Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasi intellektual va ma’naviy tarbiya asoslari fanining
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
intellektual va manaviy tarbiya asoslari MAJMUA 2020
umuminsoniy axloqiy qadriyatlar (insonparvarlik, adolatparvarlik, .vatanparvarlik, o‘zaro
hurmat, qonuniylik, jamoatchilik va boshqalar)ga, milliy axloqiy qadriyatlar (mehmondo‘stlik, kattalarga nisbatan hurmat, saxovat, homiylik, ota-onani e’zozlash, bolajonlik va hokazolar)ga hamda shaxsiy axloqiy qadriyatlar (kasbiy burchni bajarish, sevgisiga sadoqatli bo‘lish, halol risq topish, so‘ziining ustidan chiqish, oila sha’nini saqlash, haromdan hazar qilish)ga turkumlanadi. Bulardan tashqari, axloqiy qadriyatlarni axloqning tarkibiy tuzilishiga qarab axloqiy ongda barqaror shakllangan axloqiy-ma’naviy qadriyatlar (jamiyat tomonidan ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilayotgan kodekslar, normalar, prinsiplar, mafkuraviy g‘oyalar. Masalan, “Harbiy qasamyod”, “SHifokor qasamyodi”, “Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb odobnomasi”); axloqiy amaliyotda bevosita qo‘llaniladigan axloqiy qadriyatlar (yaxshilik yoki yomonlik, adolat yoki razolatdan iborat maqsadni ko‘zlab, uni amalga oshirishning ixtiyoriylik yoki majburlash vositalarini qo‘llab pirovard natijaga olib keluvchi qadriyatlar), axloqiy munosabatlar tufayli zohir bo‘ladigan axloqiy qadriyatlar (burch, shartni bajarish, halollik, saxiylik, kamtarlik, uddaburonlik, tadbirkorlik, kelishuvchanlik, murosa va hokazolar)ga ajratish mumkin. 33 Axloqiy qadriyatlarning bunday xususiyatlari dogma emas, balki yangi axloqiy qadriyatlar yuzaga kelishi bilan ular son va sifat jihatidan kengayib, o‘zgarib boradi. SHaxsning ma’naviy kamoloti jarayonida uning komil inson bo‘lib shakllanishiga bevosita va bilvosita faol ta’sir o‘tkazadigan qadriyatlar jumlasiga umuminsoniy, milliy, shaxsiy axloqiy qadriyatlar kiradi. Umuminsoniy axloqiy qadriyatlar deb butun insoniyatining obodligi, ozodligi, ravnaqi yo‘lida xizmat qilgan va qiladigan eng qadrli va umumijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan narsalar, hodisalar, voqealar va jarayonlarga aytiladi. Unga Er sayyorasining atmosfera qatlamini asrash, er yuzida tinchlikni saqlash, insonparvarlik, ijtimoiy adolat, demokratiyani qaror toptirish, inson huquqlarining poymol etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, halqaro xavfsizlikni ta’minlash, tabiatni muhofaza qilish, turli xil kasalliklarning oldini olish, qashshoqlik va savodsizlikka barham berish, onalik va bolalikni muhofaza etish va hokazolar kiradi. Mazkur qadriyatlar shaxs ma’naviy kamolotiga qanday qilib o‘z ta’sirini o‘tkazadi? Masalan, 3-7 yoshdagi bolaga, ota-onasi, buva-buvisi yoki bog‘cha opasining “O‘g‘lim, suvni iflos qilma. U iflos suv seni kasal qiladi!” yoki “Nonni erga tashlama, uvol bo‘ladi!”- degan gapi unda suv va nonni umuminsoniy qadriyat sifatida anglash hissining uyg‘onishiga olib keladi va bu his uning bir umr yodida saqlanib qoladi. Milliy axloqiy qadriyatlar deb har bir millatning kelib chiqishi, rivojlanishi, tenglar ichida teng bo‘lib yashashi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-madaniy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan takrorlanmas, nisbatan turg‘un, barqarorlik kasb etib o‘zligini anglatib, namoyon etib, nihoyatda qadrlanadigan, insonda g‘urur va iftixor tuyg‘usini uyg‘otadigan axloqiy fazilatlarga aytiladi. Bular millatimizning ruhiyatiga singib ketgan axloqiy-ma’naviy fazilatlar bo‘lib, mehmondo‘stlik, saxiylik, mehr-oqibat, shukronalik, qanoat, bag‘rikenglik, kattalarga xurmat, tug‘ilgan yurtiga sadoqat va boshqalar. Bu qatorni yana cheksiz davom ettirish mumkin. O‘zbek xalqiga xos bo‘lgan milliy axloqiy qadriyatlar to‘g‘risida I.A.Karimov «Yillar, zamonlar o‘tadi, balki bugun sodir bo‘lgan ko‘p voqea va xodisalar xayolimizdan ko‘tarilishi mumkin. Lekin yaxshilik va saxiylik, olijanoblik va mehr-oqibat hech qachon unutilmaydi. Biz milliy qadriyatlarimiz bo‘lgan bunday pok tuyg‘ularni doimo asrab-avaylashimiz, aziz farzandlarimizni ham shunday ezgu fazilatlar sohibi etib tarbiyalashimiz kerak» 2 -, degan edi. Milliy axloqiy qadriyatlarning shaxs ma’naviy kamoloti jarayonidagi o‘rni nihoyatda beqiyosdir. Masalan, ota yoki onaning o‘zgalar bilan qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib o‘zbekcha lutf bilan «Assalomu alaykum» deb salomlashishini ko‘rgan murg‘ak yoshning qalbida milliy tuyg‘uning paydo bo‘lishi turgan gap. SHaxsiy axloqiy qadriyatlar deb har bir kishining hayot faoliyatida,turmush tarzida qadrlab qat’iy amal qilgan holda sodir etadigan axloqiy hatti-harakatlarining yaqqol ifodasi bo‘lgan insoniy fazilatlariga aytiladi. Masalan, o‘zgalarning g‘ayg‘usiga sherik bo‘lish, ularning mushkulini oson qilish maqsadida beg‘araz axloqiy hatti harakatni amalga oshirish (shirin so‘z, yaxshi maslahat, o‘git-nasihat yoki moddiy yordam tarzida beriladigan hadya va tahfalar). SHaxsiy axloqiy qadriyatlar umuminsoniy va milliy axloqiy qadriyatlarning shaxs darajasida namoyon bo‘lishidir, ya’ni buning ijodkori shaxs hisoblanadi. Darhaqiqat, ularning zaminida axloqiy qadriyatlar yotadiki, shaxsning ma’naviy kamoloti ana shu qadriyatlarning shakllanganlik darajasiga bog‘liqdir. 2 Каримов И.А. Инсон, унинг ҳуқуқ ва эркинликлари олий қадрият. Асарлар. 14 томлик. –Т., Ўзбекистон. 2006. 127-бет. 34 “Ona allasi” bu eng nozik va jozibali ma’naviy-axloqiy qadriyat hisoblanadi. Ona allasi tufayli har qanday farzand, birinchidan, onaning vujudidagi mayin dil ohanglarini tinglab ma’naviy kamolotning ilk pallasiga qadam qo‘ysa; ikkinchidan, onani butun go‘zalliklari bilan o‘z ongida gavdalantiradi; uchinchidan, birinchi bor ona timsolida ona Vatanini anglash sari ilk qadam tashlab xayolotning kengliklarida jarangdor, sho‘x- sho‘x kulgilar hadya qilib olamni charog‘on aylaydi. Bu esa odamzotni, bir tomondan, o‘z hayotidan mamnun ekanligini namoyish etsa, ikkinchi tomondan, kelajakka ishonch bilan qarash, farzandlar kamoloti uchun yashash, mehnat qilishga chorlaydi. SHuning uchun ham xalqimiz “ona bolani, bola esa butun dunyoni tebratadi” deb bekorga aytmaydi. Bu ayni haqiqatdir. CHunki, dunyo ona allasi, bola kulgisi bilan go‘zaldir. Bu go‘zallikni idrok qilmagan odam, insoniylik fazilatlariga ega bo‘lmagan bir hissiz kishidir, xolos. Demak, qadriyatlar qachonki kishilarning ongi va ma’naviy olamining bir qismiga aylanib, ular qalbiga chuqur singib ketganidagina amal qilishi mumkin ekanligini isbotlab o‘tirishning zaruriyati yo‘q.. Axloqiy qadriyatlarning ahamiyati uning moddiy emas, balki ma’naviy boylik ekanligidadir. Masalan, vijdon sotilmaydi yoki or-nomus va qadr-qimmatni pulga sotib olib bo‘lmaydi. Bu axloqiy fazilatlarni moddiy jihatdan o‘lchashning ilojisi ham yo‘q.. Jamiyatning ma’naviy va axloqiy sog‘lomligi bebaho boylik hisoblanadi.”Axloq-odobga doir hadis namunalari” kitobida insonga xos go‘zal axloqiy fazilatlar har bir inson o‘zi yashayotgan muhitdagi odamlar bilan turmushda, oilada, qo‘ni-qo‘shnichilik va yori- birodarlikda, jamoat joylaridagi munosabatlarida, boshqalar bilan bo‘ladigan aloqasi, yurish- turishi, muomalasi, kiyinishi, did-farosati va boshqa shu kabi fazilatlarni namoyon qilishiga doir ko‘plabhadislarni uchratamiz. Jumladan, “Qo‘shningizga yaxshilik qiling-tinch bo‘lasiz”, “O‘zingiz sevgan narsani odamlarga ham ravo ko‘ring-salomat yurasiz”, “Inson xatoni ko‘proq o‘z tili bilan sodir qiladi”, “Tashqi ko‘rinishlaringiz yoki molu-dunyolaringizga emas, balki dillaringizga va ishlaringizga baho beriladi”. Bu hikmatlarda umuminsoniy qadriyatlar, kishilarning yurish-turishi, atrofdagilar bilan munosabatining axloqiy asoslari, inson go‘zalligining umumiy mezonlari to‘g‘risida olam-olam ma’noni uqib va o‘zlashtirib olish mumkin. Kim qaysi lavozimda va vazifada ishlashidan qat’iy nazar, o‘zining serzavq, sermazmun mehnati, yaxshi kayfiyati, boshqalarga yordami va saxiyligi, kamtarinligi, madaniyligi, qadr-qimmati va xulq-odobi bilan, hamjihat ish yuritishi va odamlarga foyda keltirishi bilan go‘zaldir. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki,shaxs ma’naviyati uning axloqiy sifatlari, odobi, Vatan va xalqqa sadoqati, mehnatga, insonlarga bo‘lgan munosabati, aql-zakovati va qadr- qimmati bilan o‘lchanadi. Ma’naviyat axloqiy qadriyatlar, xususan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ta’sirida o‘zgarib, rivojlanib, kamol topib boradi. O‘z navbatida yuksak ma’naviyat shaxsning axloqiy jihatdan kamol topishida muhim rol o‘ynaydi. Ijtimoiy hayotning bu ikki negizi doimo bir-biriga ta’sir etib, bir-birini to‘ldirib, taqozo etib boradi. Bu uzluksiz davom etadigan jarayondir. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling