Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasi intellektual va ma’naviy tarbiya asoslari fanining


Intellektual salohiyatini rivojlantirishda axborot madaniyati va media


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/145
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#207321
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   145
Bog'liq
intellektual va manaviy tarbiya asoslari MAJMUA 2020

Intellektual salohiyatini rivojlantirishda axborot madaniyati va media 
savodxonlikning o‘rni 
Jamiyat  rivojining  bugungi  bosqichi  bevosita  texnologiyalarning  takomillashuvi  bilan 
xarakterlanadi. Zamonaviy texnologik jarayonlar har qanday sohaga o‘z ta’sirini o‘tkazgani kabi 
axborot uzatish tizimiga ham  tobora  yangi  o‘zgarishlar olib kirmoqda. Shular qatorida  Internet 
ayni davrda, dunyo bo‘yicha jadallik bilan global auditoriyani egallab bormoqda. 


37 
 
Binobarin,  bugun  Internet  o‘zida  barcha  sohalar  imkoniyatlarini  mujassam  etmoqda. 
Globallashuv sharoitida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), birinchi galda, internet 
bolalar  va  o‘smirlar  tarbiyasiga  bevosita  ta’sir  etuvchi  omilga  aylangan.  Ayni  paytda 
mamlakatimizdagi  5  million  nafar  yosh  foydalanuvchi  ijtimoiy  tarmoqlarda  o‘z  profiliga  ega. 
Shularning  3,6  million  nafari  internetga  kirish  uchun  mobil  telefonlaridan  foydalanadi. 
Mutaxassislarning  fikriga  ko‘ra,  axborot  texnologiyalari  jamiyat  tuzilmasining  shu  qadar 
ajralmas  qismiga  aylanib  ulgurdi-ki,  endi  u  shunchaki,  texnologik  jarayon  emas,  aksincha, 
ijtimoiy  jarayonga  aylanib  bormoqda.  Davlatning  iqtisodiy  qudrati,  xalqaro  nufuzi,  demokratik 
institutlarning rivojlanish darajasi — asosan axborot texnologiyalari taraqqiyotiga bog‘liq bo‘lib 
bormoqda. 
Jamiyatni  axborotlashtirish  o‘tgan  asrning  70-yillarida  AQSHda  va  80-yillarida 
Yaponiyada  boshlangan  bo‘lsa,  qolgan  qit’alarda  o‘tgan  asrning  90-yillaridan  amalga  oshirish 
jarayonlari  boshlangan.  Barcha  tizimlarga  AKTni  joriy  qilish  natijasida  jamiyatning  ushbu 
sohadagi  intellektual  salohiyati  bir  necha  pog‘ona  yuqoriga  ko‘tarildi.  Misol  uchun,  AQSHda 
axborot  sohasida  deyarli  75%  mehnatga  layoqatli  aholi  ishlaydi.  Bu  ko‘rsatkich  boshqa 
mamlakatlarda 40 foizni tashkil etsa, ayrimlarida 20–25 foizga yetmaydi. 
Bugungi kunda yoshlarning ma’naviy uyg‘oqlik tuyg‘ularini mustahkam qaror toptirish, 
ma’naviyatini  yuksaltirish,  ongida  ruhiy  poklik,  ta’lim-tarbiya,  targ‘ibot-tashviqot  ishlarini 
doimiy, samarali va ta’sirchan tarzda, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda olib 
borish  davr  taqozosidir.  Yoshlarning  ma’naviy  olamini  yuksaltirish  hamda  ularni  milliy  va 
umuminsoniy  qadriyatlar  ruhida  tarbiyalashda  AKTning  roli  katta.  Mazkur  talabning  bugungi 
vazifasi  tinglovchilarni  kun sayin  ko‘payib  borayotgan axborot-ta’lim  muhiti sharoitida kerakli 
axborotdan to‘g‘ri maqsadlarda foydalana olishga o‘rgatishdan iboratdir. Buning uchun Internet 
tarmog‘ining milliy segmentida resurslarni ko‘paytirish, rivojlantirish, ularni foydalanuvchilarga 
qulay tarzda taqdim etish, axborotlarning shaffofligi hamda xavfsizligini ta’minlash, turli tashqi 
zararli  axborot  ta’sirlardan  himoyalash  va  foydalanish  imkoniyatlarini  kengaytirish  chora-
tadbirlarini ishlab chiqish talab etiladi. 
Mamlakatimizda  sog‘lom  va  barkamol  avlodni  voyaga  yetkazish,  ularning  zamonaviy 
bilim va taraqqiyot cho‘qqilarini egallashi, o‘z qobiliyat va iqtidorini namoyon etishi uchun zarur 
shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bu jarayonda o‘sib kelayotgan yosh avlodning huquqiy himoyasini 
yanada  kuchaytirish,  ularni  xalqimizning  milliy  an’ana  va  qadriyatlariga  hurmat  ruhida 
tarbiyalash,  ma’naviy  olamini  yuksaltirish  masalalariga  alohida  e’tibor  qaratilmoqda.  Ular 
tarbiyasiga ommaviy axborot vositalarining ta’siri yuqori ekanligini hech kim inkor qilolmaydi. 
Globallashuv jarayonining o‘ziga xos jihati uning mafkuraviy ta’sir o‘tkazish quroliga aylanishi 
mumkinligi  bilan  izohlanadi.  Bugun  uzoq-yaqin  mintaqalarda  yuz  berayotgan  voqealarni 
inobatga  olsak,  hali  ongi,  hayotiy  qarashlari  shakllanmagan  yoshlarni  chalg‘itishga  qaratilgan 
g‘arazli  kuchlar  internet  tarmog‘idan  o‘z manfaati  yo‘lida  foydalanayotganini  ham  inkor  etib 
bo‘lmaydi. 
Demak,  yoshlarning  intellektual  salohiyatini  oshirish  va  ma’naviy  immunitetini 
kuchaytirish,  axborot  ma’daniyati  va  mediasavodxonligini  oshirish-axborot  xavfsizligini 
ta’minlashning bosh omili, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.  Kompyuter xizmatlaridan foydalanish 
uchun vaqtini ham, pulini ham, oqibatda salomatligini ham ayamaydiganlar safi tobora kengayib 
bormoqda. Avval haddan tashqari sersavol, hamma narsaga qiziquvchan bo‘lgan bola, asta-sekin 
o‘zgara boshlaydi. Maktabdan keliboq, kompyuterga yopishadigan, undan soatlab ajralmaydigan 
bo‘lib qoladi. Avvaliga ota-onalar farzandi ko‘cha-ko‘yda tentirab yurganidan ko‘ra, darslardan 
so‘ng  uyda,  ota-onasining  ko‘z  o‘ngida  o‘tirishidan  xotirjam  tortadi.  So‘ng  undagi  ruhiy 
o‘zgarish  o‘smirlik  davriga  to‘g‘ri  kelmay  qoladi.  Odamovi,  loqayd,  yolg‘izlikni  xush 
ko‘radigan,  xudbin  va  takabbur  bo‘lib  qolayotgandek  tuyuladi.  Taassufki,  so‘nggi  paytlarda 
ko‘ngilni g‘ash qiladigan bunday holatlar ko‘p kuzatilmoqda. 
Bugun  internetdan  foydalanuvchilarni  shartli  ravishda,  ikki  toifaga  ajratish  mumkin. 
Birinchi  toifadagilar  kasbi  talabidan  kelib  chiqqan  holda  yoki  ilmiy  tadqiqotlari  uchun  zarur 
ma’lumot  va  axborot  olish  maqsadida,  internetga  murojaat  qilayotganlar  bo‘lsa,  ikkinchi 


38 
 
toifadagilar  shunchaki,  qiziqishiga  ko‘ra,  deylik,  axloqsizlik,  tanishuv  saytlariga  kirib  yoki 
onlayn  o‘yinlari  bilan  kun  o‘tkazish  kayfiyatida  bo‘lganlardir.  Virtual  olam  insonni 
manipulyatsiya  qilmoqda.  Manipulyatsiya —  bu  fikriy  qaramlik  orqali  o‘ziga  bo‘ysundirish 
demakdir.  Hozir  ayrim  bolalar  yoki  o‘smirlarning  internet-kafeni  ikkinchi  uyiga  aylantirib 
olayotgani sir emas. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, onlayn o‘yinlarini o‘ynovchilar ham asosan 
o‘smirlardir.  O‘smirlik  shaxsning  fiziologik  va  ijtimoiy  rivojlanishidagi  o‘ziga  xos  davr 
hisoblanadi.  Agar  shu  davrda  o‘g‘il  yoki  qiz  bolalar  tajovuzkor  ruhdagi  onlayn  o‘yinlariga 
berilsa,  bu  noxush  oqibatlarga  olib  kelishi  ehtimoldan  xoli  emas.  Virtual  olamda  insonning 
vaqtni  idrok  qilish  tizimi  buziladi,  ijtimoiy  faolligi  kamayadi.  Kompyuter  qarshisida  vaqt 
o‘tganini sezmay qolishning boisi ham shunda. 
Bundan  tashqari,  oxirgi  paytlarda  tobora  ommalashib,  jamiyatni,  ota-onalarni,  hattoki, 
ichki ishlar vazirligi xodimlarini xavotirga solayotgan ayrim guruhlar, oqimlar paydo bo‘lmoqda. 
Ommaviy axborot vositalari(OAV)da «o‘lim guruhlari» deb nom olgan bunday guruhlar odatda, 
ijtimoiy  tarmoqlar  orqali  tarqalib,  asosan  maktab  yoshidagi  bolalarni  jalb  qilmoqda.  Guruhlar 
tajribali psixologlar tomonidan boshqarilib borilmoqda. Insonparvar, huquqiy demokratik davlat 
va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda axborot hamda u bilan bog‘liq bo‘lgan axborotlashtirish 
jarayonining huquqiy tartibga solinishi alohida  ahamiyat  kasb  etadi. Yuqoridagi holatlar sabab, 
yoshlar  o‘rtasida  xorijiy  axborot  internet-saytlari  ommalashishiga  imkoniyat  yaratilmoqda. 
Internet  tarmog‘ida  salbiy  kontentning  mavjudligi  o‘z  o‘rnida  yoshlar  ongida  axloqsiz, 
ekstremistik, tajovuzkor g‘oyalarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi, shuningdek, mavjud ayrim 
noxolis saytlar esa yoshlar ma’naviyatiga jiddiy xavf hisoblanadi. 
O‘zbekistonda  Internetdan  foydalanuvchilar  soni  kun  sayin  ortib  borayotganligini 
inobatga  olsak,  axborot  manbai  sifatida  OAV  dan  tashqari,  Internetdan  ham  axborotlar  izlash 
kundan-kunga  jadallashmoqda.  Bu  esa  qaysi  sohaga  oid  bo‘lishidan  qat’iy  nazar,  Internetning 
Milliy  segmentida  milliy-ma’naviy  ruhdagi  axborotlarimizni  tobora  ko‘paytirib  borishni  taqozo 
etadi. Qachonki, mahalliy saytlar, portallar kerakli axborotni yetkazib bera olmas ekan, u holda 
foydalanuvchi  xorijiy  Internet  manbalariga  murojaat  qilishi  tabiiy  hol.  Taassufki,  xorijiy 
manbalardagi  ma’lumotlarning  bari  ham  birdek  haqqoniy  va  xolis  emas.  Aytaylik,  ongi  to‘la 
shakllangan  mustaqil  shaxs  bunday  axborotlarni  tahlil  qilish,  tanqidiy  ko‘z  bilan  nazardan 
o‘tkazish va keraklisini tanlay bilish imkoniga ega, biroq Internetdan foydalanuvchilarning bari 
ham  bundaylar  sirasiga  kirmaydi.  Ularning  aksariyati  yoshlar,  talabalar,  o‘quvchilarni  tashkil 
etadi. 
Shularni hisobga olib, mamlakat umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar 
kollejlari  o‘quvchilarining,  oliy  ta’lim  muassasalari  talabalarining  axborotga  bo‘lgan  talab-
ehtiyojlarini  har  tomonlama  qondirish  uchun  zarur  shart-sharoitlarni  yaratish,  shuningdek, 
Internet  tarmog‘ining  milliy  segmentida  ta’lim  va  bilim  beradigan  axborot  resurslarini 
rivojlantirish  maqsadida  hukumatimizning  bir  qator  farmoyish  va  buyruqlari  chiqarilgan. 
O‘zbekistonning turli tuzilmalari tomonidan axborotlarni uzatish tarmoqlarida ta’lim va yoshlar 
bo‘yicha yaratilayotgan axborot resurslari yagona ZiyoNET axborot tarmog‘iga birlashtirilgan. 
Uning vazifalari yoshlar uchun milliy axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish, 
yoshlarning  ma’naviy  va  aqliy  jihatdan  kamol  topishiga  ko‘maklashadigan  axborotdan  keng 
ko‘lamda foydalanishlarini ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va jismoniy tarbiya 
va  sport  turlarini  ommalashtirish,  o‘quvchilar  va  yoshlar  uchun  masofadan  turib,  ta’lim  olish 
usullarini  va  boshqa  axborot-kommunikatsiya  xizmatlarini  ta’lim  tizimiga  joriy  etishda 
ko‘maklashish,  ularning  huquqiy  madaniyati  va  ma’naviyatini  yanada  yuksaltirish  va 
boshqalardan  iboratdir.  Berilayotgan  huquqiy  kafolatlar  samarasi  sifatida,  hozirgi  kunda 
yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan OAVning soni ortishi bilan birga, nodavlat matbuot nashrlari, 
radio,  televideniya  faoliyati  jonlandi,  ularning  Internet  global  tarmog‘iga  kirish  imkoniyatlari 
kengaydi.  Ayni  chog‘da  OAVning  mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  demokratik 
yangilanishlar  va  modernizatsiyalash  jarayonidagi  ahamiyati,  ta’siri,  mas’uliyatini  oshirish 
bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. 


39 
 
Yuqoridagi  omillarga  asoslanib,  mamlakatimizda  axborotlashtirish  va  AKT  sohasiga 
hukumatimiz  alohida  e’tibor  qaratmoqda.  Xususan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasining  1999-yil  fevral  oyidagi  «Milliy  tarmoqni  yaratish  va  dunyo  axborot  tarmoq-
laridan foydalanishni tartiblash to‘g‘risida»gi, keyinroq «O‘zbekiston Respublikasida 1999–2003 
yillar ichida ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ini rivojlantirish va takomillashtirish dasturi», 
2002-yil  iyundagi  «Kompyuterlashtirishni  yanada  rivojlantirish  va  axborot —  kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari qabul qilindi. Shu munosabat 
bilan  respublikamizdagi  qator  ta’lim  muassasalarining  texnika  zahirasi,  jumladan,  kompyuter 
texnikasining  yangi  avlodi  bilan  jihozlanishi,  shuningdek,  ularning  Internet  tarmoqlariga 
ulanishi,  elektron  aloqalar  bilan  ta’minlanishiga  e’tibor  yanada  kuchaydi.  Bularning  barchasi 
ta’lim  mazmunini  samarali  tashkil  etish  maqsadida  respublika  ta’lim  muassasalariga  yangi 
pedagogik  va  axborot  texnologiyalarini  joriy  etish,  o‘quv  rejalariga  kiritilgan  fanlarni  yangi 
interfaol usul va vositalardan foydalangan holda o‘qitish, jumladan, masofadan o‘qitish, elektron 
darsliklar yaratish va ularni o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etishga qaratilgan. 
Xulosa qilib  aytganda,  yosh  avlodni  turli  xil  virtual  va  real  xavfdan  saqlash  uchun 
bolalarni, yoshlarni internetdan chetlashtirib qo‘ya olmaymiz, albatta. Bu davr talabi, zamondan 
orqada  qolib  bo‘lmaydi.  Farzandlarimizga  virtual  olamda  nima  yaxshi-yu,  nima  yomonligini 
o‘rgatish,  ularda  internetdan  foydalanish  madaniyatini  shakllantirishimiz  kerak.  Bunda  asosiy 
mas’uliyat ota-ona, o‘qituvchi-pedagoglar zimmasiga tushadi. Binobarin, yoshlarimizning ruhiy-
ma’naviy  olamini  zararli  unsurlardan  himoya  qilish  orqali  taraqqiyot  poydevori  yaratiladi. 
Ma’naviy barkamollik esa jamiyat taraqqiyotining muhim omilidir. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling