Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi


Download 0.58 Mb.
bet39/71
Sana16.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1679337
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   71
Bog'liq
Milliy g‘oya O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi-www.hozir.org

Elektron manbalar:
  1. www. tdpu. uz


  2. www. Ziyonet. uz


  3. www. edu. uz


  4. www. ma’naviyat. uz


  5. www. google.uz




6-MAVZU:O‘ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISHNING HARAKATLAR STRATEGIYASI – MILLIY TARAQQIYOT ASOSI

REJA
    1. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha“Harakatlar strategiyasi”ning mazmun va mohiyati.


    2. Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar.


    3. Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarning milliy va umuminsoniy negiziga asoslanishi, hamda milliy g‘oyaning asosiy tamoyillari bilan mushtarakligi.





Tayanch tushuncha va iboralar:
Strategiya, harakatlar strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha“Harakatlar strategiyasi”, harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari, davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish va hk.

Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda O‘zbekistonning munosib o‘rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.



Izchillik va qat’iyat bilan amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida “odamlar o‘zlarining hayotidan rozi bo‘lishi kerak”, degan hayotbaxsh g‘oya yotadi. O‘zbekiston taraqqiyotining nav­batdagi bosqichida ham odamlarning yashash sharoitini yanada yaxshilash, farovonligini oshirib borish lozim bo‘lgan asosiy vazifa va bosh maqsad sifatida belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti­ SH.M.Mirziyoevning Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ilgari surilgan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” davlat va jamiyatning bosh maqsadi bo‘lgan odamlarning turmush darajasi va sifatini yanada oshirishni ta’minlashga qaratilganligi bilan nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.

2017 yil 23-28 yanvar kunlari keng jamoatchilik tomonidan O‘zbekiston taraqqiyotida juda katta amaliy ahamiyat kasb etadigan bevosita davlat rahbari tashabbusi bilan hukumat, parlament va fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokida ishlab chiqilgan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston ­Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” loyihasi jamoatchilik muhokamasidan o‘tdi.

Muhokamalar jarayonidagi qizg‘inlik, ishtirokchilarning savol-javob va taklif-mulohazalar bildirishidagi faolligi fuqarolarimizning ijtimoiy-siyosiy faolligi ortib borayotganligini, islohotlarga nisbatan daxldorlik tuyg‘usi shakllanganligini ko‘rsatib turibdi.

2017 yil 7 fevral kuni O‘zbekiston ­Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilinganligini ham shu o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tish lozim.

Kelib tushgan takliflarni jamlash, chuqur o‘rganish hamda umumlashtirish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi ishlab chiqilib, u bilan:

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi;

Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi.

Loyihalarni tayyorlash davomida aholining keng qatlamlari orasida qizg‘in muhokamalar olib borildi. Loyihalar muhokama uchun turli axborot maydonlariga joylashtirildi, ularning natijasida ko‘plab taklif va mulohazalar kelib tushdi. Fuqarolar siyosiy-huquqiy borada yuksak faollik ko‘rsatib, olib borilayotgan islohotlarga alohida qiziqish va daxldorlikni namoyon qildilar.

SHu bilan birga, 2017 yil 23-27 yanvar kunlari Toshkent shahrida media-haftalik va xalqaro davra suhbati tashkil etilib, ularda 1 300 dan ortiq mutaxassis va ekspert, jamoatchilikning, ommaviy axborot vositalarining, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlarning, shuningdek O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yirik xorijiy investorlarning vakillari ishtirok etishdi.

Xususan, mamlakatni rivojlantirishning quyidagi 5 ta ustuvor yo‘nalishi belgilangan:

1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;

2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;

3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;

4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish;

5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish.

Mazkur yo‘nalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo‘limlardan iborat.

Harakatlar strategiyasidagi har bir vazifa inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni yanada jadallashtirish, odamlarning orzu-intilishlarini yuzaga chiqarishga yaqindan ko‘maklashish, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida tub ijobiy o‘zgarishlarga erishishga xizmat qiladi.

Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va 2017 yil 7 fevralda tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi 1992 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normalari doirasidagi demokratik yangilanish hamda modernizatsiya jarayonlarining mantiqiy va qonuniy, izchil va uzviy davomidir. Harakatlar strategiyasi davlatimiz va jamiyatimiz taraqqiyotining mutlaqo yangi bosqichini boshlab berdi.


Davlat boshqaruvi tizimi tarixiga nazar tashlasak agar, har bir davlatning mavjudligi asosi qonunlar va qonunlar ijrosiga bog‘liqligiga amin bo‘lamiz. Manfaat ustun jamiyatda rivojlanish qay tarzda bo‘ladi, qonun ustivor jamiyatda taraqqiyot qay tarzda bo‘ladi bugungi kunda bizga bu ma’lum va ravshandir.
Bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik jamiyat qurishning asosiy beshta ustuvor tamoyili asosida jamiyatimiz, mamlakatimiz o‘z rivojlanish yo‘lini tanlab olgan. Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov boshchiligida chorak asr mobaynida yangi jamiyat shiddat bilan rivojlandi. Bu davr asosan bozor munosabatlariga asoslangan yangi tizimga o‘tish, bu tizimning xalq manfaatini ifoda etuvchi, Konstitutsion huquqiy bazasini yaratish, iqtisodiyotni rivojlantirishning yangicha tizimini amaliyotga joriy qilinishi, ma’naviy eskirgan boshqaruv tizimini isloh etish, kuchli huquqiy asos yo‘lida ulkan qonunchilik ma’murligi, xalq ma’naviyatini yuksaltirish yo‘lida ulug‘vor yo‘nalishlar, qishloq xo‘jaligi, ta’lim sohasi, sog‘liqni saqlash, xavfsizlik masalalaridagi yangicha yondashuvlar davri bo‘ldi.
Jamiyat taraqqiyoti shiddatli tarzda bordi. Kechagi kundagi dasturlar bugungi, ertangi kun nazariga bog‘liqligi toboro ayon bo‘ldi. SHu ma’noda 2017 yil 7 fevraldagi Harakatlar strategiyasi haqidagi farmon ham bugungi, ham ertangi kunning nazari bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Taraqqiyot nazarga, e’tiborga muhtoj, ma’murga muhtoj. Taraqqiyot bu – davlat, xalq farovonligi, borliq, mavjudlikdir. YAngi farmon esa mamlakatimizning barqaror, izchil taraqqiyotining muhim asosi, dasturil amal bo‘ldi.
Mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi farmon diqqat bilan o‘rganib chiqilsa haqiqatdan ham 2017-2021 yillargina emas, kelajakdagi o‘n yilliklar ham e’tiborga olinganligini anglash qiyin emas.
Harakatlar strategiyasining birinchi yo‘nalishi, davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish masalasida ko‘zda tutilgan soha bu davlat boshqaruvi tizimida Oliy Majlis rolini kuchaytirish. Darhaqiqat Oliy Majlis bu qonunchilik me’morchiligi. Qonunlar esa taraqqiyot poydevori. Davlatchilik ushbu tarixiy va o‘ta dolzarb hujjat orqali o‘z faoliyatini isloh qilsinki, har tomonlama xalq manfaatini, mamlakat rivojini uylaydigan, hokimiyat tizimi shakllansin. Iqtisodiyot rivojida davlat ta’sirini kamaytirish, davlat va xususiy sektorlar o‘rtasida zamonaviy, yangicha, samarali hamkorlik shakllarini rivojlantirish bugungi kun talabi, ertangi kun obodligi, xalq va davlat o‘rtasidagi ishonchli aloqa, chambarchas bog‘liqlikdir. Bu xalq manfaati, yurt obodligidan darak.
Bu yo‘nalish tamoyilining ahamiyati shunchalik kattaki, qonun ijodkori Oliy Majlis – Senat ham Qonunchilik palatasi ham xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqat orqali o‘z faoliyatlarini amalga oshiradi, xalqni eshitadi, xalq manfaatini ko‘zlaydi.
Ikkinchi yo‘nalish sud huquq tizimini isloh qilish, istiqlol yillarida sud huquq tizimida keng ko‘lamli islohatlar olib borildi, bugungi shiddatli rvojlanish jarayonlari esa bu sohada ham hali amalga oshirilshi lozim bo‘lgan ishlar talaygina ekanligini ko‘rsatdi. Oddiygina misol yuqori instansiya Oliy sudda sakkiz mingdan ortiq sud ishlari o‘z echimini kutib turganligi ortida, qancha-qancha oila, insonlar taqdiri bor. Huquq tartibot organlari faoliyatini yanada takomillashtirishgning dolzarbligi, sudlarning tom ma’noda mustaqilligini ta’minlash, sudlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bir qatorda, ular nuqsonlariga barham berish, yuqori sud instansiyalari vakolatini kengaytirish masalasi dolzarbligi ayni haqiqat. Zero, sud huquq tizimidagi islohat inson huquqlari va manfaatlari uchun.
Oliy sud kengashi tuzilishi masalasi, professional sudyalar Korpusini shakllantirish, mntaqaviy appelyasiya sudlarining tuzilishi, sudya yordamchisi lavozimini ta’sis etishorqali sudlarningixtisoslashuvi, jinoyat protsessual qonun hujjatlarining yanada takomillashuvi masalasi xalqimizning huquq va manfaatlarini kafolatlash yo‘lidagi ustuvor yo‘nalish qamrovi juda keng, ahamiyati beqiyosdir.
Uchinchi yo‘nalish iqtisodiyotni rivojlantirish masalasi dolzarb soha hisoblanadi. Iqtisodiyot ochiq va erkin raqobat asosida talab va taklif qonuniyati orqali rivojlansagina iqtisodiy barqarorlikga erishiladi. Jamiyatni rivojlantiruvchi asosiy kuch bugun tadbirkordir. Ugina bandlikni ta’minlashda, qurilish, savdo va ishlab chiqarish sohalarida jonbozlik ko‘rsatadi, jamiyat rivojiga salmoqli hissasini qo‘shadi.
Bugun faqat xususiy sektorni, o‘rta va kichik biznesni rivojlantirsakgina mahalliy byudjetning daromad bazasi kengayadi. Zero yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy qilish, tadbirkorlikni qullab quvvatlash, eksport salohiyatini oshirish orqaligina el obodligi, turmush farovonligiga erishiladi.
Ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yo‘nalish o‘zining dolazarbligi va xalqchilligi bilan yanada kishi e’tiborini tortadi. Aholini ish bilan ta’minlash, kam ta’minlangan oila va aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini ijtimoiy himoya qilish sifatini oshirish, sog‘liqni saqlashda keng islohatlar o‘tkazish, ijtimiy siyosiy hayotda xotin-qizlarning o‘rni va ishtirokini, maqomini oshirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, tez va shoshilinch tez yordam kabi bir qator zarur chora tadbirlar, islohatlar yo‘nalishidan asosiy maqsad sog‘lom jamiyat masalasi yotibdi.

Harakatlar strategiyasidagi beshinchi yo‘nalish haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, yuqorida keltirib o‘tilgan barcha yo‘nalishlar aynan ushbu yo‘nalish rivoji bilan uzviy bog‘liqligini ta’kidlab o‘tish o‘rinli. Bu yo‘nalish mamlakatimizning yanada ravnaq topishi, yurtdoshlarimizning tinch-osuda hayot kechirishida muhim va ahamiyatli o‘rin tutadi.

Keng jamoatchilikning katta qiziqishi va alohida e’tiboriga sazovor bo‘lgan “Harakatlar stra­tegiya­si” O‘zbekiston taraqqiyotining navbatdagi bosqichida konseptual ahamiyatga egaligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur hujjatning davlat va nodavlat tashkilotlari, ayniqsa, fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan biri bo‘lgan siyosiy partiyalarning faollari, qolaversa, jamoatchilik vakillari tomonidan muhokama etilishi mamlakatimizdagi demokratik islohotlarning amaldagi hayotiy ko‘rinishi, deb e’tirof etish o‘rinli bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, “Harakatlar strategiyasi”ning muhokamaga chiqarilishi — xalq bilan muloqotning nihoyatda hayotiy, yorqin ifodasidir.

Ushbu tom ma’nodagi tarixiy hujjatning ahamiyati nimada?




Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling