Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasi intellektual va ma’naviy tarbiya asoslari fanining


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/145
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#207321
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   145
Bog'liq
intellektual va manaviy tarbiya asoslari MAJMUA 2020

 
 
 
 
 
 
 
 


51 
 
5-Mavzu. Zamonaviy komil inson konsepsiyasining axloqiy-ma’naviy negizlari 
 
Reja: 
1. Komil inson konsepsiyasini yaratishga jiddiy e’tibor 
2. Komillik va komil inson haqida allomalarning qarashlari. 
3. Islom ilohiyotchi olimlarining komil inson haqidagi qarashlari va fikrlari 
4. Mustaqil O‘zbekistonda komil insonni shakllantirishning obyektiv tomoni 
5. Komil inson g‘oyasining o‘ziga xos ma’naviy-axloqiy negizlari  
Tayanch iboralar: 
Zamonaviy  komil  inson  konsepsiyasi,  komil,  komil  inson,  kamol,  kamolot,  axloqiy-
ma’naviy  negizlar,  ma’naviy  barkamol  inson,  ma’naviy  qiyofa,  axloqiy  sifatlar,  yaxshi  xulq, 
yomon  xulq,  ma’naviy-axloqiy  ehtiyoj,    milliy  ong,ma’naviyat  bilan  ijtimoiy,  milliy  ongning 
mushtarakligi,  o‘z-o‘zini  mustaqil  boshqara  olish,  milliy  ijodiy  tafakkur,  mustaqillik  tafakkuri, 
milliy  g‘urur  va  iftixor,  SHarqona  axloqiy  kodeks,  milliy  o‘zlikni  anglash,  komil  insonning 
umumiy xislatlari, komil insonning fazilatlari, komil insonning ishbilarmonlik xislatlari, zukkolik 
va idroklilik, komil insonning sobitlik va ehtiroslilik xislatlari. 
 
 
Mamlakatimiz  mustaqilligining  dastlabki  kunlaridanoq  komil  inson  konsepsiyasini 
yaratishga  jiddiy  e’tibor  qaratildi.  Bu  konsepsiyaning  ilmiy-nazariy  asoslari  “Ta’lim 
to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa bir qator huquqiy hujjatlarda 
o‘z aksini topgan. Ayniqsa, kamolotga intilish,  komil inson bo‘lish xalqimizning azaliy qadriyati 
ekanligini uqtirar ekan, Birinchi Prezident I.Karimov shunday degan edilar: “Har qanday bosqin 
va  istilolarga  qaramasdan,  har  qanday  og‘ir  va  murakkab  sharoitda  ham  bobolarimiz,  o‘zligini 
yo‘qotmasdan, ma’naviy hayot mezonlari, odob-axloq qoidalariga amal qilib, komillik sari intilib 
yashagani bugun ham barchamizga ibrat bo‘lib, kuch-quvvvat bag‘ishlab kelmoqda”
3
 
 
Xo‘sh,  zamonaviy  komil  inson  qanday  bo‘lishi  lozim?  Bu  savolga  javob  berish  uchun 
avvalo, “komil”, “komil inson” tushunchalarining mazmun-mohiyatini tahlil qilishimiz lozim. 
 
Komillik  va  komil  inson  haqida  allomalar  tomonidan  juda  ko‘p  fikrlar  bayon  qilingan, 
g‘oyalar  yaratilgan.  SHuni  ta’kidlash  lozimik,  falsafiy  tafakkur  taraqqiyoti  tarixiga  nazar 
tashlasak, doimo komil inson masalasiga jiddiy e’tibor berib kelinganini ko‘ramiz-u, biroq ushbu 
tushuncha  dastlab  kim  tomonidan,  qachon,  qaysi  asarda  qo‘lanilganligi  haqida  biror  bir 
ma’lumotni  uchratimaymiz.  Bundan  anglanadiki,  komil  inson  tushunchasi  umumbashariy 
muammo  sifatida  doimo  tadqiq  etib  kelingan.  Jumladan,    antik  dunyoning  Geraklit  (m.a.  530–
470), Pifagor (m.a. 580–500), Empedokl (m.a. 490–460), Suqrot (m.a. 469–399), Demokrit (m.a. 
460–370),  Aflotun  (m.a.  427–347),  Aristotel  (Arastu)  (m.a.  384–322),  Epikur  (m.a.  341–270) 
kabi  mumtoz  faylasuflarining  axloqiy    qarashlarida  barkamol  insonni  tarbiyalash  haqida 
ma’naviy qadriyatlar darajasiga ko‘tarilgan fikrlar bayon qilingan. 
 
Bu  masalada  donishmand  Arastuning  fikrlarining  ilmiy  ahamiyati  salmoqlidir.  Qadimgi 
yunon faylasufi Arastu  o‘zining “Nikomax etikasi”, “Evdem etikasi”, “Katta etika”, “Ritorika”, 
“Siyosat”,  “SHe’riyat  san’ati”,  “Poetika”  nomli  asarlarida  o‘zining  axloqiy  va  estetik 
qarashlarini  bayon  qilar  ekan,  insonni  tarbiyalab  komillik  darajasiga  etkazish  masalalariga 
alohida e’tibor beradi. 
                                                           
3
 
Каримов Ислом. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т., Маънавият. 2008. 7-б. 


52 
 
 
Arastu  axloqiy  tafakkur  rivoji  tarixida  birinchilardan  bo‘lib  komil  inson  uchun  zarur 
bo‘lgan axloqiy fazilatlarni tasnif va tavsif etadi. Uning ta’kidlashicha, komil inson uchun zarur 
bo‘lgan  axloqiy  fazilatlarga:  jasurlik,  dovyuraklik,  mo‘‘tadillik,  saxiylik,  savlatli  bo‘lish, 
himmatli bo‘lish, muloyimlik, to‘g‘rilik, dilkashlik, mehribonlik, adolatli bo‘lish kiradi. Ularga 
tavsif  berar  ekan  Aristotel,olijanoblik-kekkayishlik  va  xo‘rlikning,  saxiylik  –  isrofgarchilik  va 
xasislikning,  kamtarlik-uyatchanlik  va  uyatsizlikning,  xayrixohlik-xushomadgo‘ylik  va 
adolatning, haqgo‘ylik-ayyorlik va maqtanchoqlikning, nafrat-hasadgo‘ylik va ichi qoralikning, 
ehtiyotkorlik- buzuqlik va toshbag‘irlikning o‘rtasidir, degan fikrni bildiradi. 
 
Bulardan  tashqari,  Arastu  komil  insonni  shakllantirish  masalasida  ham  bir  qator  ilg‘or 
ilmiy  fikrlarni  ham  ilgari  suradi.  Bular  asosan  quyidagilardan  iborat:  “Inson  dunyoning  eng 
yaxshi  ijodkoridir.Insonning  vazifasi  amaliy  va  axloqiy  fazilatli  bo‘lishdadir.  Haqiqiy  baxtni 
anglash  ma’naviy  yuksak,  to‘g‘ri  fikrlovchi  kishiga  taaluqlidir.  Ma’naviy  barkamol  inson  aql 
bilan fazilat birligiga amal qiladigan kishidir. Fazilat insonning qo‘lga kiritgan sifatidir. Fazilatli 
hayot  erdagi  farovonlikka  intiluvchi  insoniy  hayotdir.  Aqlni  inson  belgilamaydi,  balki  aql 
insonni  belgilaydi.  Faqat  aqlli  va  fazilatli  kishi  hurmatning  eng  oliy  darajasiga  loyiq.  Komil 
kishilar  bir  xil  bo‘ladi,  yomonlar  esa  har  xil  bo‘ladi.  San’at  asarlari  inson  qalbini  salbiy 
ehtiroslardan tozalab, uni ma’naviy jihatdan boyitadi. 
Komil  insonni  shakllantirishda  axloqiy  va  estetik  tarbiyaning  zarurligini  ko‘rsatar  ekan, 
tarbiyadagi yutuq turmush tarziga bog‘liqligini,  agar jamiyatda tegishli qonunlar mavjud bo‘lsa, 
unda to‘g‘ri tarbiya amalga oshishi mumkinligini, shuning uchun bu qonunlarga rioya qilishimiz 
va shaxsni har tomonlama garmonik (uyg‘unlik) ruhda tarbiyalashimiz lozimligini uqtiradi.
4
 
 
O‘rta  asrlar  musulmon  SHarqining  Abu  Nasr  Forobiy  (873–950),  Abu  Ali  ibn  Sino  (980–
1037),  Abu  Rayhon  Beruniy    (973–1048),  kabi    allomalari  Arastu  qoldirgan  ma’naviy  merosni 
chuqur  o‘rganibgina  qolmay,  bu  merosni  tanqidiy  nuqtai-nazardan  taxlil  qitldilar  va  falsafa 
ilmini  yanada  baland  cho‘qqiga  ko‘tardilar.  Bu  ko‘tarilish  SHarq  Uyg‘onishi  davri  nomi  bilan 
insoniyat tarixida muhim o‘rin egalladi.  
  Buyuk  qomusiy  olim  Abu  Nasr  Forobiy 
Arastu va boshqa yunon faylasuflarining asarlarini 
chuqur  o‘rganib  va  tahlil  qilib,  o‘zining  fazilat, 
baxt-saodat  va  kamolot  haqidagi  nazariyasini 
yaratdi.  Uning  fikriga  ko‘ra,  “Har  bir  inson 
boshidan  komil  emas,  ammo  tug‘ma  ravishda 
o‘ziga  xos  bo‘lgan  ichki  shuur  ila  bosqichma-
bosqich  komillikka  jiddu-jahd  bilan  intiladi. 
Hamma  narsani  idrok  qilish  insonni  komillik  va 
lazzat  tomon  boshlaydi.  Insonning  asl  ruhiy 
kamoloti birinchi haqni tanish orqali hosil bo‘ladi.   
Ma’rifat-  baxt-saodat  va  kamolot  sari  qo‘yilgan  birinchi  qadamdir”.
5
  Abu  Nasr  Forobiy  “Fozil 
odamlar  shahri”  va  “Baxt  saodatga  erishuv  haqida”  nomli  asarlarida  kamolotni    xudoning 
abadiyligini  bilishda  deb  bilgan  bo‘lsa-da,  birinchidan,  har  qanday  inson  komillikka  aql,  ilm, 
kasb-hunarni  egallashi  orqali  erishadi  degan  fikrni  aytib,  komillikka  boruvchi  yo‘lni  ko‘rsatib 
beradi;  ikkinchidan,  komil  inson  bo‘lish  uchun  o‘n  ikkita  axloqiy  fazilat,  ya’ni  jismoniy 
sog‘lomlik,  mushohadalalik,  kuchli  xotiralilik,  o‘tkir  zehnlilik,  ravon  fikrlash  va  tiniq 
                                                           
4
 Арасту. .Поэтика. Ахлоқи кабир. Т., Янги аср авлоди. 2004.75-101 бетлар. 
5
 Абу Наср Форобий. Фазилат, бахт-саодат ва камолот ҳақида. –Т., Ёзувчи., 2001. 13-15-б. 


53 
 
so‘zlashish, qobiliyatlilik, och ko‘zlik va qimordan holi bo‘lish, haqiqatgo‘ylik, vijdonlilik, pul 
va  mol  dunyodan  jirkanish,  adolatparvarlik,  jasurlik  xislatlariga  ega  bo‘lishi  shart  degan 
talablarni qo‘yish bilan axloqiy va estetik qadriyatlarning shaxs ma’naviy kamolotidagi o‘rnini 
aniq  ifodalaydi;  uchinchidan,  musiqa  ilmining  barkamol  insonni  shakllantirishdagi  o‘rni  katta 
ekanini  shaxs  ma’naviy  kamolotida  tarbiya,  mashq  qilish  va  o‘qishning  zarurligi  kamolotda 
shaxs  erkinligi,  mamlakatning  tinch  totuv  bo‘lishi  kabi  bir  qator  fikrlarni  ilgari  suradiki,  bular 
nihoyatda  qimmatli  bo‘lib,  progressiv  insoniyatning  kelgusi  istiqbolini  ta’minlovchi  komil 
insonlarni voyaga etkazishga xizmat qiladi 
  Komil  inson  va  inson  kamoloti    masalasi  Abu  Rayhon  Beruniy  va  Ibn  Sino  kabi 
mutafakkirlarning axloqiy  qarashlarida ham o‘z aksini topgan. Bu haqda Abu Rayhon Beruniy: 
“Komil kishi bo‘lishning birinchi  sababi  ilm  va ma’rifat,  ikkinchisi san’at  va  amal hosil  qilish 
bilan  bo‘ladi”,  deydi.
6
  SHuningdek,  u  inson  kamolotini  go‘zallik,  ko‘rkamlik,  olijanoblik, 
mardlikda  deb  bilgan.  Mehnat  tarbiyasini  komillikning  kaliti  deb  bilgan  Beruniy  yoshlarni 
mehnat qilishga o‘rgatish zarur deb hisoblagan. 
Ko‘rinib  turibdiki,  Beruniy  komil  insonni  shakllantirish  masalasini  hal  qilishda  to‘g‘ri 
fikrlar bildirgan. 
  Islom  falsafasida  komil  inson  masalasi  alohida  ma’no  kasb  etadi.  Ayniqsa,  tasavvuf, 
so‘fiylik  ta’limotida  komil  inson  masalasi  diniy  g‘oya  darajasiga  ko‘tariladi.  Islom  dinidagi 
komil 
inson 
haqidagi 
ta’limot 
so‘fiylikning 
ko‘zga  ko‘ringan  vakili 
“Ulug‘ 
shayx” 
va 
“Aflotunning 
o‘g‘li” 
nomlari  bilan  ulug‘langan 
Ibn 
Arabiy 
tomonidan 
yaratilgan. 
Buni 
tasavvufshunos 
olim 
N.Komilov  “...  Komil 
inson  tushunchasi  birinchi 
marta  SHayxi  Kabir  nomi 
bilan  mashhur  bo‘lgan 
Muh’yiddin  ibn  al-Arabiy 
(1165–1240) 
tomonidan 
kiritilgandir”-deya 
ta’kidlaydilar.
7
 
 
Bu 
ta’limot  keyinchalik  O‘rta 
Osiyoda 
Ahmad 
YAssaviy, 
Abdurahmon 
Jomiy,  Alisher  Navoiy  kabi  mutafakkirlar  tomonidan  rivojlantirildi.  Tasavvuf  falsafasiga  ko‘ra 
komil inson bu-axloqiy jihatdan oliy poklikka erishgan, borliq va uning yaratuvchisini anglashda 
to‘liq  bilimga  ega  bo‘lgan  va  natijada  Xaqqa  etishgan  har  jihatdan  etuk  kishidir.  Komil 
insonning erdagi timsoli islom ilohiyotchilari ta’limotiga ko‘ra, bu Muhammad sallallohu alayhi- 
vassallamdir. 
Islom  ilohiyotchi  olimlari  tomonidan  komil  inson  haqida  ko‘plab  fikrlar  bildirilganki, 
ularning har biri ushbu muammolarni o‘rganuvchidan alohida tadqiqot olib borishni taqozo etadi.  
  O‘rta asrlar Musulmon SHarqi falsafiy-axloqiy tafakkur tarixida muhim ahamiyatga ega 
bo‘lgan  tasavvuf  ta’limotida    “komil  inson”  g‘oyasi  inson  va  uning  mohiyatini  o‘rganishda, 
insonni  kamol  toptirishda  nazariy  manba  bo‘lib  xizmat  qildi.    Bu  borada  tasavvufshunos  olim 
N.Komilov SHayx Aziziddin Nasafiyning “Komil inson”, “Maqsadi aqso”, “Zubdatul haqoyiq” 
nomli kitoblarini tahlil qilar ekan, uni komil inson ilmining nazariyotchisi deb ataydi. Aziziddin 
Nasafiyning yozishicha: “Komil inson bu shariat va tariqat va haqiqatda etuk bo‘lgan odamdir. 
Komil insonda to‘rt  narsa  yaxshi  so‘z,  yaxshi  fe’l,  yaxshi  axloq,  yaxshi  maorif kamolga etgan 
                                                           
6
 Тўрақулов Э., Раҳимов С. Абу Райҳон Беруний руҳият ва таълим-тарбия ҳақида..-Т., 
Ўқитувчи. 1992. 68-б. 
7
 
Комилов .Н. Тасаввуф ёки комил инсон ахлоқи. 1-китоб. Т., Ёзувчи., 1996. 145-б. 


54 
 
bo‘lishi  kerak.  Odamlar  koinotning  qaymog‘i  va  xulosasi  hamda  mavjudot  daraxtining  mevasi 
bo‘lsalar,  komil  inson  odamlar  mavjudotining  qaymog‘i  va  xulosasidir.  Komil  inson  olamning 
siridir va olam qutbidir, chunki u ilm muhiti- dengizidir”
8
 
  Ilmiy  manbalarda  islom  ilohiyotchi  olimlarining  komil  inson  haqidagi  qarashlari  va 
fikrlarini umumlashtirgan xolda quyidagi xulosani chiqarish mumkin: 
  Birinchidan,  komil  inson-insonlarning  eng  mukammali,  eng  oqili  va  eng  donosi.  Komil 
inson  Iloh  bilan  odamlar  orasidagi  vositachi,  ilohiy  amr,  g‘ayb  asrorini  oddiy  odamlarga 
etkazuvchi  ulug‘  homiy  hisoblanadi.  SHuning  uchun  ham  komil  inson  ruhi  azaldan  ma’lum 
bo‘lib, u Tangri taolo yaratgan eng qudratli ruhdir.  
  Ikinchidan, komil inson bir qancha sifatlarni mujassamlashtiradi. U oddiy inson suratida 
ko‘rinsa  ham,  ma’nan  koinotni  qamrab  olgan  hamisha  bedor  va  hamma  narsadan  habardor 
zotdir.  
  Uchinchidan,  komil  inson  o‘z-o‘zicha  shakllanmaydi  balki  insonlar  jamiyati  ichidan 
etishib  chiqqan  mo‘‘tabar  zotdir.  U  azaldan  martabasi  aniq  bo‘lgan  ruh  emas,  balki  axloqiy-
ma’naviy poklanish jarayonida kamolga erishgan. SHuning uchun har bir pok axloqli, ilohsevar 
shaxs komillikka intilishi va bu yo‘lda nasiba olishi mumkin. 
To‘rtinchidan,  komillikning  oliy  belgisi  Haq 
yo‘lidan borib xalqqa foyda keltirishdir. Kishi o‘z so‘zi, 
amaliy  ishlari,  niyati  bilan  odamlarga  qanchalik  naf 
keltirsa,  yovuzliklarga  qarshi  kurashsa,  ularni  to‘g‘ri 
yo‘lga solsa, u komilligi yanada yuksalaveradi.  
  Ma’lumki,  din  odamzotni  hech  qachon  yomon 
yo‘lga  boshlamaydi.  Din  bu  dunyoning  o‘tkinchi 
ekanini,  oxiratni  eslatib  turadi,  odam    bolasini  hushyor 
bo‘lishga,  harom  yo‘llardan  uzoq  yurishga,  yaxshi 
bo‘lishga,  yaxshi  iz  qoldirishga  undab  turadi.  Demak, 
islom  falsafasi  komil  insonni  shakllantirish  masalasida, 
avvalo,  insonni  oliy  qadriyat  deb  biladi  va  uning 
maqsadi Haqni tanishdan iborat deb tushuntiradi. Bu esa 
o‘z  navbatida  komil  inson  qandaydir  g‘oyibdan  kelgan 
mavjudot  emas,  balki  er  farzandi,  ota-ona,  oila,  jamiyatning  mahsuli  ekanligini  e’tirof  etib, 
Haqni  bilish  yo‘llarini  izlashga  undaydi.  Qolaversa,  Haqni  bilish  yo‘lini  -  ilmda,  izlanishda, 
yaxshi axloqiy fazilatlarda, ma’rifatda, fidokorona mehnatda deb tushunadi. Demak, komil inson 
g‘oyasida  inson  eng  yaxshi  axloqiy    fazilatlarga  ega  bo‘lishi  kerak  degan  fikrni  olg‘a  suradi. 
Bundan tashqari, har qanday odam  o‘zining komilligini amalda ko‘rsatishi,  ya’ni xalqqa foyda 
keltirishi  orqali  o‘zligini  namoyon  etishi  kerak  degan  talabni  qo‘yadi  va  uni  komil  inson 
g‘oyasining muhim unsuri deb hisoblaydi. 
Xullas,  asrlar  osha  islom  falsafasining  komil  inson  haqidagi  ta’limoti  shaxs  ma’naviy 
kamoloti  jarayonida  muhim  tarbiyaviy  vosita  vazifasini  o‘tab  kelgan.  Hozir  ham  bu  jarayon 
davom emoqda. 
  Musulmon  SHarqi  axloqi  tarixida  komil  inson    va  uni  tarbiyalashning  yo‘llari  va 
vositalari  haqida  juda  ko‘p  pandnoma  asarlar  mavjud  bo‘lib,  ular  asrlar  sinovidan  o‘tib,  juda 
ko‘p avlodlarni tarbiyalab yanada sayqal topib inson hayoti uchun dasturilamal vazifasini o‘tab 
kelgan.  Bulardan  YUsuf  Xos  Hojibning  “Qutadg‘u  bilig”,  Kaykovusning  “Qobusnoma”,  Nosir 
                                                           
8
 Шу асар. 147-149-бетлар. 


55 
 
Xusravning  “Saodatnoma”,  Sa’diyning  “Guliston”  va  “Bo‘ston”,  Amir  Temurning  “Temur 
tuzuklari,  Abdurahmon  Jomiyning  “Bahoriston”,  Jaloliddin  Davoniyning  “Axloqi  Jaloliy”, 
Alisher Navoiyning “Mahbub-ul qulub”, Husayn Voiz Koshifiyning “Axloqi muhsiniy”, Ahmad 
Donishning  “O‘g‘illarga  nasihat”  va    Abdulla  Avloniyning  “Turkiy  guliston  yoxud  axloq” 
asarlarini  ko‘rsatishimiz  mumkin.  Bu  mutafakkirlar  o‘z  pandnoma  asarlarida  halollik,  poklik, 
mehnatsevarlik,  kasb-hunar  egallash,  mehr-shafqat,  javonmardlik,  saxiylik,  odillik,  kamtarlik, 
sabr-qanoat,  sofdillik  kabi  axloqiy  qadriyatlarni  yanada  rivojlantirdilar.  Masalan,  Alisher 
Navoiyning  fikricha,  insonning  qadr-
qimmati  uning  mol-mulki  bilan  emas, 
balki  ma’naviy  qiyofasi,  axloqiy 
sifatlari  bilan  o‘lchanadi,  ya’ni  “Elga 
sharaf bo‘lmadi johu nasab, lek sharaf 
keldi  hayovu  adab”.  Uning  falsafiy 
ta’limotiga asosan, ma’naviy barkamol 
insonni  tarbiyalash  orqali  ideal  davlat 
qurish  mumkin.Navoiy  o‘z  zamonasi 
bilan  hamnafas  bo‘la  oladigan  va 
doimo  komillikka  intilib  yashaydigan 
insonni  axloqiy  namuna  deb  biladi. 
Uning fikricha, har bir inson faqat o‘z 
zamonasidagina 
mavjud 
va 
shu 
mavjudlik  doirasidagina  biror  ish  qilishga  qodir.    SHu  bois  “Mahbub  ul-qulub”ning  so‘nggi 
sahifalarida  shunday  deb  yozadi:  “O‘tgan  ro‘zgor  adamdir.  Kelmagondin  so‘z  aytqon  ahli 
nadamdir va hol mug‘tanamdir. Bir turk ma’nida debdurkim: “Dam bu damdir”. Buning ma’nosi 
shuki, oh o‘tmish zo‘r edi,  yoki kelajakda hamma narsa ajoyib bo‘ladi, deb gapiravergan bilan 
hech  narsaga  erishib  bo‘lmaydi.  Inson  o‘z  zamonasi  imkoniyatlaridan  foydalanib,  ham  o‘zini  
yanada kamol toptirishga, ham zamonasini go‘zal qilishga intilib yashamog‘i lozim. 
  XIX  asrda  yashab  ijod  etgan  mutafakkir  Abdulla  Avloniy  esa,  o‘zining  axloqiy  va 
ta’limiy  asari  “Turkiy  guliston  yohud  axloq”da  ma’naviy  barkamol  insonni  tarbiyalashning 
yo‘llari  haqida  to‘xtalib,  xaqiqiy  insoniy  axloqni  o‘zida  barqaror  qilgan  yaxshi  kishilar, 
yoshlarga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi va ularni mehr-shafqatli, sofdil va maqbul bo‘lib tarbiyalanishi 
uchun zamin hozirlaydi, degan fikrni bayon etadi. U insonga xos bo‘lgan axloqiy sifatlarni ikki 
guruhga  ajratadi,  ya’ni  yaxshi  xulqli    va  yomon  xulqli  kishilar.  U  o‘z  asarida  shunday  deb 
yozadi:  “Axloq  ulamosi  insonlarning  xulqlarini  ikkiga  bo‘lmishlar;  agar  nafs  tarbiyat  topib 
yaxshi  ishlarni  qilurga  odat  qilsa,  yaxshilikka  tavsif  bo‘lub  yaxshi  xulq,  agar  tarbiyatsiz  usub 
yomon  ishlar  ishlaydurgon  bo‘lub  ketsa  yomonlikka  tavsif  bo‘lub  yomon  xulq  atalur”.
9
  Uning 
fikricha,  yaxshi  xulqlarga  matonat,  diyonat,  riyozat,  qanoat,  bilim,  sabr,  intizom,  miqyosi  nafs, 
vijdon, vatanni sevmoq , haqqoniyat, nazari ibrat,iffat,hayo, idrok, zako, adolat, muhabbat, afv, 
iqtisod,  oliyhimmatlik  ,  itoat,  xaqshunoslik,  xayrixohlik,  munislik,  sadoqat  kabi  ijobiy  axloqiy 
xislatlar kiradi. YOmon xulqlarga esa, g‘azab, jaholat, razolat, xasosat, adovat, g‘iybat, shahvat, 
haqorat, hasad, ta’ma, zulm kabi salbiy xislatlar kiradi.  
  YUqorida keltirilgan asarlardan ko‘rinib turibdiki, o‘tmishda ham komil insonning o‘ziga 
xos axloq  kodeksi ishlab chiqilgan bo‘lib, ular juda katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan.  Bu 
asarlarda  keltirilgan  ijobiy  axloqiy  fazilatlar  insonlarni  ezgulikka  chorlab,  ularni  mehru-
                                                           
9
 Абдулла Авлоний. Туркий гулистон ёхуд ахлоқ.. Т., Ўқитувчи, 1992. 13-б. 


56 
 
muhabbat, vafo va sadoqat ruhida tarbiyalab kelgan bo‘lsa, salbiy axloqiy xislatlar va ularning 
oqibatlari haqida gapirish orqali esa nomaqbul qabih ishlardan saqlanishga da’vat etib, ularning 
inson ekanliklarini bir lahza bo‘lsa-da esdan chiqarmaslikka chaqirganlar. 
  Xalqimizning istiqlolni qo‘lga kiritishi uning azaliy orzusi bo‘lgan komil insonni voyaga 
etkazish  haqidagi  qarashlariga  ham  yangicha  mazmun,  yangicha  ruh  bag‘ishladi.  Komil  inson 
tushunchasi  mustaqil  tarzda  huquqiy  davlat  qurayotgan,  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirayotgan 
o‘zbek xalqi milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biriga aylandi. 
  Komil  inson  masalasini  tahlil  qilar  ekanmiz,  uning  diniy  va  dunyoviy  talqini  quyidagi 
umumiylikka ega: 
1. Insonni oliy qadriyat deb bilish va insonning imkoniyatlari cheksiz ekanligini tan olish; 
2.  YUksak  axloqiy  sifatlarni  insonda  mujassamlanishi.  Bu  sifatlarni  ro‘yobga  chiqarish 
insonni yanada muqaddaslashtirishini e’tirof etish.  
3. Inson aql, tafakkur va bilimlar sohibi. Bu omil insonni insonlarga, tabiatga, hayvonot va 
nabotot dunyosiga naf keltirishida muhim zaruriyatga aylanadi.  
SHubhasizki,  bular  komil  inson  tushunchasi  mazmunini  har  tomonlama  ochib  berishga 
xizmat qiladi. 
  Mustaqillik  tufayli  bugungi  kunda  vujudga  kelgan  voqelik  komil  insonni  shakllantirish 
masalasini  chuqurroq  tadqiq  qilishni  talab  qiladi.  CHunki,  komil  inson  tarbiyasi  davlat 
siyosatining  ustuvor  sohasi  hisoblanadi.  Birinchi  Prezident  I.  A.  Karimov  komil  insonni  davlat 
siyosatining  ustuvor  sohalaridan  biri  deb  e’lon  qilar  ekan:  “Komil  inson  deganda  biz,  avvalo, 
ongi  yuksak,  mustaqil  fikrlay  oladigan,  xulq-atvori  bilan  o‘zgalarga  ibrat  bo‘ladigan  bilimli, 
ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo‘lmaydi. 
U  har  bir  narsani  aql,  mantiq  tarozisiga  solib  ko‘radi.  O‘z  fikr-o‘yi,  xulosasini  mantiq  asosida 
qurgan    kishi  etuk   odam   bo‘ladi”
10
,-deydi.     Ushbu  fikr   komil   inson  tushunchasiga ta’rif 
berish  va  bu  muammoni  tadqiq  qilishning  metodologik  asosini  tashkil  qiladi.  Ushbu 
metodologiyadan kelib chiqqan holda, zamonaviy komil insonni shakllantirish konsepsiyasinisini 
tahlil  qilar  ekanmiz,  uning  ob’ektiv  va  sub’ektiv    tomonlarini,  ular  o‘rtasidagi  dialektik 
aloqadorlikni  anglab olish lozim bo‘ladi.  Komil insonni shakllantirishning ob’ektiv tomoni deb 
mavjud  voqelik  undagi  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy-huquqiy,  ma’naviy-madaniy-  ma’rifiy 
munosabatlar yig‘indisiga aytiladi.  
Mustaqil  O‘zbekistonda  komil  insonni  shakllantirishning  ob’ektiv  tomonini  bozor 
munosabatlariga  asoslangan  iqtisodiyot,  inson  haq-huquqlarining  ustuvorligi  ta’minlangan 
siyosiy-huquqiy tizim, umuminsoniy, milliy va shaxsiy qadriyatlar negizida qurilgan ma’naviy-
madaniy hayot tashkil qiladi. Bunda: 
 -  birinchidan,  bozor  munosabatlariga  asoslangan  iqtisodiyot,  insonni  boqimandalik,  o‘zi 
bo‘larchilik xislatidan judo qilib, uni mulk egasiga, tejamkorlikka, mehnatsevarlikka o‘rganishga 
majbur qiladi; 
- ikkinchidan, inson haq-huquqlarining ustuvorligi ta’minlangan siyosiy-huquqiy tizim esa, 
insonning  o‘z  haq-huquqini  bilishga,  uni  og‘ishmay  bajarishga,  tenglar  ichida  teng  bo‘lib 
yashashga yo‘naltiradi; 
-  uchinchidan,  umuminsoniy,  milliy  va  shaxsiy  qadriyatlar  negizida  qurilgan  ma’naviy-
ma’rifiy-madaniy  hayot  har  bir  shaxsning  o‘zini  va  o‘zligini  anglab,  ularning  moddiy  va 
ma’naviy  merosini  o‘rganib,  oliyjanob  axloqiy  fazilatlar  asosida  o‘z  hayotini  tashkil  etishini 
taqozo ettiradi. Ana shunday ob’ektiv shart-sharoit bo‘lmasa, komil insonni shakllantirish xom-
                                                           
10
 Каримов И.А. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т. 7.-Т., Ўзбекистон, 1999. 133-б. 


57 
 
xayol  bo‘lib  qoladi.  Mamlakatimizda  komil  inson  tarbiyasi  uchun  barcha  ob’ektiv  shart-
sharoitlar yaratilib,  u kundan-kunga takomillashtirish asosida boyitib borilmoqda. 
  Komil  insonni  shakllantirishning  sub’ektiv  tomoni  muayyan  dunyoviy  va  diniy 
bilimlarga,  axloqiy-estetik  xislatlarga,  moddiy  va  ma’naviy  qadriyatlarga  ega  bo‘lgan  xalq, 
millat,  elat,  odam,  inson,  shaxslar  majmuasiga  orqali  ko‘zga  tashlanadi.  Komil  insonni 
shakllantirishning  sub’ektiv  tomonini  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolarining  yoshi,  millati, 
dinidan  qat’i  nazar  unda  yashayotgan  barcha  kishilar  tashkil  qiladi.  Bunda  aholining  64  %  ni 
tashkil qiluvchi yoshlarga alohida e’tibor qaratiladi.  
  Bu shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda komil insonni shakllantirish uchun barcha ob’ektiv 
va  sub’ektiv  shart-sharoit  hamda  omillar  mavjuddir.  YUqorida  keltirilgan  barcha  fikrlarni 
umumlashtirgan holda komil inson tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling