Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi


Download 0.58 Mb.
bet33/71
Sana16.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1679337
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   71
Bog'liq
Milliy g‘oya O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi-www.hozir.org

Internet saytlari
1. www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali.
2.www.lex.uz–O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.
3. www. O‘zA.uz.
4. www. mfa.uz.
5. www. ZeoNet.uz.

5-MAVZU: MILLIY G‘OYA – O‘ZBEKISTON DEMOKRATIK TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI



REJA:
  1. Demokratiya va milliy g‘oya, taraqqiyotning o‘zaro bog‘liqligi


  2. Demokratiyaning SHarqona va G‘arbona talqini


  3. SH.M.Mirziyoevning davlat hokimiyati idoralarining xalq uchun ishlashi, inson manfaatlari ustuvorligi g‘oyasi va uning ahamiyati





Tayanch tushuncha va iboralar:
Demokratiya, xalq hokimiyati, demokratlashuv, demokratik g‘oyalar, SHarqona demokratiya, G‘arbona demokratiya, demokratik prinsiplar, demokratik taraqqiyot, demokratik tuzum, demokratiya konsepsiyasi, demokratik–huquqiy islohatlar, bozor iqtisodiyoti, siyosiy munosabatlar, tarixiy demokratiya, insonparvar va demokratik jamiyat,vijdon erkinligi, jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayoni, xalq bilan muloqot va hk.

Hozirgi kunda dunyoda 200 dan ortiq davlat mavjud bo‘lsa, ularning 160 ga yaqini demokratik taraqqiyot yo‘lidan bormoqda. Bu davlatlarda demokratiya milliy va umumbashariy qadriyat sifatida qaror topganligi dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda. Aynan hozirgi davrga kelib, demokratiya insoniyat hayot tarzining eng maqbul rivojlanish yo‘li ekanligini dunyo jamoatchiligi tomonidan e’tirof etilayotganligi demokratiyani milliy va umumbashariy qadriyat sifatida o‘rganishni taqozo etayotgan sabablardan biridir.


“Demokratiya” so‘zi grekcha so‘z bo‘lib “xalq hokimiyati” degan ma’noni anglatadi. SHu nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, demokratiyaning asosiy belgisi alohida olingan u yoki bu mamlakatda xalqni oliy hokimiyatning manbai ekanligini amalda e’tirof etishdir. Ayni paytda, turli xalqlar demokratiyaning shakli va mazmunini turli davrlarda turlicha talqin etishgan. Demokratiyaning antik davrdagi talqini bilan hozirgi zamon talqini aynan bir xil emas.
G‘arb olimlarining ta’kidlashicha, hozirgi vaqtga qadar demokratiya to‘g‘risidagi to‘plangan ta’rif va tasniflar soni qariyb 550 tadan ortiqdir.1
R.Dal e’tirof qilganidek, “demokratiyaning tabiati ikki yarim ming yildan beri har tomonlama muhokama qilib kelinmoqda, bir qarashda ushbu muddat barchani qoniqtiradigan demokratiya g‘oyalari yig‘indisini ishlab chiqish uchun bemalol etarlidek tuyuladi. Lekin bu amalga oshmadi. Yigirma besh asr davomida demokratiya g‘oyalari ilgari surildi, himoya qilindi, tanqid qilindi, yo‘q qilindi, keyin yana tiklandi, ammo ushbu hodisaning mohiyatini tashkil qiluvchi fundamental masalalar bo‘yicha yagona to‘xtamga kelingani yo‘q”.2
Demokratiya to‘g‘risidagi ta’riflarning barchasida demokratiyaning atributlari turlicha talqin qilingan. Lekin masalaning eng muhim tomoni shundaki, shu paytga qadar, jahon ilmiy fikriga demokratiyani jamiyatda joriy qilishning barcha uchun umumiy bo‘lgan qoidasini yaratdik, deb hech kim da’vo qilgani yo‘q. CHunki demokratiyaning mohiyatini tashkil qiluvchi umumiy belgilari va mezonlari bo‘lgani holda, har bir jamiyat masalaga o‘ziga xos imkoniyatlar va ularning xususiyatlaridan kelib chiqibgina yondosha oladi. Demokratlashuv jarayonining nihoyatda murakkabligi, uni amalga oshirish ko‘lamining kengligini nazarga oladigan bo‘lsak, bugungi kunda demokratiyani faqatgina siyosiy hokimiyatni amalga oshirish usuli sifatida qabul qilsak va shu eskirgan yondashuvdan kelib chiqib jamiyatda demokratiyani joriy qilishni tasavvur qilsak, albatta katta xatoga yo‘l qo‘yamiz. CHunki, bunda demokratiyaga o‘ta bir tomonlama yondashgan bo‘lamiz. Insoniyat to‘plagan tajribalardan ma’lumki, bunday usulda hali biror bir jamiyat demokratiyaga to‘liq o‘tolmagan.
Demokratiya va demokratlashuv muammosi bilan shug‘ullangan mutaxassislardan biri Djon Dyui demokratiyaga bunday tor yondashuvni qattiq tanqid qilgan. Uning fikricha, “...demokratiya avvalambor siyosiy boshqaruvning usuli emas, balki etakchi ravishda hayotni tashkil qilish usuli, turmush tarzidir”.1 Bugungi kunda demokratlashuv jarayoni bilan bog‘liq nazariyalar, ma’lumotlar ko‘pchiligi bois, demokratiyaga o‘tish vazifalarini hal qilish yo‘llarining xilma-xilligi oshib bormoqda va shuning uchun ham uning konseptual masalalari murakkabligiga qolmoqda.
Evropalik tadqiqotchi Adam Pshevorskiy ta’kidlaganidek, “demokratiyaga olib boruvchi yo‘llar turli-tumandir. Oxirgi natijada esa aynan qaysi yo‘lning tanlab olinishiga bog‘liq bo‘ladi”.2
Bir narsani alohida qayd qilish kerakki demokratik g‘oyalar turli xil milliy madaniy sharoitlarda yashay olish xususiyatiga ega. Bu degani, bir tomondan, demokratiya milliy xususiyatlarga ega bo‘lsa, ikkinchidan, u turli millatlar, xalqlar hayotidan, davlatchilik, an’analarda namoyon bo‘la oladi. O‘zining milliy-ma’naviy qadriyatlariga tayanmagan, uni hisobga olib, ayni paytda umuminsoniy qadriyatlar, prinsiplar bilan uyg‘un bo‘lmagan demokratiyani haqiqiy demokratiya deb bo‘lmaydi. Bu borada hozirgacha bahslar davom etib kelmoqda.
Demokratiya – xalq davlat hokimiyati manbai, deb tan olingan jamiyat siyosiy tizimining amalga oshirish uslubini anglatadi. Demokratik tuzum sharoitida ijtimoiy masalalar va davlat ishlarini hal etishda qatnashish va boshqarish uchun fuqarolarga keng imkoniyatlar, huquq va erkinliklar beriladi.

Demokratik tuzumning o‘ziga xos belgilari quyidagilardan iborat:
-umumsaylov orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri, yashirin saylov bilan davlat va o‘zini-o‘zi boshqarish mahalliy organlariga vakil saylash;
- xalq nomidan qonun chiqaruvchi parlamentning mavjudligi;
-hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud kabi tarmoqlarga bo‘linganligi;
-ko‘ppartiyaviylik, Konstitutsiya asosida davlat siyosatini yoqlaydigan va unga muqobil bo‘lgan partiyalarning faoliyat olib borishi;
-kamchilik ovozini hurmat qilgan holda ko‘pchilik ovozini qabul qilish.


Demokratiktuzumquyidagishart-sharoitlarning bo‘lishini taqozo etadi:
- fuqarolar tomonidan davlat ishlarini nazorat qilish tizimining mavjudligi;
-hokimiyatga ega bo‘lishda ortiqcha imtiyozlarga yo‘l qo‘yilmaslik;
- fuqarolarning o‘z vaqtida to‘liq siyosiy ma’lumotlar bilan ta’minlash imkoniyatlarining mavjud bo‘lishi;
- deputatlarni chaqirib olish va mansabdor shaxslar almashinuvi jarayonining sodda va tushunarli bo‘lishi;
-fuqarolarning teng huquqliligini kafolatlash va hokimiyat a’zolarini tanqid qilish huquqining mavjudligi.
Fuqarolar siyosiy va huquqiy masalalarda mustaqil qarorlar chiqarish, davlat hokimiyatining ularning manfaatlariga javob bermaydigan xatti-harakatlariga nisbatan qarshi chiqa olish huquqi va sharoitlariga ega bo‘lganda demokratik tuzum samarali faoliyat olib boradi.
Demokratiya siyosiy tuzumning eng murakkab turi hisoblanadi. ‘‘Demokratiya’’ atamasi ma’nosining o‘zgarib borishi insoniyat tarixini o‘zida aks ettiradi. Avvaliga demokratiyaga monarx yoki aristokratlar boshqaruvidan farqli ravishda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqaruv shakli sifatida qaralgan. Antik davrda demokratiya boshqaruvning “eng yomon” shakli sifatida ko‘rilardi. Demokratik rejimlar uzoq davom etmay oxlokratiya (to‘da, olomon boshqaruvi)ga o‘tib ketardi.
Demokratiya konsepsiyasi rivojida yangi bosqich buyuk fransuz inqilobidan so‘ng boshlandi. O‘sha davrdan boshlab demokratiyaga monarxiya va elitani rad qiluvchi, ijtimoiy-siyosiy yo‘nalish maqsadlarini shakllantiruvchi ijtimoiy fikr yo‘nalishi sifatida qaraladi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling