Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi


Hayotni erkinlashtirish –


Download 0.58 Mb.
bet37/71
Sana16.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1679337
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71
Bog'liq
Milliy g‘oya O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi-www.hozir.org

Hayotni erkinlashtirish – milliy istiqlol g‘oyasini xalqimiz qalbi va ongiga singdirishning muhim shartidir. Milliy istiqlol g‘oyasi siyosiy voqelikni uyg‘unlashtirib, turli shaxslar, ijtimoiy guruhlar ehtiyojlarini mutanosiblashtiradi, ularni mavjud imkoniyatlar asosida bir-biri bilan yaqinlashtiradi va shu ma’noda demokratik qadriyatlarning nufuzini oshiradi. Kishilar ongini mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, maxdudlik kabi ijtimoiy illatlar asoratidan poklash, yot g‘oyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish, mafkuraviy kurashda to‘g‘ri yo‘l tanlash va jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish milliy g‘oyaning xalqimizning qalbi va ongiga teran singdirilishi bilan bog‘liq. Milliy istiqlol g‘oyasini amalga oshirish kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari borish konsepsiyasiga asoslanadi va undan kelib chiqib, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishda manfaatlar uyg‘unligini ta’minlovchi omil bo‘lib xizmat qiladi.

Milliy istiqlol mafkurasi shaxs erkinligi g‘oyasiga tayanadi. O‘z xak-huquqini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo‘layotgan vokea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni paytda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan insongina milliy g‘oya tamoyillarini to‘g‘ri baholay oladi. Erkinlashtirish jarayonida inson xak-huquqini ta’minlash, gumanizm va umuminsoniy qadriyatlarga rioya etib yashash jamiyatimiz hayotining asosiy mezoniga aylanib bormoqda. Jamiyatda loqaydlik, beparvolik, boqimandalik, poraxurlik kabi illatlarning payini kirkish, odamlar qalbida yuksak ishonch va e’tiqodni qaror toptirish, axloqan pok, ma’naviy boy, ijtimoiy faol, jismonan bakuvvat avlodni voyaga etkazish, ularda vatanparvarlik, mehnatsevarlik, odamiylik kabi olijanob fazilatlarni tarbiyalash milliy g‘oya ta’sirchanligini oshiribgina qolmay, demokratik jamiyat barpo etish borasidagi intilishlarimiz samaradorligini ham oshiradi.
SHu o‘rinda erkinlik kategoriyasining ijobiy va salbiy jihatlarga ega ekanini ham ta’kidlash zarur. Uning ijobiy jihati shaxsning o‘z manfaatlariga muvofiq ravishda harakat qilish imkoniyatini ifodalaydi. Bunda shaxs biror-bir moddiy va ma’naviy ne’matga intilib, shu yo‘lda zarur harakatlar qilishi mumkinki, bu xatti-harakatlar o‘z navbatida boshqalarning intilish va manfaatlariga zid kelmasligi kerak. CHunki adolat chegarasi, erkinliklar meyori aynan shu asosda shakllanadi. Aksincha, shaxsning xatti-harakati tashqaridan bo‘ladigan ta’sirlardan butunlay xoli bo‘lgan, u o‘z maqsadlariga erishish jarayonida hech bir aks ta’sirni tan olmagan taqdirda erkinlikning salbiy jihati namoyon bo‘ladi. CHunki bu jarayonda «kimningdir va nimaningdir hisobiga erkinlikka erishish» holati sodir bo‘ladi. SHaxs bu munosabatlarni to‘g‘ri baholamagan taqdirda u o‘z xatti-harakatlari bilan adolatning bo‘zilishiga sabab bo‘ladi. Albatta, erkinlikning har ikki jihati o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud. Lekin shu bilan birga, ular o‘rtasida murakkab, ziddiyatli va xatto qarama-qarshi munosabatlar ham mavjud.
SHaxs erkinligini erkinlikning aynan ana shu ijobiy va salbiy xususiyatlaridagi muvozanat belgilaydi. SHarq va G‘arb jamiyatshunoslari avvaldan shaxs erkinligining ruhiy-falsafiy (Alisher Navoiy, Bedil), ijtimoiy-ruhiy (Forobiy, Lebon, Tard, Ortega-I-Gasset), ruhiy individual (Freyd), kontraksion (Dyui, Mid), xatti-harakatli (Veber), sotsiometrik (Moreno), ijtimoiy (Frankfurt maktabi), fenomenologik (SHyus), begonalashuv (Fromm), anomik (Dyurkgeym, Merton), manfaatli (Rassel), ziddiyatli (Darendorf), ekzistensial (Xabermas) talqinini bayon etib kelganlar. Ammo hozirda masalaning tub mohiyatini shaxsning ijtimoiy bir butunlikka intilishi, jamiyat bilan uyg‘unlashishga moyilligi, ya’ni integratsiyalashuv muammosi tashkil qilmoqda. SHaxs erkinligini ta’minlashda siyosiy va huquqiy institutlarning demokratik asosdagi tizimini shakllantirish muhimdir. SHu bilan birga bunda xususiy tadbirkorlik faoliyatiga, bozor munosabatlari jarayonida shaxsning ijtimoiy faolligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Fikrimizcha, O‘zbekiston Konstitutsiyasida inson erkinligiga o‘zining to‘g‘ri, makbul talkinini topgan, ya’ni unda erkinlik boshqalarga zarar keltirmaydigan faoliyat sifatida baholangan. Zero, jamiyat va davlat, ijtimoiy tuzum va siyosiy institutlar o‘rtasidagi munosabat individ, ijtimoiy birliklar va guruhlar o‘rtasidagi munosabatlarga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lib, ularning barchasi milliy g‘oya tamoyillari asosida uyg‘unlashtirishni talab etadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda hokimiyat va boshqaruv idoralari faoliyati samaradorligi oshirilmoqda, jamoat tashkilotlarining yangi kiyofasi shakllanmoqda, ta’bir joiz bo‘lsa, siyosiy tizim modernizatsiyasi yuz bermoqda. Bu jarayonga milliy istiqlol g‘oyasi tamoyillarini uzviy tarzda singdirib borish va ularni demokratik institutlar faoliyatining tarkibiy qismiga aylantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mustaqillik – bu huquq, Konstitutsiya esa mazkur huquqning asosidir. Bundan chorak asr muqaddam – yosh davlatimiz endi oyoqqa turib kelayotgan qaltis va nozik bir vaziyatda Asosiy qonunimiz umume’tirof etilgan demokratik prinsiplar bilan birga, xalqimizning bebaho qadriyatlari va boy davlatchilik tajribasi asosida ishlab chiqildi. Konstitutsiyamiz jahon hamjamiyatida zamonvaiy demokratik qonunchilik namunasi sifatida e’tirof etilishi esa yanada g‘urur bag‘ishladi.


Albatta, Konstitutsiyamiz yaratilishi va hayotimizga tatbiq etilishida buyuk davlat va siyosat arbobi, mustaqil davlatimiz asoschisi, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov­ning xizmati beqiyos. Xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi va butun hayotini tubdan o‘zgartirgan ushbu muhim hujjatni ishlab chiqishda Birinchi Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidentining konseptual ahamiyatga ega, teran fikrlari mustahkam zamin bo‘lgan.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi xalqimizning irodasini, ma’naviyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini o‘zida yaqqol aks ettirgani tufayli xalqimiz hayotida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarga mustahkam huquqiy asos bo‘ldi. Bosh qomusimiz ko‘plab demokratik davlatlarda mavjud Konstitutsiyaviy qurilish sohasidagi ilg‘or yuridik tajribaning eng yaxshi jihatlarini, milliy manfaatlarimiz va intilishlarimizdan kelib chiqqan holda dunyoning barcha mintaqasidagi 100 ga yaqin mamlakatda to‘plangan ilg‘or Konstitutsiyaviy tajribalarni o‘zida mujassam etgani bois ham mamlakatimiz xalqaro hamjamiyatda tezda o‘z o‘rnini topdi.
Konstitutsiyamizda “Inson va uning qadr-qimmati” degan ulug‘ tushuncha markaziy o‘ringa qo‘yilgani natijasida o‘tgan davrda “Islohot islohot uchun emas, inson uchun!” degan qoida hayotimizga chuqurroq singib bordi. Ayniqsa, o‘tgan bir yil davomida – Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida mamlakatimizda Prezident SHavkat Mirziyoev boshchiligida amalga oshirilgan keng qamrovli va tizimli islohotlar “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan oddiy va aniq-ravshan tamoyilni demokratik davlat va adolatli jamiyat barpo etishning harakatlantiruvchi kuchiga aylantirdi. O‘tgan tarixan qisqa vaqtda – bir yilning ichida mamlakatimizda ajdodlarimizning donishmandlik an’analariga amal qilingan holda qat’iy islohotlarni amalga oshirishga kirishildi. Bu bilan O‘zbekistonning yangi qiyofasi shakllanmoqda, jamiyatimizda siyosiy faollik ortib bormoqda, barcha sohada chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda.Eng muhim tarixiy voqeliklardan biri – 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilingani bo‘ldi. SHu asosda davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishga, qonun ustuvorligini amalda ta’minlashga va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga kirishildi, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish yangi bosqichga ko‘tarilmoqda, ijtimoiy soha yanada taraqqiyotga yuz tutmoqda, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasida chuqur o‘ylangan keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Prezident SHavkat Mirziyoevning “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, “Xalq rozi bo‘lsa, ishimizda unum va baraka bo‘ladi” degan hayotbaxsh g‘oyalari tezda hayotimizga singib, o‘zining amaliy natijalarini bera boshladi. Oddiy odamlar bilan amaliy muloqotga kirishildi. Bugungi kunda barcha bo‘g‘indagi hokimlar, vazirlik va idoralar, prokuratura, sud-huquq va ichki ishlar organlari rahbarlari, deputat va senatorlar bevosita joylarga chiqib, o‘z faoliyati bo‘yicha xalq oldida hisobot bermoqda. Mahallama-mahalla, uyma-uy yurib, odamlarning hayotiy muammolarini o‘rganmoqda, ularni qonuniy asosda hal qilish uchun amaliy yordam ko‘rsatmoqda. “Insonlarning dardu tashvishlarini o‘ylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir” g‘oyasi qoidaga aylanmoqda.

Mamlakatimizda xalq bilan muloqot qilish va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha yangi tizimga asos solindi. Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari oddiy odamlarning najot qo‘rg‘oniga aylandi. Ming-minglab insonlarni yillar davomida qiynab kelgan muammolarga echim topilmoqda. O‘z navbatida, bu jarayonda xalq vakillari — deputatlarning ham eng chekka va olis qishloq, ovullarga qadar kirib borib, odamlar holidan xabar olib, ularni o‘ylantirayotgan masalalarga echim topishga kirishgani chindan ham xalq va davlat idoralarini bir-biriga yaqinlashtirish, muammolarga birga echim topish, fuqarolarning keng ko‘lamli islohotlar jara¸nida faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qilayotir.


Xalq bilan muloqotning noyob tizimi fuqarolarning davlat organlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosabat o‘rnatish imkonini berdi. Bir yil davomida sinovdan o‘tib, tobora takomillashtirilib borilgan ushbu mexanizm dunyo hamjamiyatiga chinakam demokratiya yo‘lidagi muvaffaqiyatlarimizdan biri sifatida namoyish etildi. SHavkat Mirziyoev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yuksak minbaridan turib, xalq hokimiyatini nomiga emas, balki amalda joriy qilish mexanizmlarini mustahkamlashni global maqsad sifatida belgilab, mamlakatimiz barcha hududida Prezidentning virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etilganini hamda hozirgi kungacha bir milliondan ortiq fuqarolarimiz bu qabulxonalar orqali o‘zlarining dolzarb muammolarini hal qilganini ta’kidlab o‘tdi.
Xalq hokimiyatchiligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot, ya’ni “fuqaro — davlat” g‘oyasida mujassam bo‘lgan eng muhim tamoyillardan biri hisoblanadi. Bu so‘nggi paytlarda mamlakatimizda barcha sohada kechayotgan islohotlarni o‘zaro uzviy bog‘lab turadigan asosiy negiz sifatida ko‘zga tashlanmoqda. Bu borada yurtdoshlarimiz hamjihatlikda mamlakatimizning yaqin istiqboldagi «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqqani hamda u jamoatchilik muhokamasidan so‘ng tasdiqlanganini eslashning o‘zi kifoya.
Bugun xalqaro ekspertlar alohida e’tirof etishmoqdaki, agar O‘zbekistonda boshlangan o‘zgarishlarning tub mohiyatini tushunishni istasangiz, Harakatlar strategiyasini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqishingiz kerak, shunda barchasini anglab olasiz. Aytish joizki, yurtdoshlarimizni, ochig‘i, ko‘p o‘ylatgan, ko‘nglini bir qadar bezovta qilgan, o‘ziga xos nozik muammo ham echimini topdi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, ko‘p sonli murojaatlar asosida o‘rganilib, maktablarda 10-sinf qayta tiklandi. Bu xalq xohish-irodasi mamlakatdagi islohotlar yo‘nalishlarini belgilab berayotganining yana bir yaqqol isboti, desak, ayni haqiqat. Davlatimiz rahbarining ezgu tashabbuslarida inson manfaatlari yurtimizda kechayotgan yangilanishlarning asosiy maqsadi sifatida aks etadi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, “xalq” va “mamlakat” – Mustaqil O‘zbekiston Prezidentining ma’ruzalari, nutqlarida eng ko‘p uchraydigan so‘zlar ekan. YUrtboshimizning 12 ta ma’ruzasida ushbu so‘zlar uch yuz martalab yangragan.
Prezidentning virtual qabulxonasiga birgina 2017 yil davomida 1,2 milliondan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Bu o‘zbekistonliklarning davlat rahbari hamda yangi institutga bo‘lgan yuksak ishonchini ko‘rsatmoqda. Binobarin, Virtual qabulxona allaqachon aholi muammolarini amalda hal qilishga qodir bo‘lgan mexanizmga aylanib ulgurdi.
Xorijiy ommaviy axborot vositalarida e’tirof etilganidek, SHavkat Mirziyoev ko‘plab amaldorlarni aylanib o‘tib, fuqarolarning shikoyatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qiladigan va Prezident devoniga etkazadigan Virtual qabulxonani tashkil etish orqali shu paytga qadar xalqdan uzoqlashib ketgan o‘zbek siyosiy modelini ijobiy ma’noda larzaga keltirdi. Natijada aksariyat amaldorlarning nafaqat qaror qabul qilishdan, balki oddiy insonlar muammolarini tushunishdan yiroqligi ham ayon bo‘ldi.
Bu tizimga moslasha olmagan amaldorlar xalq bilan muloqot vaqtinchalik aksiya emas, aksincha, xalq fikri har doim ustuvor bo‘lishini chuqur anglab etganlaridan so‘ng lavozimlarini tark etishdi. “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” tamoyilini hayotga tatbiq etishga, ishni soat mexanizmidek tashkil qilishga qodirlargina qoldi. Bu tamoyil odamlarning hokimiyat bilan to‘siqsiz muloqot o‘rnatishiga keng maydon hamda imkon beradi.O‘tgan yilning oxiriga kelib, ushbu ezgu ishlar ko‘lami yanada ortdi. Prezident Farmoni bilan har bir tumanda, shaharda davlat rahbarining Xalq qabulxonalari tashkil etilishi belgilandi. Bu davlat va fuqaro o‘rtasidagi muloqotni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqdi, jamiyatda adolat ildizlarini yanada chuqurroq mustahkamlashga, turli bo‘g‘indagi rahbarlar, amaldorlarni aholi bilan yaqinlashtirishga, murojaatlarning imkon qadar tezroq hal qilinishiga zamin yaratdi.
Qabulxonaga iqtisodiyot hamda tadbirkorlik, ijtimoiy rivojlanish, yoshlar siyosati, fuqarolar yig‘inlari va jamoat tashkilotlari, sud-huquq masalalari, kommunal xo‘jaligi hamda qurilish sohalari bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlar tezkorlik bilan rasmiylashtirilib, taalluqliligi bo‘yicha onlayn tarzda yuborilmoqda.
O‘tgan davr mobaynida Virtual hamda Xalq qabulxonalari mamlakatni yangilashning amaliy mexanizmiga aylandi. O‘zbekiston Prezidenti tomonidan o‘tkazilayotgan ko‘plab selektor yig‘ilishlari fuqarolarning kundalik hayotiga doir murojaatlarni ko‘rib chiqishga qaratilgan ishlarning borishi muhokamasidan boshlanadi.
Aholining haqli talablariga mas’uliyatsiz munosabatda bo‘lgan ayrim rahbarlar faoliyati tanqid qilinadi. Vaholangki, murojaatlarning katta qismini o‘z vaqtida tezkorlik bilan hal etish mumkinligi kundek ravshan. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, -shikoyatlarning 70 foizga yaqini bevosita mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari vakolatiga kiradigan masalalardir. Ammo ko‘p hollarda, ko‘tarilgan muammolar, taassufki, o‘z vaqtida hamda joyida hal qilinmasdan qolayotgani ham bor gap. SHuning uchun markaziy idoralarga sim qoqish, maktub yo‘llash holatlari ko‘p.
YUrtdoshlarimizning murojaatlari ayni paytda butun boshli sohalarda haqiqiy ahvolni ko‘rsatadigan indikator, jamiyat kayfiyatini o‘rganish barometri, tahlil, asosiy dasturilamal hujjatlar uchun noyob material hamdir. Masalan, sudlar va sudyalar faoliyati bo‘yicha qabulxonalarga kelib tushgan ko‘p sonli murojaatlar natijasida tizimda tub o‘zgarishlarga qo‘l urildi. Bunday yangilanishlarni sog‘liqni saqlash, ichki ishlar organlari, uy-joy kommunal xo‘jalik faoliyatida ham kuzatish mumkin.
Virtual hamda Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan elektron, yozma va og‘zaki murojaatlar, taklif hamda shikoyatlarga faqatgina javob qaytarilmasdan, ularda ko‘tarilgan muammolarni hal etish tizimli tahlil jarayonida umumlashtirilmoqda. Deylik, bir xil masalada minglab odamlar murojaat qilayotgan bo‘lsa, ular atroflicha o‘rganilib, tegishli takliflar ishlab chiqilmoqda. Pirovardida davlat darajasida qarorlar qabul qilishga asos yaratilmoqda.2017 yilning boshida kelib tushgan 7 mingta murojaatda fuqarolarimiz pensiya va boshqa ijtimoiy nafaqalar ularning roziligisiz plastik kartochkaga to‘liq o‘tkazib yuborilayotganiga e’tiroz bildirishgan. Ushbu muammoning tizimli echimi sifatida davlatimiz rahbarining “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Fevral oyidan barcha turdagi pensiyalar naqd pulda berila boshlandi, talabalar stipendiyalarining kamida 50 foizi naqd shaklga o‘tkazildi. 58 ta tog‘li hamda olis tumanda, ya’ni to‘lov terminallari va bank apparatlari tizimi yaxshi rivojlanmagan tumanlar aholisiga ijtimoiy to‘lovlar ham naqd shaklda berilishi yo‘lga qo‘yildi.
Xatlar hamda telefon qo‘ng‘iroqlari va Prezident devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati tomonidan viloyatlarda tashkil etilayotgan sayyor qabullari asosida nogironlarni uy-joy bilan ta’minlashning adolatli hamda shaffof tizimi yaratildi. Bunday kishilar fuqarolar yig‘ini, xotin-qizlar qo‘mitasi va oqsoqollarning qarori bilan uy-joyga muhtojlar ro‘yxatiga kiritiladi. Qarangki, shu paytgacha o‘z oilasi bilan qarindosh-urug‘larinikidan panoh topgan yoki qo‘shnilar, tanishlarinikida yashashga majbur bo‘lgan nogironlar istihola qilib, tegishli idoralarga murojaat etishmagan ekan. Ularning ahvoli uyma-uy yurib, so‘rab-surishtirilganda ma’lum bo‘ldi.
Murojaatlar “o‘ntaligi”ning keyingi qatoridan fuqarolik bilan bog‘liq masalalar o‘rin oldi. Ularning har birida rasmiyatchilik mashmas’halaridan charchagan insonlarning qalb nidosi yashirin. SHu “dard” bilan Virtual qabulxonaga murojaat qilganlar soni 17,5 ming kishidan ortiq bo‘ldi.2017 yil avgust oyida qabul qilingan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan qaror xalq bilan muloqotning mantiqiy davomi bo‘ldi. Har bir hudud “mahalla – tuman (shahar) – viloyat– respublika” tamoyili asosida ishlovchi sektorlarga bo‘lindi. Endi qoraqalpog‘istonlik o‘qituvchilar, qashqadaryolik chorvadorlar, samarqandlik quruvchilar, poytaxtning shifokoru ziyolilari, qisqasi, hamma – yoshu qari o‘z qishlog‘i va shahridagi bunyodkorlik ishlariga o‘zlari bosh bo‘lmoqdalar.
Mazkur islohotning bosh maqsadi – kerakli chorani oldindan ko‘rish, davlat hokimiyati idoralarining chinakkam ma’noda xalq uchun ishlashini ta’minlash. Zotan, davlat hokimiyati idoralarining xalq uchun ishlashi – demokratik taraqqiyotning ustuvor talablaridan biridir.



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling