Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi


Umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi


Download 0.58 Mb.
bet36/71
Sana16.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1679337
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   71
Bog'liq
Milliy g‘oya O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi-www.hozir.org

Umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi – milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tamoyillaridan biridir. Fuqarolar ongida istiqlol dunyoqarashini shakllantirish, ularni ijtimoiy hayotdagi yangilanish vao‘zgarishlar jarayoniga keng jalb etish, zamon taraqqiyotidan ortda qolmasligiga erishish, jahon tajribasini, umuminsoniy demokratik qadriyatlar mohiyatini o‘rganishni talab etadi. Bu, odamlarning buyuk kelajak yaratish jarayoniga ishonchini mustahkamlashida, fuqarolarning siyosiy madaniyatini ustirishda, barqaror taraqqiyot muammolarini to‘g‘ri anglashida g‘oyaviy yo‘nalish bo‘lib xizmat qiladi.

Milliy istiqlol g‘oyasi erkin fuqarolik jamiyatiga o‘tish jarayonida xalq tasavvurini o‘zgartirish va yangicha ma’no-mazmun bilan to‘ldirish, huquqiy davlatchilikka xos tamoyillarni turmush tarziga aylantirishda umuminsoniy qadriyatlarga tayanadi. U xalqning orzu-umidlarini umummilliy darajada yuksaltirib, odamlarni umumbashariy intilishlarga tomon etaklaydi.



Jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish –milliy istiqlol g‘oyasining amal qilish tamoyillaridan biridir.Mamlakatimizda demokratik institutlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish uzoq muddatli jarayondir. Demokratiya g‘oyalarini shunchaki bayon qilish, yuqoridan tushirib joriy etish bilan odamlar ongida o‘zgarish qilib bo‘lmaydi. SHuning uchun ham O‘zbekisitonning birinchi Prezidenti Islom Karimov bu xususda quyidagicha ta’kidlagan edi: “Demokratiya jamiyatning qadriyatiga, har bir insonning boyligiga aylanmog‘i kerak. Bu esa bir zumda bo‘ladigan ish emas. Xalqning madaniyatidan joy ololmagan demokratiya turmush tarzining tarkibiy qismi ham bo‘la olmaydi. Bu tayyorgarlik ko‘rish va demokratiya tamoyillarini o‘zlashtirishdan iborat ancha uzoq muddatli jarayondir”.
Ammo bu yo‘lni imkon qadar qisqa muddatda bosib o‘tish, demokratiyani jamiyatning ustuvor qadriyatiga, uning barqaror taraqqiyotini ta’minlovchi muhim omilga aylantirish, bir tomondan jahon xalqlari demokratik an’analarini puxta o‘rganish va o‘zlashtirishni, ikkinchi tomondan ajdodlarimizning adolatli jamiyat barpo etish borasidagi qarashlarini bugungi kunga moslashtirib, milliy qadriyatlarimiz zaminida joriy etishni taqozo qiladi.
Boshqacha aytganda, har bir jamiyat, davlat o‘zi uchun mos demokratik taraqqiyot yo‘lini o‘zi tanlaydi. O‘zbekiston ham o‘zi uchun maqbul demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling