishasizlikni vujudga keltirishi mumkin. Biroq, yuqorida qayd etganimizdek, demokratiya erkin va ochiq muloqotlarni, qonun asosida munosabatlarni qat’iy yo‘lga qo‘yib, oshkoralikni yuzaga keltiradi va adolatni tiklashga imkon yaratadi. 
Hayot shuni ko‘rsatadiki, insonlar avvalo muayyan mafkura, dunyoqarash tizimiga, asrlar davomida shakllangan ma’naviy tajribaga tayanib, jamiyat bo‘lib yashaydi. Odamni shakllangan dunyoqarashdan ajratib bo‘lmaydi. Agar dunyoqarash to‘g‘ri yo‘lda, ezgulik asosida shakllangan bo‘lsa, inson shu yo‘lda harakat qilaveradi, ilmi, qobiliyatini ham shunga sarflaydi. Agar buning aksi bo‘lsa, demak noto‘g‘ri yo‘lni tanlaydi, adashadi yoki “haq” deb buzg‘unchilik qiladi. Bunyodkor shaxs ezgulik g‘oyalari ruhida tarbiyalangan erkin shaxsdir. SHu bois ham bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida ma’naviy–axloqiy tarbiyaning ahamiyati benihoya ortib boraveradi. Va bu axloqiy–ma’naviy tarbiyaning markazida milliy g‘oya va mafkura turishi lozim. CHunki, milliy g‘oya O‘zbekiston xalqining yagonaligi, yaxlitligi va birligini, yagona bayroq ostida jipslashuvini, kelajagi buyuk Vatan uchun fidoyi farzand bo‘lish tuyg‘usini ifodalab keladi. SHu bois milliy g‘oya har bir fuqaroning va butun xalqimizning qalbidan joy olgan bo‘lishi, uni ruhlantirishi, chidamli va shijoatli qilib tarbiyalashga xizmat qilishi kerak. Milliy g‘oya bizning tariximiz, bugunimizni va kelajagimizni birlashtiradi. Demokratiya - yuqori darajada rivojlangan kishilar jamiyati, insoniyat erishgan buyuk ne’mat, ko‘pchilikning yashash tarzi. Ammo, u barcha mamlakatlarda bir xil emas. Har bir mamlakat demokratiyaning umumiy qadriyat va tamoyillarini o‘z milliy qadriyatlari zaminida, o‘z xalqining uzoq tarixi davomida shakllangan an’analari bilan qo‘shib qabul qilganini bilamiz. Masalan, AQSH yoki Angliya, Fransiya (boshqa Evropa mamlakatlari ham) demokratik davlatlar bo‘lsalar-da, lekin har biri o‘z milliy ruhi, an’analarini ham saqlagan. SHu kabi YAponiya, Koreya, Malayziya kabi mamlakatlarda ham demokratik tuzum milliy va diniy – e’tiqodiy udumlar negizida amal qilmoqda.
Bugungi kunda demokratiyaning “SHarqona demokratiya” va “G‘arbona demokratiya” deb atalgan shakllari haqida ham turli ziddiyatli mulohazalar mavjud.
“Avvalo, – deydi professor I. Ergashev – “SHarqona demokratiya” va “g‘arbona demokratiya” atamasining alohida–alohida ishlatilishi demokratiyaning umuminsoniy ma’no-mazmuniga, umume’tirof etilgan qadriyat sifatida uning umumiy mohiyatiga soya tashlamaydi. Boshqacha aytganda, “demokratiya” (SHarqda ham, G‘arbda ham) – umum-e’tirof etilgan tushuncha. Unda muammo nimada? Muammo bizning nazarimizcha, “sharqona” yoki “G‘arbona” demokratiya o‘rtasidagi farqni anglash zamirida yotibdi, ya’ni muammo demokratiyaning umumiy, yagona mohiyatiga emas, uning o‘ziga xos milliy-ma’naviy xususiyatlarini farqlash, e’tirof etish bilan bog‘liq”.1 Demokratiyaning bu atamalarini bir biriga qarama-qarshi qo‘yish yoki bir-biridan ustun qo‘yish mumkin emas.
Jamiyat hayotida demokratik qadriyatlarning chuqur joy olib borishi xalqning siyosiy-madaniy ongi, ularning siyosiy demokratiya va bozor munosabatlarining asosiy talablari, tamoyillarini qabul qilish hamda tatbiq etishga tayyorgarlik darajasiga ham bog‘liq. Boshqacha aytganda har bir xalqning milliy ongida shu xalqqa xos va mos bo‘lgan, tarixan shakllangan asosiy jihatlar borki, u shu xalq-ning ruhiyatini, mentalitetini, xarakterini ifodalaydi va ular mamlakatning siyosiy tizimida o‘zlarining izlarini qoldirmasligi mumkin emas.
Albatta, dunyo taraqqiyotida demokratiya umuminsoniy qadriyat sifatida turli xalqlar, millatlar tafakkuri va turmush tarziga singgan, e’tirof etilgan va shunga mos e’tibor berilayotgan, amal qilib kelinayotgan boshqarish uslubidir. Bu umumiy qonuniyat. Ayni paytda, ana shu umumiy qonuniyatning ikkinchi muhim bir jihatini hisobga olmaslik ham mumkin emas. Bu har bir xalqning hayot tarzi, mentaliteti, demokratiyani his etish, anglash, tushunish va unga amal qilish xususiyatining mavjudligi bilan bog‘liq. Hamma xalqlar uchun yagona idora etish uslubi ham, yagona jamiyat andozasi ham yo‘q. Birini ikkinchisidan afzal ko‘rish ham mumkin emas. Umuminsoniy qadriyatga aylangan demokratiyaning hamma uchun muhim va ahamiyatli bo‘lgan jihatlarini tan olib, uning har bir xalqning milliy-ma’naviy ruhiyati asosida qaror topishi va umuminsoniy hodisaga aylanishini e’tirof etmaslik jamiyat rivojiga, demokratik taraq-qiyot mantig‘iga to‘g‘ri kelmasligini anglamaslik mumkin emas. Demokratiya qanchalik umuminsoniy ma’no va qadriyat kasb etmasin, uning negizini tashkil etadigan, unga ruhiy kuch-quvvat beradigan, uni boyitib turadigan, rang-barangligini ta’minlaydigan tushunchalar: “Milliylik” va “milliy ruhiyat”, milliy ma’naviy qadriyatlardir.
Professor Ibodullo Ergashev G‘arb va SHarq demokratiyasi orasidagi munosabatni quyidagicha ifodalaydi.1 Demokratiyaning G‘arbona ko‘rinishi kimgadir afzal tuyulayotgan bo‘lsa, bu g‘arbona demokratiyani bir tomonlama ko‘rish, unga ortiqcha baho berib, uning milliy-ma’naviy xususiyatlarini e’tirof etmaslikni anglatadi. YOki SHarqona demokratiyaning zamondan orqada qolgan ayrim jihatlarini, mentalitetimizdan chuqur joy olgan ayrim nosog‘lom steriotiplarni o‘zgartirishga ehtiyoj mavjudligini ko‘rsatadi. SHarqona demokratiya ham umume’tirof etilgan demokratik prinsiplarga asoslanadi. Ayni paytda, o‘zining mintaqaviy, umumiy milliy-ma’naviy xususiyatlarini hisobga olishni anglatadi. U ham o‘z ichida rang-barang va nisbiy hodisa. Bu SHarq xalqlarining tarixan qaror topgan qadriyatlaridagi o‘ziga xos milliy xususiyatlardir. Ular xalqlarning tafakkur tarzida, urf-odat va an’analarida siyosiy hayot, inson, jamiyat va davlatga qarashda amal qiladigan o‘ziga xos siyosiy-madaniy xulq-atvor ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi.
Bu xalqimiz hayotida qadim-qadimdan jamoa bo‘lib yashash ruhiyatining ustuvorligi, oila, mahalla, el-yurt tushunchalarining odamlar qalbidan chuqur o‘rin olib, ota-onaga, mahalla-kuyga, jamoaga yuksak e’tibor va hurmat bilan qaralishi, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, ayol zotiga alohida ehtirom ko‘rsatilishi, sabr-bardoshlilik va mehnatsevarlik, mehr-oqibatli bo‘lish bilan bog‘liq prinsiplar avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan qadriyatlardir. Bunday qadriyatlar tabiiy ravishda demokratiyaning umuminsoniy tamoyillari bilan chambarchas bog‘liq. Umuman, SHarqona demokratiya “axloq”, “ma’rifat” munosabatlari va an’analariga ko‘proq bog‘langanligi bilan ham farq qiladi. Bu hech qachon demokratiyaning umumbashariy tamoyillariga soya solmasligi lozim.
G‘arb demokratiyasida ham xuddi shunday xususiyatlarni keltirib, uni G‘arbdagi hayot tarzi va ko‘nikmalariga nisbatan qiyosiy talqin etish mumkin, ayni paytda u ko‘proq “an’analar”ga emas, uni hisobga olgan holda qonunga, shaxs erkinligiga, SHarq nuqtai nazaridan yondashganda qonun asosidagi “individalizm”ga asoslanib, fuqaro siyosiy madaniyatiga chuqur singganligini ko‘ramiz. Bundan G‘arb demokratiyasi jamoani, milliy-ma’naviy xususiyatlarni mutlaqo tan olmaydi, u jamoatchilikdan ham, insoniy mehr-oqibat munosabatlaridan ham begona degan xulosa kelib chiqmaydi.
Umuman, demokratiyaning SHarqona va G‘arbona ko‘rinishlari ham milliy-ma’naviy xususiyatlarni e’tirof etadigan, unga tayanadigan umuminsoniy mohiyat kasb etadi. Demokratiyaning qanday shaklda bo‘lishidan qat’i nazar milliy-ma’naviy xususiyatlardan ozuqa oladi, unga tayansagina umuminsoniy qadriyatga aylanib boradi. Bu xalqlar hayotida muhim o‘rin tutadi va demokratik jamiyat qurishni kafolatlaydi.
Ko‘rinib turibdiki, demokratiya juda murakkab tushuncha. Demokratiyaning tabiati murakkab bo‘lishi bilan milliy va umuminsoniy xususiyatlarga ega ekan, uning mezonlari, jamiyatda qaror toptirish jarayonlari to‘g‘risida nima deyish mumkin?
Bugungi kunga kelib Evropa mamlakatlarida bir qator demokratik qadriyatlar shakllandi. YA’ni ularda bu qadriyatlarni shakllantirish orqali demokratiya shaxs, davlat, fuqaro va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar muvozanatini ta’minlamoqda va u quyidagi mezonlarda o‘z ifodasini topmoqda. Jahon siyosatshunoslari demokratiyaning quyidagi mezonlarini e’tirof etmoqdalar:
  1. Xalqlarning davlat va jamiyat hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan qonunlarning qabul qilinishidan xabardorligi;


  2. Xalqning qonunlarning qabul qilinishida bevosita yoki bilvosita ishtirok qilishining ta’minlanganligi;


  3. Xalqning qabul qilingan qonunlarning ijrosi ustidan nazoratining ta’minlanganligi;


Oddiy fuqaroning davlat, jamiyat hayoti va faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zini qiziqtirgan ma’lumotlarni bemalol olish uchun imkoniyatning yaratilganligi va h. k.


Bugungi kunda SHarqning ham o‘ziga xos davlatchilik an’analari, boshqaruv tizimi, idora usullari, hokimiyat tarmoqlari bo‘lgani, bu borada u G‘arbdan sira kam emasligi barchaga ayon bo‘lib qoldi.
Xususan, sharqona demokratiyaning bir qator ustuvor jihatlari mavjud. Bu – g‘oyaviy-falsafiy asosda shakllangan insonparvarlikdir. Masalan, bizning Forobiy, Amir Temur, Nizomulmulk, Alisher Navoiy kabi ajdodlarimizning siyosiy qarashlari negizida turli davrlarda o‘ziga xos siyosiy madaniyat shakllangan. SHarq siyosiy falsafasining muhim jihatlaridan biri – “meyor” tushunchasiga katta ahamiyat berilishidir. Aslida demokratiya – meyorga asoslangan siyosiy madaniyatdir. Bu meyor huquq va burch, erkinlik va tenglik o‘rtasida bo‘lgan muvozanatni ham anglatadi.
SHarqda odamlarning hokimiyatga va siyosiy munosabatlarga bo‘lgan munosabati azaldan o‘ziga xos xususiyat kasb etgan. Bu SHarqdagi siyosiy munosabatlarning nozik jihatlari bilan izohlanadi. Saylov tizimi, davlatchilik, siyosiy harakatlar, jamoatchilik fikri, ommaviy axborot vositalari – bularning barchasi SHarqda o‘z xususiyatlariga ega. Avvalo, bu xususiyatlar hokimiyatga bo‘lgan an’anaviy ishonch va ba’zan esa paternalizm qonuniyati bilan ifodalanadi. Tarixan SHarq mamlakatlarida siyosiy qarorlar kabul qilish va ularni amalga oshirishda mas’ul kishilar orqali, lekin bunda xalqning manfaatlari albatta hisobga olingan holda amalga oshirilgan. Ular xalqning “ishtirokida”, ya’ni turli miting, inqiloblar orqali bo‘lgan, ammo uning manfaatlarini hisobga olmagan holda qaror kabul qilgan qarorlardan ko‘ra ko‘proq samara bergan. SHu tufayli SHarq mamlakatlarida aksariyat hukmdorlar mudom “Xalq nima der ekan?”, “Mendan qanday nom qolar ekan?” degan mas’uliyat bilan siyosat olib borgan.
SHarqda siyosiy jarayon ishtirokchilari, ayniqsa, siyosiy etakchilarning o‘ziga xos makomi bor. Siyosiy rahbar nafaqat o‘ziga tegishli alohida imtiyozlarga, balki alohida mas’uliyatga ham ega. U nafaqat o‘z huquqlari, balki majburiyatlari buyicha ham asosiy og‘irliknio‘z zimmasiga olgan. SHu ma’noda, SHarq xalqlari hayotida adolat bosh mezonga aylanganki, odil va dono shox, hukmdor g‘oyasi “Avesto”dan hozirgi kunlargacha orzu bo‘lib kelgan. SHuning uchun Amir Temur faoliyatida “Kuch – adolatda” degan qoida ustuvor bo‘lgan. SHu tariqa, SHarq mutafakkirlari davlatni, avvalo jamiyat taraqqiyotidagi ikki muhim omil – ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash va ijtimoiy adolat mezonlarni amalga oshirish quroli deb tushungan. SHuni ham alohida ta’kidlash zarurki, SHarq da qonunchilik va meyoriy tizimlar ham ana shu maqsadlarga xizmat qilgan. Bunday an’ana Sohibqiron Amir Temur davridayok butun dunyo meyoriy tizimiga va Konstitutsiyachiligiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Amir Temur “Tuzuklar”i buning yaqqol dalili.
YAna bir masalaga alohida e’tibor berish zarur. SHarq xalqlari hayotida jamoatchilik fikri azaldan yuqori makom va martabaga ega bo‘lib kelgan. Ko‘pgina an’anaviy ijtimoiy institutlar, xususan, mahalla va boshqa o‘zini o‘zi idora qilish tashkilotlari asosan jamoatchilik fikriga tayangan. SHundan kelibchiqqan holda, ijtimoiy salmoqli fikrlarni jamoatchilik muhokamasiga olib chiqish ham an’anaviy yigilish joylarida – mahalla guzarlarida, choyxonalarda, karvonsaroylarda, to‘y-ma’rakalarda, tantanalarda, hasharlarda, hatto, mehmondorchilikda ham amalga oshgan. SHu bilan birga, jamoatchilik fikri har doim davlat qarorlari kabul qilishning muhim tarkibiy qismi bo‘lib kelgan. Hukmdorlar o‘z faoliyatlarining jamoat fikri tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga erishishga uringan, qaror kabul qilishdan oldin uni jamoatchilik rizosidan o‘tkazishga e’tibor berilgan.
Xullas, shularning barchasidan kelibchiqadigan bo‘lsak, SHarq xalqlariga, xususan, bizning mamlakatimiz aholisiga azaldan o‘ziga xos demokratik an’analar mavjud bo‘lgan. O‘z mentaliteti, mohiyatiga ko‘ra, umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan o‘ta xayrixoxligi tufayli, xalqimiz zamonaviy demokratik qadriyatlarni ham tez o‘zlashtirib olishi shubxasiz. Bu, albatta, xalqimizning tarixiy-ijtimoiy ana’nalaridagi demokratik g‘oyalar, tajribalar, xususan, jamoa demokratiyasi namunalari bilan ham bog‘liq.

Umuman, demokratiya qadimdan dunyoning turli mintaqalarida turlicha yo‘nalishda rivojlanib borgan. Uning muhim bir shakli esa aynan sharqona demokratiyadir. Demokratiya g‘oyalarining davlatlashgan ko‘rinishi ham qadimiy tarixga ega. Masalan, XIIIasrda Samarqandda hukmronlik qilgan sarbadorlar davlatida demokratiyaning ko‘pgina unsurlarini uchratish mumkin.


Tarixiy demokratiyaning ikkinchi yo‘nalishi jarayonli – siyosiy demokratiyadir. Uning jamiyat siyosiy tizimini xalqka yaqinlashtirish, siyosiy adolatsizliklarning oldini olish borasidagi ahamiyatini ta’kidlab o‘tish zarur.

Ijtimoiy demokratiya esa uchinchi bir tarixiy yo‘nalishdir. Bugungi davr demokratiyani islohotlar jarayoniga aylantirdi. SHu davrdan boshlab demokratiya keng ijtimoiy hodisa tusini oldi.


Demak, demokratiya asli tarixiy jarayonda vujudga kelgan bo‘lib, u inson faoliyatining turli jihatlariga nisbatan tatbik etiladi. SHu ma’noda, turlicha modellarda namoyon bo‘ladi. Buni o‘z davrining ilg‘or mutafakkirlari ham teran anglaganlari, ular demokratiya uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit, ya’ni mustaqil milliy taraqqiyot zaruratini alohida ta’kidlaganlar. Xususan, umrining deyarli ko‘p qismini Turkiston tarixini xolis o‘rganishga bag‘ishlagan, jadidchilik namoyondalarining g‘oyaviy yo‘lboshchisi, keyinchalik “qo‘rboshilik” harakatida ham faol qatnashib Turkiston xalqlari xayoti ravnaqi uchun o‘z jonidan ham kechishga tayyor bo‘lgan ulug‘ inson, tarixchi turkolog Ahmad Zakiy Validiy Tug‘on bu hakida shunday deb yozgan edi: “Demokratiyaning birdan-bir, yagona retsepti yo‘q. Uning maqsadi millatlarga va jamiyatlarga o‘z ixtiyorlariga muvofiq hayot kechirish imkoniyatini berishdadir. Demokratiya turli millatda turlicha bo‘lishi mumkin. Lekin uning asosiy bir sharti bor: millat va jamiyat orasidagi mas’uliyatga sheriklashib, shunga muvofiq ravishda ish qonunlariga buysunish kerak bo‘ladi. Inglizlarda, Amerikada, SHvetsiyada, Norvegiyada ish shu tarzda to‘zilgan. Rossiyada esa bu yo‘q. 1919 yilda yaxshigina demokratik partiyalar vujudga keldi, ammo bolsheviklar partiyasi tepagachiq diyu butun boshli partiyalarni yo‘q qildi va tarixda misli ko‘rilmagan mustabidlik tuzumini o‘rnatdi. Davlat ishida mas’uliyat hissining umumiyligi xalqning madaniy kamolotiga bog‘liq tarbiya va odat masalasi hamdir”.
Bugungi sharqona demokratiyada qadr, oqibat, andisha, kattalarga hurmat, ona zaminni ardoqlash borasida o‘ziga xoslik yaqqol namoyon bo‘ladi. Bular esa milliy istiqlol g‘oyasi amal qilishida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xo‘sh, O‘zbekiston demokratiyani shakllantirishning qanday yo‘lidan
bormoqda?
Birinchidan, demokratik jamiyatni barpo etishning xalqaro tamoyillari, dunyo hamjamiyati e’tirof etgan yo‘riqlari mavjud.
Bular:
  • fuqarolarning o‘z xohish-irodasini erkin ifodalashi;


  • ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi;


  • qonun ustuvorligi;


  • barcha fuqarolarning millati, elati, ijtimoiy kelib chiqishi va diniy e’tiqodidan qat’i nazar teng huquqliligi;


  • saylash va saylanish huquqi va boshqalar.


Bu yo‘l-yo‘riqlar barcha mamlakatlar Konstitutsiyalarida qat’iy belgilab qo‘yilgan. Biroq, ma’lum bir mamlakatda demokratiyani joriy etishda faqat shuning o‘zi kifoya qiladimi? Faqat shuning o‘zi aholi barcha ehtiyojlarini, ma’naviy-ruhiy olamini qamrab ola oladimi? Yo‘q! CHunki, har bir xalqning o‘z turmush tarzi, tarixiy an’analari, hayotga munosabati va boshqa jihatlaridan kelib chiqib, demokratiyaga yondashish usuli bor. SHu ma’noda O‘zbekistoning birinchi Prezidenti Islom Karimov: “SHarqda demokratik jarayonlarning qadimdan shakllangan o‘ziga xos va o‘ziga mos xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bo‘lmaydi.


YA’ni SHarqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi. Bu sohada inqilobiy o‘zgarishlar yasashga urinishlar g‘oyat nohush hatto fojiali natijalarga olib keladi. Inqilobni g‘arb olimlari ham “ijtimoiy taraqqiyotning ibtidoiy va yovvoyi shakli” deb ataganlar. Tabiiyki, bunday yo‘l bizga aslo to‘g‘ri kelmaydi”, deganida demokratiyani joriy etishning yurtimizda o‘zbekona tamoyillari shakllanayotganligini ko‘rsatgan edi. Ikkinchidan, O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, bir qator demokratik taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatlar - jumladan, Turkiya, Germaniya, Angliya, Fransiya kabi rivojlangan mamlakatlarning demokratik taraqqiyot yo‘llari bilan tanishdi. Bu mamlakatlarda demokratiyaning ibratli va o‘rganishga arzirli tajribalari mavjud. Ammo demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlagan har bir davlat o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlab olishi kerak degan xulosaga keladi. YA’ni har bir millat o‘z milliy ruhiyatidan kelib chiqib bu masalaga yondashishi darkor. Ayniqsa, o‘zbeklar singari juda qadimiy millat va juda boy an’analarga ega bo‘lgan xalq ehtiyojlarini hisobga olish darkor. Tarixiy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, demokratik jarayonlarni chetdan nusxa olib ko‘r-ko‘rona ko‘chirish aslo yaramaydi. Bunday yo‘lni tanlash xatarli oqibatlarga olib keladi .
Uchinchidan, demokratiyani ko‘r-ko‘rona joriy etib bo‘lmaydi. YUqorida ta’kidlaganimizdek, G‘arb demokratiyasini SHarq mamlakatlariga ko‘r-ko‘rona ko‘chirish mumkin emas. Uni ko‘chirish yoki unga taqlid etish kutilmagan fojialarga olib kelishi mumkin. Qolaversa, har bir xalqning fikrlash darajasi voqea va hodisalarga munosabati, uni baholash tarzi, o‘zining tarixiy kelib chiqishi, qadimiy an’analar asosida shakllangan turmush tarzi va tabiati bilan belgilanadi. G‘arb demokratiyasida ochiqdan-ochiq munosabat, SHarq demokratiyasida esa aksincha - andishalilik, G‘arbda ota-onasini sensirash, SHarqda esa o‘zidan kattalarga, rahbarga hurmat bilan qarash, vazminlik bilan ish tutish an’analari mavjud. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, hayot tarzi, an’analar, hamma vaqt har bir mamlakat xalqlarining xulq atvorini shakllantiradi.
Ayrimlar O‘zbekistonni AQSH va boshqa rivojlangan mamlakatlardagi ahvol bilan solishtiradilar. Bu solishtirish mutlaqo noto‘g‘ri. Birinchidan, mazkur mamlakatlarda demokratiya to‘liq shakllangan deb hech kim ayta olmaydi. Qolaversa, bu mamlakatlarda inson huquqlari davlat va fuqaro o‘rtasidagi munosabatlar borasida to‘p-langan tajribalar, amalga oshirilgan ishlar 200 yildan ortiq vaqt mahsuli ekanligini esdan chiqarmaslik lozim.
AQSH da liberal-demokratik institutlar bilan bog‘liq respublika qurilishi XVIII asr oxirlarida qaror topgan bo‘lsa, Fransiyada uzil-kesil XIX asrning oxirlarida amalga oshirilganligini ko‘rish mumkin. Italiya va Germaniyada esa demokratiya ikkinchi jahon urushidan keyin, G‘arbiy Evropaning uchta mamlakati: Gretsiya, Portugaliya va Ispaniyada XX asrning 70-yillari o‘rtalarida, SHarqiy Evropada demokratlashuv jarayoni 80-yillarning oxiriga to‘g‘ri keladi.
Mustaqil O‘zbekistonda tarixan qisqa vaqt ichida G‘arb davlatlaridagidek keng miqyosli tadbirlarni amalga oshirishni talab etish aqlga sig‘maydi. Odamlar dunyoqarashi fikrlash tarzi va onglilik darajasini bir kun yo bir yilda o‘zgartirish mumkin emas. Bu uzoq davom etadigan jarayondir. Demak, demokratiya o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi. Demokratiyaga tinimsiz aqliy va jismoniy mehnat qilib, ter to‘kib, hayotning achchiq-chuchugini obdon totib, qiyin, aytish mumkinki, hatto fojiali tajribalarni ham boshdan o‘tkazib, og‘ir sinov va kurashlarga mardona bardosh beribgina erishish mumkin.
SHu jihatdan olganda mamlakatimiz rahbari tomonidan ma’muriy buyruqbozlik tizimi emirilgandan keyin paydo bo‘lgan qiyinchiliklarni engish va mamlakatimizning bevosita demokratik taraqqiyot tomon yo‘l tutishi uchun zarur bo‘lgan nazariy asoslarning belgilanishi jamiyatimizda o‘tish jarayonlarining boshlanishi uchun etakchi manba bo‘lib xizmat qilganligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.
Bu o‘rinda shuni alohida ta’kidlash lozimki, demokratiyalashayotgan jamiyatning konseptual o‘lchamlarini aniqlab olishda, albatta, emirilgan totalitar tuzumning xususiyatlari va undan qolgan asoratlar qanchalik chuqurligi masalasini e’tiborga olish alohida o‘rin tutadi. Zeroki, eski tartibot oqibatlari tartibot tugatil-gandan keyin ham bir qancha muddat saqlanib qoladi va faqat demo-kratiyalashuv jarayonlarining chuqurlashuvi bilan bartaraf qilib boriladi. SHu bois bevosita demokratiyaga o‘tish vazifalari tarkibi-dan eski totalitar yoki avtoritar tartibot oqibatlarini tugatishmasalalari ham albatta o‘rin olishi zarur bo‘ladi.
SHuningdek, jamiyat demokratiyalashuvining konseptual asoslarini hal qilishda demokratiya va demokratiyalashuv borasidagi eng zamonaviy tendensiyalardan kelib chiquvchi omillarning e’tibordan chetda qolmasligi masalasi ham bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bu o‘rinda A. Pshevorskiyning “Demokratiya bu – noaniqliklar saltanatidir”,1 degan fikrining zaminida katta mazmun yashiringanligini alohida ta’kidlab o‘tish o‘rinlidir. Olim e’tirof qilgan noaniqliklar hajmini imkon darajada qisqartirib borishga intilish natijasidagina ko‘zlagan maqsad yo‘lida ijobiy natijalarga erishish mumkin bo‘ladi.
YUqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib shunday xulosa qilish mumkin: demokratiya dunyo taraqqiyotida umuminsoniy qadriyat sifatida turli xalqlar, millatlar tafakkuri va turmush tarziga singgan, e’tirof etilgan va shunga mos e’tibor berilayotgan amal qilib kelinayotgan boshqaruv uslubidir. Ayni paytda, ana shu umumiy qonuniyatning ikkinchi muhim jihatini hisobga olmaslik ham mumkin emas. Bu har bir xalqning hayot tarzi, mentaliteti, demokratiyani his etish, anglash va unga amal qilish xususiyatining mavjudligi bilan bog‘liq. Hamma mamlakatlarbop yagona demokratik davlat barpo etish andozasi yo‘q. Birini ikkinchisidan ustun qo‘yish mumkin emas. Umuminsoniy qadriyatga aylangan demokratiyaning hamma uchun muhim va ahamiyatli bo‘lgan jihatlarini tan olib, uning har bir xalq milliy-ma’naviy ruhiyati asosida qaror topishi va umuminsoniy hodisaga aylanishini e’tirof etish lozim. YA’ni demokratiya milliylikni, milliy ruhiyatni hisobga olmasa, unga tayanmasa o‘z mohiyatiga zid bo‘lib qoladi.
Jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonini yanada chukurlashtirish milliy g‘oyaning amal qilish tamoyillaridan biridir.
Demokratik prinsiplarning milliy g‘oya maqsadlari bilan o‘zaro bog‘liqligini eng avvalo bizning g‘oya va mafkuramizning dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning demokratik andozalariga, xalqaro huquq qoidalariga to‘la mos keladigan quyidagi tamoyillar asosida amal qilishi bilan izohlash mumkin:
  1. umuminsoniylikning ustuvorligi;


  2. milliy qadriyatlarga sodiqlik;


  3. insonparvarlik;


  4. vijdon erkinligi;


  5. fikrlar rang-barangligi;


  6. demokratiya, kuchli davlatdan – kuchli jamiyatga o‘tish;


  7. jamiyat hayotini erkinlashtirish va boshqalar.


Mamlakatimizda insonparvar va demokratik jamiyat barpo etilmoqda.Biz xalqimizning muqaddas qadriyatlari hamda ulkan tarixiy merosiga tayanib, shuningdek, umume’tirof etilgan demokratik tamoyil va meyorlarga rioya qilgan holda, insonparvar jamiyat barpo etmoqdamiz. Bugunga kelib mustabid tuzum asoratlaridan, uning g‘ayriinsoniy g‘oyalaridan, shuningdek, yakka mafkurachilik amalidan xalos bo‘ldik.


Hozirgi murakkab rivojlanish bosqichida O‘zbekistonning demokratik istiqbolini jamiyatda insonning tub manfaatlariga mos ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish orqaligina ta’minlash mumkin. Bunda inson va jamiyat manfaatlari uyg‘unligini belgilab beruvchi tayanch nuqta va jipslashtiruvchi kuch – milliy g‘oyaning insonparvarlik va demokratik tamoyillari bo‘lib hisoblanadi.
Millat tafakkuri, ruhiyati va fikrlash tarzi qarashlar xilma-xilligini aslo inkor etmaydi. Xalqimizning “Kengashli to‘y tarqamas” degan maqoli ham fikrimizni tasdiqlaydi. Umumbashariy demokratik tamoyillarning hayotimizdan mustahkam o‘rin olishi ma’naviy kuch-qudratimiz timsoli bo‘lgan milliy g‘oyada aks etgan insonparvar tuzum, barqaror taraqqiyot, xavfsizlik, milliy davlatchilikning ma’naviy tayanchlari nechog‘lik mustahkam bo‘lishiga bog‘liq.O‘zbekiston Konstitutsiyasida va mamlakatimiz qonunlarida fuqarolarimizning huquqlari to‘la kafolatlangan. Bu huquqiy asosga tayangan holda g‘ayriinsoniy qarashlarning hayotimizga ta’siridan mutlaqo xalos bo‘lish, millatning kuch-qudratini zaiflashtiruvchi ayrim ma’naviy nuqsonlarga barham berish jarayoni izchil amalga oshirilishi kerak. Bu esa demokratiya mohiyatini tom ma’noda anglab etishni, hokimiyat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar tizimi va madaniyatini yuqori saviyaga ko‘tarishni talab etadi.
Milliy g‘oyada ilgari surilgan maqsadlarning demokratik prinsiplar bilan hamohangligini unda quyidagi tamoyil va g‘oyalar o‘z ifodasini topganligi bilan ham asoslash mumkin:



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling