Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi


Download 0.58 Mb.
bet40/71
Sana16.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1679337
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71
Bog'liq
Milliy g‘oya O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi-www.hozir.org

Birinchidan, Prezidentimiz SH.Mirziyoev­ tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Harakatlar strategiyasi” davlatimiz va jamiyatimizni rivojlantirishning mutlaqo yangi bosqichini boshlab beradi.

Ikkinchidan, “Harakatlar strategiyasi” Konstitutsiyamizning asosiy demokratik normalarini bosqichma-bosqich amalga oshirish doirasida demokratik yangilanishi va modernizatsiya jarayonlarining mantiqiy va qonuniy davomidir.

Uchinchidan, o‘z mohiyat e’tiboriga ko‘ra, “Harakatlar strategiyasi” dunyoda tub o‘zgarishlar yuz berayotgan hozirgi zamonda siyo­siy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarning eng muhim besh ustuvor yo‘nalishini amalga oshirishning besh yilga mo‘ljallangan milliy strategiyasidir.

To‘rtinchidan, hammamiz guvohi va bevosita ishtirokchisi bo‘lganimiz “Harakatlar strategiyasi”ning jonli va qizg‘in jamoatchilik muhokamasi bugungi zamon talabiga mos ravishda eng yangi informatsion texnologiyalarni keng qo‘llagan holda olib borildi. Bu uning to‘laqonli muhokamasi uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Ko‘plab mutaxassislardan qanchadan-qancha amaliy taklif-mulohazalar kelib tushdi. Men bu o‘rinda internet orqali kelib tushgan fikrlarni ham nazarda tutayapman. Eng muhimi, bu takliflarning asoslilaridan bir qanchasi e’tiborga olinganligi alohida e’tirofga sazovor.

“Harakatlar strategiyasi”ni izchil va tizimli amalga oshirishda uchta muhim prinsipga e’tiborni qaratish lozim.



Birinchi prinsip: “Harakatlar strategiyasi” biz tanlab olgan va Birinchi
Prezidentimiz asos solgan hamda butun dunyo tan olgan taraqqiyotning “o‘zbek modeli”ning mantiqiy davomidir.

SHu ma’noda “Harakatlar strategiyasi” o‘zining bosqichma-bosqichligi, izchilligi va tadrijiyligini saqlab qoladi.



Ikkinchi prinsip: “Harakatlar strategiyasi”da beshta ustuvor yo‘nalish, ya’ni Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari, Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari, Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari, Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar uzviy bog‘liq ekanligi va bir-birini taqozo etishini aniq va ravshan anglash lozim.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling