Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi


Download 0.58 Mb.
bet58/71
Sana16.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1679337
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   71
Bog'liq
Milliy g‘oya O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi-www.hozir.org

Terrorizm – jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish, aholining keng qatlamlarida vahima va qo‘rquv uyg‘otishga qaratilgan siyosiy kurashning o‘ziga xos usulidir. U yashirin tusdagi tashkilotlar tomonidan beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadida qo‘llaniladi. Terrorchi uyushmalar ommaviy bo‘la olmagani uchun ham ko‘p hollarda aholining keng qatlamlari nomidan harakat qilish taassurotini uyg‘otish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadi.
Terrorizmning asosiy xususiyati – bunday harakat tarafdorlarining “zo‘rlik bilan davlatni qulatuvchi va hokimiyatga erishishni osonlashtiruvchi parokandalikka olib keladi”, - degan g‘oyaga asoslanib harakat qilishlarida yaqqol ko‘rinadi. Terrorizmning yana bir xususiyati hech qanday urush bo‘lmayotgan, tinchlik hukmronlik qilayotgan, jamiyatda demokratik institutlar faoliyat ko‘rsatayotgan bir sharoitda muqobil usullarni atayin inkor etgan holda, siyosiy masalalarni zo‘rlik bilan hal qilishga intilishda namoyon bo‘ladi. Amerikalik mutaxassis B.Jenkins terrorizmni, eng avvalo, qurbonlardan ko‘ra ko‘proq guvohlarga yo‘naltirilgan va vahima uyg‘otishga qaratilgan zo‘rlik, deb baholaydi. Boshqa bir amerikalik siyosatshunos J.Lojning ta’rifiga ko‘ra ham terrorizm bevosita qurbonlardan ko‘ra ko‘proq odamlar fikriga ta’sir o‘tkazish uchun qilinadigan tahdid yoki kuch ishlatishdir.
Zamonaviy terrorizmning ikkita alohida xatarli xususiyatini ajratib ko‘rsatish mumkin: bir tomondan, u tobora shafqatsizroq g‘ayriinsoniy mohiyat, ikkinchi tomondan, aqlga sig‘dirish qiyin bo‘lgan jug‘rofiy ko‘lamlar kasb etib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi dunyoda 500 ga yaqin terrorchilik tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Har kuni dunyoning u yoki bu burchagida kimlarnidir qo‘rquvga solish orqali muayyan maqsadlarga erishishni ko‘zlagan, kamida ikkita qo‘poruvchilik amalga oshirilmoqda.
Xalqaro terrorizm. Xalqaro terrorizm tushunchasi davlatlar, xalqaro tashkilotlar, siyosiy partiya va harakatlarni beqarorlashtirishga qaratilgan siyosiy qo‘poruvchilik faoliyatini ifodalaydi. U alohida siyosiy arboblarni o‘ldirish yoki ularga qasd qilish orqali xalqaro ijtimoiy-siyosiy aks-sado beradigan buzg‘unchi siyosiy harakatlarni ifodalash uchun ham ishlatiladi.
Terrorchilik harakatlarining:
- xalqaro huquq himoyasidagi ob’ekt yoki sub’ektlarga qarshi qaratilgani;
- mustaqil davlatlarchegaralarinibuzish orqali amalgaoshirilishi;
- a’zolari ikki yoki undan ortiq davlat fuqarolari, shu jumladan, yollanma shaxslar bo‘lgan ektremistik guruhlar tomonidan sodir etilishi;
- ekstremistik guruhlar tarkibida qo‘poruvchilik harakatlari bo‘yicha xorijlik yo‘riqchilarning qatnashishi;
- ekstremistik guruh a’zolarining boshqa davlatlar hududida tashkil etilgan maxsus lagerlarda tayyorgarlik ko‘rishi;
- tayyorgarlik ko‘rish va qo‘poruvchilikni sodir etishda xorijiy davlatlar va ekstremistik uyushmalar yordamidan, xalqaro tus olgan noqonuniy qurol-yarog‘ savdosi va narkobiznesdan keladigan moliyaviy manbalardan foydalanishi uning xalqaro terrorchilik xuruji ekanini ko‘rsatuvchi asosiy belgilardan hisoblanadi.


Terrorizmning moliyaviy manbalari. Ayni paytda, terrorchi tashkilotlar daromad orttirish maqsadida bosqinchilik, tovon undirish, giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi, qimmatbaho metall va toshlar kontrabandasi, soxta pul va qimmatli qog‘ozlar ishlab chiqish, shuningdek, fohishabozlik uylari va qimorxonalar ochish hamda totalizatorlar tashkil qilish kabi jinoiy usullardan keng ko‘lamda foydalanadilar. SHu bilan bir qatorda, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, transmilliy jinoiy guruhlar giyohvand moddalar savdosidan yiliga 400 milliard dollar daromad oladi va ushbu mablag‘ning bir qismi terrorchilik guruhlari ixtiyoriga o‘tkaziladi. Homiy davlatlar, turli diniy, xayriya tashkilotlari va alohida shaxslar, shuningdek, YAqin SHarq va G‘arb davlatlaridagi ba’zi ijtimoiy guruhlar tomonidan maqsadli yig‘iladigan pullar terrorchi guruhlarning tashqi moliyaviy manbalari hisoblanadi.
Xalqaro terrorizmbilanbirdavlat o‘zi kurashaolmaydi. Butundunyo mamlakatlari bu “vabo”ga qarshibirgalikdakurashishlari zarur. Xalqaro va milliy qonunchilikni va huquq-tartibotni mustahkamlash hamda xalqaro terrorizmga qarshi kurashish samarali bo‘lishi uchun xalqaro hamjamiyat tomonidan qator universal va regional konvensiyalar qabul qilingan.



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling